13- ma’ruza. Pardoz qoplamalari ishlarini bajarish texnologiyasi. Ma’ruza rejasi


Yuzalarni keramik, shisha va glazurlangan plitkalar bilan koshinlash. Yuzalarni listli materiallar bilan koshinlash. Yuzalarni «


Download 1.65 Mb.
bet4/6
Sana28.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1015702
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-Ma\'ruza

Yuzalarni keramik, shisha va glazurlangan plitkalar bilan koshinlash. Yuzalarni listli materiallar bilan koshinlash. Yuzalarni «KNAUF» materiallari bilan pardozlash.



Devor yuzasini sun’iy sopol plitkalar, polisitrol va tabiiy materiallardan tayyorlangan plitkalar bilan qoplash (pardozlash) mumkin.
Bunday pordazlash g‘isht, beton va yog‘ochdan tiklangan binolar devorlarining tashqi va ichki Yuzalariga ishlov berishda qo‘llananadi.SHisha va qoplamali naqshinkor sopol plitkalar devor panellari va bloklarining tashqi yuzasini poadozlashda qo‘llaniladi. Sihrli (yaltiroq, glazur) va sopol plitkalardan esa binoning ichki devorlari, asosan sanitariya tugunlari – hojatxona, yuvinish – cho‘milish (vanna) xonalarining devorlarini hamda hammom, kirish yuvish korxonalari, oziq ovqat do‘konlari, shifoxonalardagi jarrohlik xonalari, namli sharoitda (rejimda) ekspluatatsiya qilinadigan sexlarning ichki devorlarini pardozlashda foydalaniladi.
Sopol shisha va sihli (yaltiroq, glazur) plitkalar kvadrat va to‘g‘ri turtburchakshaklida ishlab chiqarilib, ularning Yuzasi silliq, g‘adir – budur bo‘ladi va bu Yuzalar ba’zan piramidasimon zarralar bilan qoplanadi, bu plitalar bir xil va turli ranglarga ega bo‘lishi mumkin. Ushbu plitalarning teskari ya’ni orqa tomoni sementli qorishma va masitika bilan yaxshi qopishishini ta’minlash maqsadida g‘adir – budur tarzda ishlanadi.
Vertikal Yuzalarni plitkalar bilan qoplashda pordozlashning qo‘yidagi elementlardan foydalaniladi (10.1 rasm):

  • Plintus plitkalar bilan pardozlangan umumiy Yuzadan chiqib to‘radigan va pol hamda devor birikadigan burchakli qismga teriladigan plitkalar (ular vertikal va gorizontal Yuzalar birikish joylariga sayqal (fason) beruvchi plitkalar deb ham ataladi);

  • Sokol – pardozlanadigan Yuzaning pastki qismi bo‘lib, bu qism plitkalar bilan qoplanadigan asosiy Yuzadan bir oz tashqariga chiqib turadi yoki o‘z rangi bilan asosiy Yuzadan ajralib to‘radi; pardozlash Yuzasi– plitkalarni qator tarzda qoplash terish orqali hosil qilinadigan Yuza;

  • Friz – plitkalar bilan pardozlangan Yuzaning tepa qismiga bevosita terilgan plitkalarning bir yoki bir nechita qatorni tashkil etib, bu qatordagi plitkalar naqishlari (rasmlari) yoki rangi bilan boshqa plitkalardan ajralib to‘radi.

Karniz – devor bilan shift birikadigan (tutashgan) burchakli qism parametri bo‘ylab chorak aylana shaklida teriladigan figurali plitkalar yoki yassi plitkalardan tashkil topgan yuqori qismdir.
Asosni tayyorlash. Pordozlangan Yuzaning mustahkamligi va chidamliligi (umr boqiyligi) sezilarli darajada asosni tayyorlash sifatiga bog‘liq bo‘ladi.Asos Yuzaning chang bilan qoplanishi (iploslanishi) plitkalarning yopitirish qorishmasi qatlami bilan qopishish mustahkamligini zaiflashtiradi, (kamaytiradi) va o‘z navbatida plitkalarning devor Yuzasidan ajralib tushib ketishiga olib keladi. Konstruksiyalarning plitalar bilan qoplanadigan Yuzalari ruxsat etilgan (yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan) og‘ishlardan hali bo‘lishliligi taqoza etiladi. Yuzani tayyorlash Yuzasi tayyorlanadigan Yuzaning holatiga va pardozlash materiallarini mahkamlab o‘rantish usuliga bog‘liq bo‘ladi. G‘ishtin va beton devorlarining Yuzasi pardozlashdan oldin suvoq oqmalari, moyli dog‘lardan tozalanadi va albatta namlantiriladi, Yog‘och hamda ohak-gipsli Yuzalarga tortilgan metall simlardan to‘qilgan turlar usti sementli qorishma bilan suvoq qilinadi (suvaladi). G‘ishtli devorlarning suvalgan Yuzasiga o‘yma chiziqlar tortiladi, beton devorlarining Yuzasida esa mayda chuqurchalar hosil qilinadi. Devorlar va pardevorlarning vertikal tekislikdan ruxsat etiladigan og‘ishi 10mm dan, kolonna (ustun)larniki esa 5mm dan oshmasligi lozim. Agar yuzalar etarli darajada g‘adir-budurlikka ega bo‘lmasa, u holda bunday Yuzalarda pnevmatik yoki elektr asboblari yordamida chuqurchalar qo‘l orqali skarpel va yordamida hosil qilinishi mumkin. CHuqurlar hosil qilingandan keyin bu yuzalar albatta yuviladi. Plitkalar bilan pardozlash ishlari suvoq ishlaridan keyin bajariladi. Devor yuzalarining no tekisligi 15 mm gacha bo‘lgan hollarda bu yuzalarning notekisligi yug‘irlovchi sementli qorishma bilan suvalib bartaraf etiladi. Agar bunday notekis Yuzalar ularga metall simlardan to‘qilgan turlar mahkamlangandan keyin sementli qorishma bilan suvoq qilinadi. Devor yuzalariga surkalgan to‘rli masitika qoplamalari tekislangandan so‘ng ular ustiga plitkalar teriladi, bunda surqalgan masitikalar qatlamining qalinligi 2....3 mm dan oshmasligi taqoza etiladi. Beton devorlar Yuzalariga tarkibi 1:1:6 (sement: ohak: qum) bo‘lgan qorishma bilan suvoq qilish orqali tekislovchi qatlam beriladi; g‘ishtni Yuzalarga 1:0, 5:5 (ohak; gips: qum) tarkibli qorishma bilan tekislovchi qatlam beriladi; gipsli pardevorlar Yuzasidagi alohida uchraydigan notekisliklar ohak-gispli qorishma bilan tekislanadi. Pardozlashdan oldin plitkalarning yaroqsizlari ajratib olinadi, bundan tashqari sihrli (glazur, yaltiroq) plitkalar 2...3 soat davomida suvga solinib bo‘ktiriladi. Plitkalarni terishda 1:3,5 va 1:4,5 nisbatli tarkibdagi markasi 50 dan kam bo‘lmagan qorishma ishlatiladi. terishda qatorlarning gorizantalliligiga hamda vertikalligiga qat’iy rioya qilinadi, shuningdek o‘lchamlari 150 150 mm bo‘lgan plitkalar orasidagi choklarning eni 3 mm, katta o‘lchamli plitkalarning orasidagi choklarning eni esa 7m dan oshmasligi taqoza etiladi.Pardozlanadigan Yuza sementli qorishma bilanmayak bo‘yicha suvoq (shkaturka) qilinadi. Undan keyin suvolgan Yuza qotishi bilanoq usta-pardozlovchi shayton (osma), sathini belgilash asbobi va reyka yordamida suvoq qatlamiga gorizantal chiziq (iplar) tortadi, bu chiziq (ip)lar pardozlanadigan qatorlar va ular orasidagi choklarning holatini aniqlab beradi. Devorlarning burchaklaridan ip (shnur) va bo‘r bilan burchakga o‘rnatiladigan sayqol beruvchi (fasonli) detallar va plitkalar qatorining vertikal choklarining chiziqlari aniqlanadi. Tayyorlangan chiziqli turlar bo‘yicha usta-pardozlovchi gorizontal qatorlar bo‘yicha plitkalarni tera boshlaydi.
Plitkalarni qorishmaga o‘rantish (terish). Sement qumli qorishma yoki polimer sementli mastika bilan plitkalar beton va g‘ishtli devor Yuzalariga o‘rnatiladi (teriladi, mahkamlandi), gipsobetonli Yuzalarga esa plitkalar faqat mastika bilan yopishtiriladi (o‘rnatiladi, mahkamlandi).
Sement-qumli qorishma bilan plitkalar quyidagi keng-kenglik tarkibda o‘rnatiladi (teriladi, mahkamlanadi). Plitkaning orqa tamoni o‘rnatishdan oldin nam kist bilan tozalanadi, so‘ngra shu tamonga sementli qorishma qo‘yiladi va bu plitka devorga o‘rnatiladi. Pardozlash jarayonida ushbu plitka oldin o‘rnatilgan plitka bilan gorizontal va vertikal chiziq (chok) bo‘yicha mos tushishi uchun to‘g‘irlanadi. Plitka devorga tortilgan ipga mos to‘shadigan holatigacha qisiladi. Plitkaning to‘g‘ri o‘rnatilganligi tekshirilgandan keyin, plitka va devor orasidagi bo‘shliqlar suyuq sementli rastvor bilan to‘ldiriladi. Plitkalar orasidagi choklar gips, bo‘r, elim aralashmasidan tayyorlangan qorishma bilan to‘ldiriladi va zarur bo‘lgan hollarda bu qorishmaga tegishli rangdagi pigment qo‘shiladi. Qorishma qotgandan keyin sihrli (glazur, yaltiroq) plitka bilan pardozlangan (qoplangan) yuza nam щyotka yordamida va latta bilan to quruguncha qadar ortiladi.
Plitka ostidagi (orqasidagi) qorishmaning qalinligi 7 dan 15 mm gacha bo‘ladi.Sihrli (glazur, yaltiroq) plitkalarni o‘zaro joylashtirishning bir necha usullari mavjud: “chok- chokka” usulida plitkalar bir – biriga mustahkam qilib (mumkin qadar taqab) o‘rnatiladi va ular orasidagi choklarning eni 1 mm dan oshmaydi; “qochirilgan” usulda plitkalar orasidagi choklar 5 dan 8 mm ga etadi va “diagonal bo‘yicha terish” usulda yuqoridagi ikkita usul bo‘yicha plitkalar diagonal yo‘nalishda teriladi.

(10.3- rasm). Pardozlash usullari. a - “qochirilgan” usul; b – “chokka” usul; v -“diognal bo‘yicha terish” usul;
Devor, kalonna, raxlar (otkoslar qirrali joylar)ni pardozlashda butun bo‘lmagan plitkalar kerak bo‘ladi. Bunday plitkalar ularni sindirish yoki kesish (qirqish) orqali olinadi. Ko‘p sonli glazur plitkalarni kesishda plita kesgich asbobidan foydalanidi, bu asbob yordamida unga o‘rnatilgan mahkamlangan plitka talab etilgan chiziq bo‘yicha kesiladi. Qirqilgan plitkaning qirralari elektr silliqlash asbobi orqali yoki qo‘lda karborundli xalqasimon tosh yordamida silliqlanadi. Plitkalar bilan pardozlashning eng jiddiy diffekiti bu kerakli plitalarning devordan ajralib to‘shib ketishi bo‘lib, bu defektni qoplangan plitkalarni Yog‘och bolg‘a bilan bir necha bor o‘rib (to‘qqilatib) o‘z vaqtida aniqlash mumkin. Plitkalarning devordan ajralishining sabablaridan biri moyli sementli qorishmaning qo‘llanilganligi bilan ham izohlanadi, bunday qorishmalar qotayotganida sezilarli darajada o‘tiruvchan deformatsiya Yuzaga keladi. Bunday qorishmalarda ular qotayotgan vaqtda o‘tirish deformatsiyasining oqibatlarini kamaytirish maqsadida plitkalar bilan qoplangan Yuza namlanadi, quyuqroq qorishmalar qo‘llaniladi, zarur bo‘lgan hollarda sement-qumli qatlam metall simli turlar bilan armaturalanadi.
Asosning yomon tekislangan joylarida qorishma qalinligining ruxsat etilgan qalinlikdan oshib ketishi ham plitkalarning devordan ajralishiga sabab bo‘ladi, shuning uchun pardozlash ishlarini bajarishdagi oldin asoni puxta tekshirish va pardozlanadigan Yuzada aniqlangan notekis joylarni mayda donali beton qorishmasi bilan to‘g‘irlash taqoza etiladi, bunday joylarini to‘g‘irlash uchun sement-qumli qorishmalarni ishlatish ta’qiqlanadi. SHuningdek plitklarning devordan ajralib ketishi changli plitkalar va moy yoki smola dog‘lari bilan ifloslangan plitkalarning qo‘llangan vaqtda ham sodir bo‘ladi.
Plitkalarni mastika bilan o‘rnatish. Plitkalarni turli xildagi mastikalar bilan o‘rnatishdan oldin devorlar qanday materiallardan tayyorlanganligidan qat’iy nazar pardozlanadigan Yuzalar oldindan juda puxta tekislandi, chunki plitkalar tagi (osti) dagi mastika qalinligi 2.....3 mm dan oshmasligi lozim.
SHundan kelib chiqqan holda g‘ishtli devorlarning Yuzalari ohak-gipsli qorishma bilan 1:0,5:5 (ohak: gips: qum) tarkibda suvoq (shkaturka) qilinadi. Beton devorlarining Yuzalari tarkibi 1:1:6 (sement; ohak; qum) bo‘lgan sement – ohak qorishmasi bilan tekislanadi. Gipsli pardevorlardagi olahida uchraydigan notekis joylar ohak- gipsli qorishma bilan tekislanadi, shuningdek bunday Yuzalarni tekislashda Yog‘och qirindilari aralashtirilgan qorishmadan ham foydalaniladi.
Polistrol plitkalarni o‘rnatish. Bunday plitkalar ichki xonalarning devorlari Yuzalarni kislotalar va ishqorlar ta’siridan himoya qilish zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Plitkalarning egiluvchanligini hisobga olgan holda tayyorlangan Yuzalar juda puxtalik bilan tekislandi, quruq-yumshoq щyotka yordamida changdan tozalanadi. Pardozlanadigan Yuzalarning namligi 6% dan oshmasligi talab etiladi, plitkalarning yuqori namlikka ega bo‘lgan devorlar bilan qopishishi (yopishishi) mustahkamligi susayadi.
Padozlanadigan Yuzalarga plitkalar odatda kanifol yoki kumoranli mastikalar bilan o‘rnatiladi (mahkamlab yopishtiriladi), asos ham oldindan aynan shunday mastika bilan qoplanadi (grunitovka qilinadi). Plitkalarni yuzalarga yopishtirishdan oldin ularning orqa tomonga mastika 1...1,5 mm qalinlikda shpatel (surkagich) yordamida surkaladi va ular butun Yuzasi bilan yuzaga to‘liq yopishgunga qadar qisiladi. Plitkalar orasidagi choklarning maksimal qalinligi 0,5 mm gacha bo‘lishi taqoza etiladi, choklar orasidan sizib chiqqan masitki tomchilari zudlik bilan aritib tashlash talab etiladi va pardozlangan Yuza latta bilan artiladi. To‘liq pardozlangan Yuzalarda qolgan masitka izlari skipidar yoki kerosin bilan yuvib tozalandi.Devor Yuzalari polistrol plitkalar bilan pardozlanayotganda choklarning gorizantal va vertikal bo‘yicha to‘g‘ri chiziqligini nazorat qilish taqoza etiladi. Pardozlangan devorlarning tekis bo‘lishligi, ularda burtgan va chuqur joylarning hamda ular yuzida dog‘lar va ko‘zga tashlanadigan boshqa diffektlarning bo‘lmasligi taqoza etiladi.
Polivinilxloridli plitalarni o‘rnatish.
Devor Yuzalarini pardozlashdan oldin plitkalar harorati 150 bo‘lgan xonada ikki kun davomida saqlanadi. Xonani tekislangan va changlardan ortilgan bir bo‘rchagiga vertikal va gorizantal o‘qlar (chiziqlar) tortiladi va o‘qlar kesishishgan nuqtadan boshlab polivinilxloridli plitkalar o‘rnatiladi (teriladi). Plitkalar kumaron-natritli mastika bilan devorlarga yopishtiriladi, bunday mastikalar devor Yuzasiga tishli rezin shpatel (surgich) bilan 0,5 mm qalinlikda surkaladi.
Pardozlanadigan Yuzaga mastika kattalik surkalar va kutib turiladi; kutib terish vaqtni devor materialiga va sifatdagi havoning haroratiga bog‘liq bo‘ladi. G‘ovakli Yuzalarga mastika ikki marta surkaladi, birichi qatlam qotgandan so‘ng taxminan 3...6 soatdan keyin ikkinchi qatlam surkaladi.
Pardozlash vaqtida mastika plitkaning orqa tomoniga 0,2 mm qalinlikda surkaladi va 15... 20 minutdan keyin xonaning biron burchagiga tortilgan o‘qdan boshlab bir yo‘nalishda devorga yopishtiriladi. Plitka devorga jins (zich qilib) qisiladi, plitka qushimcha tarzda yana uning butun Yuzasi bo‘ylab Yog‘och bolg‘a bilan o‘rib chiqiladi. Plitkalar orasida tirqishlar va burtmalarning bo‘lmasligi taqozo etiladi.Polixlorvinil plitkalar bilan pardozlashgan Yuzaning tekis va dog‘larsiz hamda pufaklarsiz bo‘lmog‘i lozim.
Tabiiy toshdan ishlangan plitkalarni o‘rnatish.
Bunday plitkalar ichki va tashqi pardozlash ishlarida qo‘llaniladi. Marmar, travertin va ohakdan tayyorlangan plitkalarning o‘lchamlari odatda 200 dan 300 mm gacha, 400 dan 500 mm gacha bo‘ladi. Odatda konkret ob’ektlar uchun plitalar bir xil uzunlik va enlikda tayyorlanadi, bunda ularni qulay tarzda o‘rnatish va to‘g‘irlash hisobga olinadi. Plitalarni to‘g‘rilash hisob olinadi. Plitalarni to‘g‘irlash zarur bo‘lgan hollarda elektr asbob yordamida amalga oshiriladi. Plitalarni devorlarga mahkamlash masitika, ilgari yoki ankerlar bilan mahkamlanadi; ularni pardozlanadigan konstruksiyalar va plitalarga mahkamlashda tegishli teshiklar ochiladi.
Kalonna va ustunlarning yuzalarini pardozlashda ularning parametri bo‘ylab diametri 8...10 mm li armaturadan tayyorlangan karkas o‘rnatiladi. Plitalarning birinchi qatori shayton va osma bo‘yicha o‘rnatilgandan keyin ular Yuzaga ilgaklar yoki ankerlar bilan mahkamlanadi, burchaklarga ularni mahkamlashda qushimcha metall skobalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O‘rnatilgan plitalar va pardozlanayotgan yuza orasidagi bo‘shliq konus cho‘kishi 12...14 sm bo‘lgan sementli qorishma bilan to‘ldiriladi. Qorishmaning yaxshi o‘tirishi va keng tarqalishi uchun qorishma plita balandligining   qismiga qo‘yilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi, qorishma kirishgandan va qotgandan keyin bir sutka davomida qolgan balandlik bo‘yicha tirqish qorishma bilan butunlay to‘ldiriladi.
Plitalarni quruq holda (qorishmasiz) Yuzalarga o‘rnatish plitalar va devorlardagi teshiklarga zanglamaydigan metalldan tayyorlangan maxsus mahkamlagichlar qo‘yiladi, ular plitalar to‘g‘irlab joylashtirilgandan keyin anker bilan tortilib mahkamlanadi. Ba’zan pardozlash uchastkalarning alohida uchastkalarida silliqlovchi tarkiblar bilan silliqlash ishlari olib boriladi. Tabiiy plitalar bilan pardozlangan tayyor Yuza changlardan tozalanadi va suv bilan yuviladi.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling