Описание курса – bu maydon kurs haqida qisqacha kirish so`zlari bilan to`ldiriladi;
Файли описания курса – bu maydonga kurs mazmuni bilan aloqador bo`lgan fayllarni yuklash mumkin. Yuklangan fayllar asosida talabalar yaratilgan kurs haqidagi barcha ma’lumotlarga ega bo`lishlari mumkin.
Форматкурса
Формат – Kurs formati maydoni yaratilayotgan kursning shaklini belgilab beradi. Kurslar bir elementli, haftalar bo`yicha hamda mavzular bo`yicha turkumlangan bo`lib, bir kurs uchun ulardan faqat bittasini tanlash mumkin bo`ladi. Odatda, kurs shakli mavzular bo`yicha bo`lingani tavsiya etiladi;
Количество разделов – kurs mavzulari yoki haftalari soni bo`lib, mazkur qiymat 0 va 52 oralig`ida bo`lishi kerak. Mavzu yoki haftalar sonini kurs bilan ishlash, qo`shish yoki o`chirish mumkin;
Отображение скритих разделов – yashirin bo`limlarning ko`rinmasligini ta’minlash uchun ushbu maydondan Полностью невидими qiymatini tanlash kerak;
Представление курса – ushbu maydon o`zida ikki xil qiymatni qamrab olgan bo`lib, ular Показивать все раздели на одной странице va Показивать один раздел на странице. Birinchi qiymatni tanlash orqali kursning barcha mavzulari bir sahifada joylashadi. Ikkinchi qiymatini tanlash orqali esa har bir mavzu alohida sahifada aks etishini ta’minlashi mumkin.
Внешнийвидbo`limida kurs uchun foydalanuvchi til, sahifada yangiliklarning soni, talabalarning baholari ko`rsatilishi kabi sozlash ishlari bajariladi.
Файли изагрузкиbo`limida yuklanuvchi fayllarning maksimal hajmi belgilanadi.
Гостевойдоступbo`limi kursga mehmonlarning kirishi uchun parol qo`yish imkonini yaratadi. Bu bo`limga parol qo`yilganda, kursdan faqat parolga ega bo`lgan talabalar foydalanishlari mumkin bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |