13- ma’ruza. Ma’lumotlar bazasini administratorlash va xavfsizligini ta’minlash Reja
Oldingi shifrlangan tasavvurni o‘chirish
Download 141.48 Kb.
|
13- ma’ruza. Ma’lumotlar bazasini administratorlash va xavfsizli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasavvur strukturasini o‘zgartirish.
Oldingi shifrlangan tasavvurni o‘chirish.
Oldingi tasavvur bilan bir xil nomdagi yangi tasavvur yaratiladi. Saqlangan matnli fayldagi SQL yo‘riqnomadan almashish buferiga nusxa olinadi. Uni yangi tasavvur konstruktorining SQL yo‘l-yo‘riq kiritish maydoniga joylashtiriladi. Tasavvur strukturasini o‘zgartirish. o‘zgartirilgan SQL yo‘riqnomani matnli faylda saqlanadi. Bu faylni ishonchli joyga joylashtirish zarur. SQL Server hisob yozuvlarini boshqarish MB himoya tizimini boshqarish vazifasini (Tools) menyusidagi (Database Security) buyrug‘i yordamida bajarish mumkin. Agar SQL Server loyihasi saqlanayotgan kompyuterda o‘rnatilgan bo‘lsa bu buyruqqa murojaat qilish mumkin. Bu vosita yordamida SQL Serverda registratsiya qilish uchun hisob yozuvlarini, ma’lumotlar bazalari foydalanuvchilari hisob yozuvlarini va ularning vazifalarini qo‘shish, o‘chirish va o‘zgartirish mumkin. SQL Serverda registratsiya qilish uchun qo‘llanadigan ikki himoya tizimi mavjud: SQL Server o‘zining himoya tizimi. Serverda registratsiyadan o‘tish uchun server foydalanuvchisi nomi va parolini ko‘rsatish kerak. Windows NT bilan integratsiyalashgan tizimi foydalanuvchilari hisob yozuvlaridan foydalanadi. Bu holda foydalanuvchi autentifikatsiyasi Windows NT asosida tarmoqda registratsiyadan o‘tishda bajariladi. SQL tilida protseduralardan foydalanish dasturlar tuzish samaradorligini oshiradi. Saqlanuvchi protseduralar (stored protsedure) – bu SQL buyruqlar to‘plamidan iborat bo‘lib, bu buyruqlar to‘plamini SQL SERVER bir marta kompilyatsiya qiladi. Protseduralarning keyingi ishlatilishida saqlangan protseduralar kompilyatsiya qilinmaydi. Bu protseduralar xuddi algoritmik tillardagi kabi kirish parametrlaridan iborat bo‘lishi ham mumkin. Saqlanuvchi protseduralar SQL tilida quyidagi buyruq yordamida yaratiladi: CREATE PROCEDURE [(% birinchi parametr ma’lumoti turi)] …] AS SQL-operatorlari; Saqlanuvchi protseduralarning ikki turi mavjud: foydalanuvchi protseduralari va tizimli protseduralar. Foydalanuvchi protseduralari SQL SERVERlarida qo‘llanilib, serverni boshqarish, MB va foydalanuchilar haqidagi ma’lumotlarni olish uchun ishlatiladi. Tizimli protseduralar esa, amaliy dasturlarni bajarish uchun yaratiladi. Amaliy dasturlar hech bo‘lmaganda bitta modulni o‘zida saqlashi kerak. Modul (MODULE) biror bir algoritmik tilda tuzilgan, uzoq muddat saqlanadigan ob’yektdir. Modul - modul nomidan (module name), algoritmik til bo‘limidan (language clause), modul bo‘limi huquqidan (module authorization clause ), kursorlarni tavsiflash (declare cursor) va bir yoki bir nechta protsedura (procedure) lardan tashkil topadi. Modul sintaksisi quyidagicha: | PLI } Har bir aniqlangan kursorda (cursor declare) hech bo‘lmaganda bitta modul (module) va bu modulda hech bo‘lmaganda bitta protsedura (protcedure) mavjud bo‘lishi kerak, hamda bu protsedura ochish operatori (open statement) va tavsiflashda (cursor declare) e’lon qilinadigan kursor nomini (cursor name) o‘zida aks ettishi ozim. Amaliy dastur bittadan ortig‘ modul bilan ishlamasligi kerak. Protsedura o‘z navbatida potsedura nomidan (procedure name), parametrlar tavsifi (parametrs declaration) va hech bo‘lmaganda bitta SQL operatoridan (SQL statment) tashkil topadi. Moduldan tashkil topgan amaliy dastur potseduraga murojaat qilish uchun CALL operatoridan foydalanadi. CALL operatori potsedura nomidan (procedure name), parametr qiymatalri ketmaketligidan, son va ma’lumotlar turidan iborat. Protseduraga murojaat protsedurada mavjud bo‘lgan SQL operatorlarini bajarishni ta’minlaydi. SQL tilida protseduralar quyidagicha yaratiladi. ::=PROCEDURE ... Bu yerda, ::=
| | | | | | | | | Download 141.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling