129. Tabiatni sog’lomlashtiruvchi kuchlar va gigiyenik omillar
Download 28.42 Kb.
|
2 5307871543907329277
128.Jismoniy madaniyat nazariyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rni. Mustaqillik - tenglik sari qo‘yilgan birinchi qadam. Chunki tenglik bo’lmagan joyda kim kimgadir tobe boMadi. Biz so‘nggi bir yarim asr mobaynida boshimizdan o ‘tkazgan mustamlakachilik davrida shunday bo’lgan edik. "Tenglik" so‘zining qudrati shundaki, u odamlaming o ‘zaro munosabatlaridan tortib, mamlakatlararo munosabatlargacha hamma narsani me’yor-mezonga soladi, turli kamsitishlar yoki ortiqcha Tobeliklarga chek qo‘yadi. Mustaqillik - o‘zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolari o‘zaro munosabatida ham, davlatlar o ‘rtasidagi aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, umumiy mezonlar asosida yashash demakdir. Mustaqillik - jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o ‘ztaqdiri bilan bog’liq bo’lgan istiqbol haqida o ‘ylashdir. 129.Tabiatni sog’lomlashtiruvchi kuchlar va gigiyenik omillar. Jismoniy tarbiya jarayonida ikki yo‘nalishda olib boriladi: 1. Jismoniy mashqlar mashg‘ulotini tashkil etish va muvofiq sharoitda o ‘tkazilishi, ya’ni muhitning tabiiy omillar jismoniy mashqlar ta’sirini kuchaytiradi. 2. Ikkinchi y o ‘nalish organizmni chiniqtirishga nisbatan mustaqil vosita sifatida foydalaniladi. Misol, kasalxonalarda, kurortlarda va boshqa turli dam olish maskanlarida havo va quyosh vannalari, suv va chiniqtirish tadbirlari, artinish, chiniqtirish tadbirlari keng o ‘rin egallaydi. Jismoniy mashg‘ulotlarda tabiatning sogMomlashtirish kuchlarini to'g'ri ishlata bilish kishi organizmiga jismoniy mashqlarning ijobiy ta’sirini oshiradi. Tabiatning sog’lomlashtirish kuchlari (quyosh, havo. suv) bola organizmiga jismoniy mashqlarning ta’sir etish samaradorligini oshirishning muhim vositasidir. Ochiq havoda, quyoshli kunlarda jismoniy mashqlar o’tkazish vaqtida bolalarda ijobiy hissiyot vujudga keladi, ko'proq kislorod yutiladi, modda almashinuvi orqali ayrim organlar va organizm tizimlarining quvvatini oshirish imkoniyatlari oshadi. Quyosh, havo, suv organizmni chiniqtirish uchun, yuqori va past harorat esa organizm moslashuvchanligini oshirish uchun foydalaniladi. Natijada issiqlik boshqaruvchi apparat mustahkamlanadi va inson organizmini ob-havoning keskin o ‘zgarishiga o‘z vaqtida javob berish qobiliyatiga ega bo’ladi. Bunda tabiatning tabiiy omillarini jismoniy mashqlarga moslashtirish orqali chiniqish samarasi oshiriladi. Tabiatning tabiiy kuchlaridan mustaqil vositalar sifatida foydalaniladi. Suv terming iflosdan tozalash uchun, undagi qontomirlarini kengaytirish va toraytirish va hokazo uchun qo’llaniladi. O’rmonlar, bog’lar, istirohat bog’lari havosi maxsus moddaga ega bo’lib, mikroblarni yo‘qotishga, qonni kislorod bilan boyitishga yordam beradi. Quyosh nurlari teri ostida С vitaminini hosil qilishga yordam beradi. Tabiat kuchlaridan ularni moslashtirilgan holda foydalanish muhimdir. 130.Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy tamoyillariga tavfsif. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat jarayonini boshqaradigan, inson vujudiga, jismoniy o'sishga ta'sir qiladigan tabiat qonunlari jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyotida printsip-tamoyil nomini olgan. Organizm rivojlanishining umumiy tamoyillarini bilish va ularni amaliyotda qo'llash, o'quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonini yanada samarali darajaga olib keladi. Ko'nikma va malakalarni shakllantirishda qo'llaniladigan asosiy uslubiy tamoyillar o'quvchilarning yoshlari qanday bo'lishidan qat'iy nazar, barcha uchun bir xil va zarurdir. Har bir tamoyilning mohiyatini va o'quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonida uni amalga oshirish yo'llarini alohida ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Onglilik va faollik tamoyili. “Didaktik adabiyotlarda onglilik deganda, o'rganilayotgan temaga oid qonuniyat, ta'rif va faktlarni asosli egallash, xulosa va umumlashlarni chuqur, atroflicha fahmlash, tema yuzasidan bilimlarni izchil va to'g`ri bayon qila olish, bilimlarning ishonch va e'tiqodga aylanishi, o'rgatilgan bilimlardan turmushda mustaqil foydalana bilish kabilar tushuniladi. Onglilik bilimlarni ongli o'zlashtirishga yo'nalgan printsipdir. Bilim malakalarni ongli o'zlashtirish quyidagicha xususiyatlarga ega: ta'limning maqsadi, hayot uchun zarurligini anglash; faktik materiallarni ongli egallash va ularni o'zaro farqlay bilish; bilimlarni o'rganish, mustahkamlash, takrorlash jarayonlarini sezish; tema yuzasidan o'zi erishgan natijalarni baholay bilish. Faollik esa, o'z navbatida bolalarda mustahkamlikni tarbiyalash uchun asos bo'ladi. Bu printsiplar bir-birini to'ldiradigan hodisalar bo'lib, ularning mohiyatini tashqaridan ichkariga va ichkaridan tashqariga yo'nalgan jarayonlar sifatida tasavvur qilingandagina anglash mumkin. Faollik tashqaridan ichkariga yo'nalgan jarayon sifatida tasavvur etilsa, unda bolalarda mustahkamlikni shaxsiy sifat shaklida tarbiyalashni anglaymiz. Agar faollik ichkaridan tashqariga yo'nalgan jarayon sifatida qaralsa, unda insonning ichki intilishlari, emotsiyalari, qiziqishlari mustaqillikni shakllantirish vositasi ekanligini tan olishga to'g`ri keladi...”. Jismoniy tarbiya jarayoni-bu ikki tomonlama jarayondir. Bir tomondan o'rgatishga intilayotgan o'qituvchi, ikkinchi tomondan o'rganishga xohishi bo'lgan o'quvchi qatnashadi. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, agar o'quvchi oldiga qo'yilgan vazifaning mohiyatini tushunib etsa va uning hal etilishiga qiziqsa, o'rgatishning muddati tezlashadi va sifati yaxshilanadi. 131.Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining predmetini tavfsiflash. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani mutaxas-sislikka yo‘naltirilgan o‘quv predmeti sifatida jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamolligi va unga erishish hamda boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rgatadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy fan tarzida jismo-niy tarbiyaga oid mavjud faktlarni izoxlab beradi va umumlashtiradi.Amaliyfan sifatida insonni jismoniy kamolotining vositalari, jismoniy tarbiyasi shakllari va uning usuliyatlari xaqidagi amaliy, nazariy bilimlarni beradi, xayotiy-zaruriy xarakat malakalari va ko‘nikmalari zaxirasini boyitadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uning amaliyoti xamisha rivojlanishda va takomillashib boradi. Amaliyot natijalari, ilmiy tadqiqot maolumotlari jismoniy tarbiya nazariyasini va uslubiyatini yangicha tamoillar va qonunlar bilan boyita boradi. Shuning uchun xam jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati predmeti qotib qolgan, o‘zgarmas ma’lumotlardan iborat bo‘lishi mumkin emas.Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati ijtimoiy, tabiiy, pedagogika fanlari erishgan yutuqlarga tayanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati xar qanday xolatda ilmiy pedagogikaning negizi tashkil etuvchi eng umumiy qonunlardan,tamoillardan usuliyatlardan foydalanadi, shu,jumladan, barcha sport fanlari uchun xam bu qonunlar, qoidalar mos keladi va o‘ziga xos maono kasb etadi. O‘quv fani sifatida shakllanishi va uning rivojla-nishiga jamiyat aozolarining jismoniy tayyorgarligini oshirish mumkinligi xaqidagi nazariy fikrning vujudga kelishi va unga intilish sabab bo‘ldi. Bu bilan insonning jismoniy rivojlanishini boshqarish mumkinligi xaqidagi qoida va qonunlar ijtimoiy mexnat va xarbiy amaliyotda yuqori samara berishligi isbotlanadi 132.Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi sifatida ekanligini izohlab bering.Jismoniy tarbiya vositalariga umumiy xaraktеristika. XX asrning tеxnika taraqqiyot davrida jismoniy tarbiya va sportga katta o’rin ajratilmoqda. Ayniqsa, oxirgi yillarda (17 yanvar 1996 y.). «Futbol» turini rivojlantirishga haratilgan O’zbеkiston Prеzеdеntining farmoni hammani quvontiradi. Inson salomatligi jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishidan ajralmagan hol bo’lib qoldi. Chunki, tеxnik taraqqiyotdavrida insoniyat jismoniy mehnatdan ozod bo’lib, eng xavfli kasallikka «Gipodinamiya»ga uchramoqda, ya'ni harakatsizlik. Bu esa XX asrning juda xavfli qon-tomir tizimining kasalligiga olib kеladi. Shuning uchun, ayniqsa, oxirgi yillarda sеvimli mustaqil rеspublikamizda davlatimiz raqbarlari tomonidan «Jismoniy tarbiya va sport» bo’yicha chiharilgan qonun va «Sog’lom avlod uchun» farmon bolalarning ma'naviy va jismoniy rivojlanishi, ularning Sog’lom, mehnatsеvar, baxtli bo’lishlari to’g’risidagi hamkorlikni ko’rsatadi. Shunday bo’lar ekan, aholining, ayniqsa bolalarni jismoniy, har tomonlama garmonik rivojlanishi uchun qanday jismoniy tarbiya vositalardan foydalanishimiz mumkin.Ma'lumki, jismoniy tarbiya qadimdan mavjud bo’lib inson hayoti bilan rivojlanib kеlgan. Inson jismoniy tarbiya uchun vositalarni asta-sеkin tanlab borib, hayotida jismoniy tarbiya vositalarini vujudga kеltirgan bular jismoniy mashqlar gigiеnik omillar, tarbiyaning sog’lomlashtirish kuchlari. Insonning jismoniy rivojlanishiga turli harakatlar ham ta'sir etadi (mehnat, rasm solish, kiyinish va boshqalar), shartsiz rеflеks, massaj va boshqalar. Ular sog’liqni mustahkamlash, organizmni har tomonlama va gormonik rivojlantirish, hayotga zarur bo’lgan harakat, ko’nikma va malakalarni oshirish jismoniy takomillashtirishuvini yuqori pog’onaga ko’tarish maqsadida foydalaniladi. 147.Eksprement ilmiy tadqiqot metodi. (tajriba, tibiy modulli, laboratoriya) Ilmiy tekshirishning bu metodi tekshiruvchining o‘zi tomonidan uyushtirilgan bo‘lib, uning o‘zini aktiv aralashuvi orqali olib boriladi. Bu metodda tekshiralayotgan jarayon maxsus sharoitda yoki tajribani yana qaytadan takrorlash uchun imkoniyat yaratiladi. Ushbu tadqiqot uslubining qulay yoki qimmatli tomoniham ana shunda. Jismoniy tarbiya jarayonida olib borilayotgan tajribani maxsus sharoitnihisobga olmay yoki sunoiy qaytadan o‘sha sharoitni yaratishda nazoratdagi masalaga oid bo‘lmagan muammolarham yuzaga kelishi mumkin. Bu ilmiy tadqiqot usuliyatining salbiy tomonidir. Eksperimentni oboektiv o‘tkazish amaliyotida tabiiy, modulli va laboratoriya eksperi-mentlari deb nomlangan eksperiment xillaridan foydala-niladi. 148.O'zbekistonda jismoniy madaniyat nazariyasining asoslarini takomillashtirishdagi omillari. Shug’ullanuvchilarning kun tartibidagi rejalashtirilib bajarilayotgan jismoniy mashqlari bir hilda bo’lsa ham ularning samarasi turli hilda tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishi jismoniy tarbiya amaliyotida isbotlangan. Bu jismoniy mashqlar doimiy ravishda bir xil ta’sir xususiyatiga ega emasligining isbotidir.Tarbiya jarayonida jismoniy mashqlarning samarasi ta’sirini belgilay oladigan omillarni bilish pedagogik jarayonni boshqarishni osonlashtiradi. Bunday omillarni hozirgi kunda quydagicha guruhlash tavsiya etiladi. 1. O’qituvchi va o’quvchilarning shaxsiy tavsifi omillari. Ta’lim jarayoni ikki tomonlama - o’quvchilar o’qiydi, o’qituvchi o’qitadi. Shuning uchun jismoniy mashqlarning ta’siri aytarli darajada kim o’qitayotganligiga va kimlar o’qiyotganligi bilan bog’liq. Ularning ahloqiy sifatlari tarzidagi omillar, iqtidori (intellekti), jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarlik darajasi, shuningdek harakatni ilk bor, o’qituvchi o’rgatgandan so’ng bajara olish malakasi, qiziqishi, harakat faolligi va boshqalar tarzidagi omillarning ahamiyati katta. 2. Ilmiy omillar — jismoniy tarbiyaning qonuniyatlarini bilishi ularning ongida ifodalanishining me’yori darajasi bilan xarakterlanadi. Jismoniy mashqlarning pedagogik, psixologik, fiziologik xususiyatlari qanchalik chuqur ishlab chiqilgan bo’lsa, pedagogik vazifalarni xal qilish uchun ulardan shunchalik samarali foydalanish mumkin. 3. Metodik omillar - jismoniy mashqlardan foydalanishda amal qilinadigan keng kamrovli talablar guruhini o’zida mujassamlashtiradi.Jismoniy mashqlarni o’qitish davomida yoki boshqa pedagogik vazifani hal qilish uchun qo’llanayotgan uslubiyot shug’ullanuvchi iste’dodini, jismoniy qobiliyatini ochishga, o’zlashtirishni osonlashtirishga xizmat qilishining ahamiyati katta. 149.Tabiatni sog’lomlashtiruvchi kuchlar va gigiyenik omillar. 129-savolda javobi. 150.Jismoniy mashqlar harakat sifatlarini rivojlantirishga qarab klassifikasiyalash. Hozirgi kunda jismoniy mashqlar harakat faoliyatdagi xususiy belgilarga qarab, jismoniy sifatlarni – kuchni, tezlikni, chidamlilikni, chaqqonlikni, bo’g’inlar harakatchanligini va muskullar egiluvchanligini namoyon qilishiga qarab yangi pedagogik turkumini amaliyotda shakllantirib guruxlarga ajrata boshladilar. Bu turkumdagi mashqlar jismoniy sifatlarni alohida ajratib olib tarbiyalash yoki jismoniy tayyorgarlikdagi nuqsonlarni alohida ajratib olib rivojlantirish uchun qo’laydi.Boshqa tomondan esa, u yoki bu jismoniy mashqni bajarish uchun qanday sifatlar lozimligini oldindan bilish (kuch, tezlik talab qiladigan va boshqa sifatlarni tanlash) imqon ini beradi. Jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlarni tarbiyalashiga ko’ra bilim (maolumot) berish vazifalarinihal etish uchun bajariladigan jismoniy mashqlar turkumi shakllandi: - asosiy (yoki musobaqa), ya’ni o’quv dasturlari asosida o’rganilishi lozim bo’lgan faoliyatlar. - yo’llanma beruvchi mashqlar – ya’ni nerv muskul zo’riqishi, tashqi tomondan o’xshashligi,harakat tarkibidagi ayrim elementlarning yaqinligi bilan o’zlashtirilishi lozim bo’lganharakatlarni o’zlashtirilishini osonlashtiruvchi jismoniy mashqlardir.Bu turkumdagi mashqlarning xarakterli tomoni shundaki,harakat malakasini rivojlantirish va jismoniy sifatlarni takomillashtirish sun’iy ravishda ajratiladi. Aslida bu jarayon bir-birini taqazo etadi va o’zaro uzviy bog’liq. Bular ta’limninghar qaysi etapi uchun yetakchi vazifanihal etishga yordam beradigan mashqlarni tanlash uchun imkon iyat beradi.Jismoniy mashqlarni aloxida muskul guruxlarini rivojlantirishga qarab klassifikasiyalash. Aloxida muskul guruxlarini rivojlantirishiga qarabham jismoniy mashqlar turkumlana boshlandi: bo’yin, yelka kamar, bel-yonbosh,harakat tayanch apparati muskullari va boshqalarni rivojlantiruvchi mashqlar. Bu turkumdagi jismoniy mashqlar ichida jismlar bilan, jismsiz bajariladigan, individual, juft bo’lib, o’tirgan, yotganholda amalga oshiriladigan, egiluvchanlik va kuchni rivojlantirish mashqlari bo’lishi mumkin. Sport turlari bo’yicha jismoniy mashqlarni turkumlash. O’z navbatida,har bir sport turi o’z mashqlarining individual klassifikasiyasiga ega: sport o’yinlari – futbol, basketbol vahokazolar. Yuqorida qayd qilingan jismoniy mashqlarni jismoniy mashqlarning pedagogik klassifikasiyasi deb ham atay boshladilar. Biomexaniqada– statik, dinamik, siklik, asiklik, kombinasiyalashtirilgan,harakatning tuzilishi yoki bajarishholatiga qarab turkumlangan jismoniy mashqlar deb guruxlana boshlandi. Fiziologiyada – maksimal, submaksimal, me’yordagi va me’yordan katta quvvatni talab qilib bajariladigan mashqlar deb nomlangan turkumidan jismoniy tarbiya amaliyotida foydalanilmoqda. 151.O'zbekistonda jismoniy madaniyat va sportning rivojlanishi(Istiqlol davrida jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan e 'tibor. XX asming texnika taraqqiyoti davrida jismoniy tarbiya va sportga katta o ‘rin ajratilmoqda. Inson salomatligi jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishida ajralmagan hoi boMib qoldi. Chunki texnik taraqqiyot davrida insoniyat jismoniy mehnatdan ozod boMib, turli kasalliklarga chalinmoqda 0 ‘zbekiston jismoniy tarbiyasi va sportini rivojlanishi, ayniqsa, Respublikamizning mustaqillik davrida jadal sur‘atda davom ettirilmoqda. Bunga 0 ‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan Jismoniy tarbiya bo‘yicha bir qator qonun hujjatlari: “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonun, 1992-yil 14-yanvar, “Sog‘lom avlod uchun” Prezident farmonlari (28.10.1993-yil), “Ta’lim to‘g ‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” (29.08.1997-yil) va boshqalar isbot bo‘la oladi. Ularda bolalar jismoniy tarbiyasini yanada yaxshilash zarurligi yana bir bor ta’kidlandi. Jamiyat yosh avlodni jismoniy jihatdan sog‘lom, baquwat, xushchaqchaq boMib, mehnatga va Vatanni himoya qilishga shay turishidan juda manfaatdordir 152.Jismoniy tarbiyaning mexnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqlik tamoyilini tavfsiflash. Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyoti bilan bog‘liqlik prinsipi. Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyoti bilan bogMiqlik prinsipiga insonning hamma yosh davrida jismoniy tarbiyalash masalalarini hal etishda amal qilish kerak. Bu jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida tayanch va harbiy holatlarda qoMlanishi mumkin boMgan jismoniy sifatlarni va harakat kocnikmalarini shakllantirib borish zarurligini anglatadi. Mehnat va harbiy faoliyatlami bajarishda harakat malaka va koMiikmalarini shakllantirish bilan bir vaqtda rivojlantirib boruvchi jismoniy sifatlar muhim ahamiyatga ega. Mehnatdagi muvaffaqiyatlar insonning mehnat jarayonlarini egallash qobiliyatiga bogMiq holda oshib boradi. Psixik jarayonlar va axloqiy-irodaviy sifatlar saviyasiga bajarilayotgan turli harakat mahsuldorligi bogMiqdir. Psixik jarayonlar va irodaviy sifatlaming rivojlanishiga esa jismoniy tarbiya ko‘p jihatdan imkon beradi. Mustahkam sogMiq har tomonlama jismoniy rivojlanish atrof-muhitning noqulay sharoitlariga chiniqish inson uchun mehnat va harbiy faoliyat muvaffaqiyatlari uchun zarurdir. Texnikaning murakkablashib borishi bilan insonning jismoniy tayyorgarligiga boMgan talablar ortib bordiki, bu jismoniy tarbiyaning uzluksiz takomillashtirib borilishini keltirib chiqardi. Mehnatga muhabbat va jismoniy tarbiya jarayonida egallangan mehnat ko‘nikmalari kelajak faoliyati uchun ham zarur sanaladi. Download 28.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling