13- ma’ruza. Pardoz qoplamalari ishlarini bajarish texnologiyasi. Ma’ruza rejasi


Yuzalarni listli materiallar bilan pardozlash


Download 1.65 Mb.
bet5/6
Sana28.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1015702
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-Ma\'ruza

Yuzalarni listli materiallar bilan pardozlash.
Suyuq qorishmalar bilan yuzalarni suvoq (shtukaturka qilish) bir qator kamchiliklarga ega: yuqori mehnat sig‘imi. Past mehnat unumdorligi va malakali ishchilarga bo‘lgan ehtiyoj.
Ayniqsa qish sharoitlarida nam usul bilan suvoq (shkaturka) ishlarini bajarish juda murakkabdur. Yuzalarni yirik o‘lchamli listlar bilan pardozlash yuqorida ta’kidlangan kamchiliklarni bartaraf etadi va ishlarni olib borishning talab etilgan texnologiyasiga rioya qilish Yuzani yuqori sifatida pardozlash imkonini beradi.
Yuzalarni gipsokartonli listlar bilan qoplash (pardozlash) namligi 60% dan yuqori bo‘lmagan quruq xonalarda olib boriladi:
Gipsokartonli listlarni asosga mahkamlab o‘rnatishning qo‘yidagi usullari mavjud:

  • Istalgan yuzalarga yupqa devorli metall reykalardan ishlangan karkaslar mahkamlanadi va ularga gipsokartonlar o‘rnatiladi;

  • Yog‘och Yuzalarga, jumladan reykali karkaslarga gipsokarton listlar mix yoki shurunlar bilan mahkamlanadi;

  • G‘ishtli va betonli yuzalarga karton gips listlar masitika bilan yopishtiriladi (o‘rnatiladi);

  • Gipsbetonli yuzalarga gipskarton listlar gipsli masitika bilan o‘rnatiladi;

  • Metall karkas o‘rnatish arqoli gipskartonlarni mahkamlash.

Y og‘och reykali karkasni o‘rnatishda 20...25 mm qalinlikdagi reykalar ishlatiladi. Reykalarning namligi 18% dan oshmasligi va ularni antiseptik tarkiblar bilan to‘yintirish talab etiladi. Eni 80 mm bo‘lgan reykalar gipskarton listlar tutashadigan (biriktiriladigan) joylarga o‘rnatiladi. Reykalar va Yog‘och щitlar asosga mixlar bilan mahkamlanadi. G‘ishtli va betonli konstruksiyalarga esa devorga oldindan o‘rnatilgan dyubellar (yog‘och) ga reykalar va Yog‘och щitlar shuruplar bilan qotiriladi. Reykalar va щitlarning vertikal va gorizantal bo‘yicha to‘g‘ri o‘rnatilishi talab etiladi.

10.5-Rasm. Mayak va markasi buyicha listlarni mahkamlash:
a – butun listga mayaklarni o‘rnatish; b - bunda ham tarkibli; v – mayak va markani joylashtirish; 1 – listlar; 2 – vertikal mayaklar; 3 – gorizontal mayaklar; 4 – marka.
Gips mayaklarga listlarni yopishtirishdan oldin pardozlanadigan Yuzalar shamollantiriladi va alohida listlarni joylashtirish bo‘yicha o‘lchanadi va bo‘laklarga ajratiladi.
(10.5 rasm) Yuzaga mayaklar shunday joylashtiriladiki bunda har bir listning eniga kamida uchta ikkita chetki va bitta aroliq vertikal mayaklar to‘g‘ri kelishi taqoza etiladi. Gipsokarton listlar to‘tashadigan mayak (reyka)larning eni 80 mm, o‘rtacha (oraliq) mayak (retka)larning eni esa 50 mm dan kam bo‘lmasligi maqsadga muvofiqdir. Devor Yuzalarga o‘rnatilgan tiqip (marka)lar garcha listlarni yopishtirishdan oldin bu Yuzalarga 8...10 mm qalinlikdagi gipsli masitika surkaladi, so‘ngra listlar mayak (reyka)larga qo‘yiladi, engil zarb bilan yoki Yog‘och rama yordamida listlar gabaritlari bo‘yicha siqiladi. Listlarning elimlangan umumiy maydoni (Yuzasi) uning Yuzasining 10% dan kam bo‘lmasligi kerak; list 6 tadan kam bo‘lmagan tayanch tiqin (marka)larga tayanishi lozim. Listlar orasidagi choklarning eni 6 mm dan oshmasligi kerak. Listlarning pastki qirralari pol asosiga tarqalishi talab etiladi va bu joylar plintuslar bilan to‘siladi. Listlar va plintuslar orasidagi tirqishlar puxta qilib yamaladi.
Gipsokartonli listlar bilan qoplangan Yuzalardan choklar yakuniy pardozlash to‘ri bo‘yash, oboylar yopishtirishga bog‘liq ravishda qayta ishlanadi.
Yuzalarni bo‘yashdan oldin choklar shpatlyovka bilan to‘ldiriladi va tekislanadi. Gipsokartonlar sirtqi tomonning konturi bo‘yicha bo‘rtib chiqib to‘radigan qismining balandligi 1,5 mm va eni 5 sm bo‘ladi. Zarur bo‘lgan hollarda bu qismlarning choklarini silliq bo‘lishi uchun bu choklar shpatlyovka bilan to‘ldirilib tekislanadi va ustidan bo‘yalgan seriyali polosasi elimlanadi (yopishtiriladi). Xona burchaklaridagi listlarning choklari doka bilan elimlanadi yoki buchoklar yog‘och yoki plastmassa burchakliklar bilan to‘siladi.
Gipsokartonli Yuzalarni oboylar bilan pardozlashdan oldin listlar orasidagi choklar gips, bo‘r va ohak-elimdan tayyorlangan shpatlyovka bilan to‘ldidirilib tekislanadi. SHpatlyovka bilan to‘ldirilgan choklar qurugandan keyin ularning (choklarini) Yuzasiga 7-10 sm enlikda bo‘yoq dokasi yopishtiriladi va tekislanadi.
Gipsokarton listlarini yog‘och yuzalarga mahkamlashda (o‘rnatish) sinkali (zanglamaydigan) miqlar ishlatiladi, bu mixlar listning parametri bo‘ylab 10 mm oraliqda, listning qirrasidan 10....15 mm ichkarida qoqiladi.
Yog‘och tolali plitalar. Yog‘och tolali massani kimyoviy tarkiblar bilan to‘yintirish yo‘li bilan olinadi. Bunday listlarning qalinligi 3....10 mm ni tashkil etadi. Ular ekspluatatsiya jarayonida (vaqtida) namlanishi mumkin bo‘lgan joylar (sanitar texnik kabinalar, kuxnya, savdo xonalari) da qo‘llaniladi.Dastlab pardozlanadigan yuza chang va dog‘lardan tozalanadi, Yuzalardagi oqmalar olib tashlanadi, chuqur joylar to‘g‘irlanadi, notekisliklar tekislanadi.
Yuzalar tayyorlangandan so‘ng ushbu Yuzalar bo‘yicha plitalarni bichish va kesish ishlari olib boriladi, bunda arra, elektr arradan foydalaniladi, plita va listlarning qirralari elektr arrada yordamida tekislanadi (silliqlanadi).
Plitkalarning hamma turlarini devorlarga mahkamlash gipsli mayaklar bo‘yicha mixlar, shuruplar, masitika va elimlar orqali bajariladi (10.6 rasm).

10.6-Rasm. Bino devorini gipskarton listlar bilan padozlash:
1 – tayor listlarni o‘rnatish; 2 – listga mixni mahkamlash; 3 – Yuzani alif bilan buyash; 4 – choklarni pardozlash; 5 – umumiy Yuzani shpatlevka qilish.


Silliq va tekis beton hamda gipsbeton yuzalarga plitalar (listlar) sintetik masitikalar, kumaron natriyli elimlar bilan mahkamlanadi (yopishtiriladi). Masitika va elim pardozlanadigan yuzaga shpatel bilan yupqa qatlamda surkaladi, surkalgan masitika va elim asos bilan yaxshi qotgunga qadar kutib turiladi, masitika va elim ikkinchi marta surkalgandan keyin plitalarni xonani bir burchagidan boshlab asosga yopishtirishga kirishiladi. Hamma plitalar yopishtirilgandan keyin xonadagi yuzalarni yakuniy pardozlash – suv emulsiya bo‘yoqlari bilan bo‘yoq qilish, polivinilxloridli plyonkalarni yopishtirish yoki choklarni tasmalar bilan yamash ishlari amalga oshiriladi. Agar pardozlanadigan yuza etarli darajada tekis bo‘lmasa, u holda plitalarni gipsli mayaklarga mahkamlashdan oldin xuddi gipsokartonlarni mahkamlashtagidek tekislash usullari qo‘llaniladi.
Yog‘och plitalarni yuzalarga mahkamlashda yassi keng shlyapkali mixlardan foydalaniladi, ular 0,4...0,6 m oraliqda qoqiladi. Xuddi shunday oraliqda shuruplar ham burab kiritiladi. G‘ishtli va notekisli betonli yuzalarga yog‘och karkas mahkam qilib o‘rnatiladi va ularning ustiga plitalar o‘rnatiladi. Yog‘och karkasni oldindan olovdan himoyalaydigan tarkiblar bilan to‘yintirish tavsiya etiladi.
Qog‘oz qatlamli plastik listlar.Bunday listlar vertikal tekisliklarga kumaron-natritli masitika bilan yopishtiriladi yoki Yog‘och karkaslarga tasmalar yordamida mix yoki shruplar bilan mahkamlanadi. Bunday listlar bilan silliq va tekis beton, gipsli hamda suvoq (shtukaturka) qilingan Yuzalarni qoplash (pardozlash) mumkin. Agar Yuzada yoriqlar, chuqurchalar va g‘ovaklar bo‘lsa, u holda ularni polimer sementli qorishma bilan tekislash (bartaraf etish) taqoza etiladi. Tekislovchi qatlam berilishdan oldin yuzalar beton oqmalari, qoldiqlari va changdan tozalanadi, so‘ngra poliivnlitsetan dienersiya bilan gruntovka (suvoq) qilinadi. Devorlarni qog‘oz – qatlamni plisitik bilan pardozlash (qoplash)da ularning Yuzalarini bo‘yash ta’qiqlanadi. Assoni notekisligini chuqurligi 3 mm gacha bo‘lgan ikkitadan ortiq bo‘lmagan notekislik madjudligi qoidasi bilan nazorat qilinib tekshiriladi.
Pardozlanadigan devor Yuzasining tayyorligi tekshirilgandan keyin plastik listlari elektr arra, arra bilan bijiladi, (qirqiladi), plastikning qirralari randa yordamida tekislanib silliqlashtiriladi. Tayyorlangan listlarning orqa tomon Yuzasi devor sirti 1 sutka davomida begona qatlamlar dog‘lar va changdan tozalanadi va ularga 1mm dan yuqori bo‘lmagan qalinilkda masitika butun Yuzaga surkaladi. Tayyor qog‘oz qatlamli plastik listlarni yopishtirishdan 20....30 minut oldin Yuzaga yana bir bor yupqa elim qatlami surkaladi. Listlarni yopishtirish xonaning biron bir burchagidan boshlanadi.Plastik listli Yuzaga yaqinlashtiradi, uning o‘rta (markaziy) qismi yuzaga qisiladi, so‘ngra listning qirralari ham Yuzaga jins qilib siqiladi.Qolgan listlar ham butun yuza bo‘ylab shu tariqa yopishtiriladi, bunda ma’lum bir joyda 5...20 mm oraliqda xonada namlik o‘zgarishi bilan ro‘y beradigan deformatsiyani hisobga olgan holda bo‘sh joy qoldiriladi. Yopishtirilgan qog‘oz – qatlam plastik listlarning tutashgan joylardagi choklar suv emulsiya buyog‘i bilan bo‘yaladi, ularga polivinilxloridli plyonka elimlanadi yoki tasmalar yopishtilib to‘siladi.
Etarli darjada tekis bo‘lmagan g‘ishtli va betonli devorlarda qog‘oz – qatlamli plastik asosga miqlar va shuruplar bilan mahkamlanadi. SHuningdek, listlar pardozlanadigan Yuzaga o‘rnatilgan Yog‘och karkaslarga ham mahkamlanishi mumkin, bunda Yog‘och karkas oldindan olovdan himoyalovchi tarkiblar bilan to‘yintiriladi. Bichilgan ya’ni o‘lchab kesilgan plastik listlardagi mahkamlash joylariga oldindan mix va shuruplar uchun teshiklar ochiladi. Listlar orasidagi choklar metall, Yog‘och prodillar yoki plastmassa tasmalari berkitiladi (yopishtiriladi). Tasmalarni o‘zlarining profilaga bog‘liq ravishda quruq holda o‘rnatish, masitika bilan elimlab yopishtirish yoki 150 mm .. 200 mm oraliq (qadam) bilan shuruplar orqali mahkamlash mumkin.
Qog‘oz – qatlam plastiklar bilan pardozlangan (qoplangan) Yuzalarda dog‘lar, kley oqmalari, o‘yiq chiziqlar, yirtiq qirralar, lsit changlarida teshiklar devor va plastik orasida bo‘shliqlarning bo‘lmasligi taqoza etiladi.Listlarning devordan ajralib ketish ehtimoli ularning Yuzalarini Yog‘och bolg‘a bilan taqillatish orqali aniqlanadi, choklarda tirqishlarning mavjud bo‘lishiga, listlarning shishiga yo‘l qo‘ymaslik lozimdir. Kichik Yuzali ko‘chgan joylar ta’mirlanadi, sezilarli darajada ko‘chgan joylar esa elimlab tuzatiladi.
Polipropilen listlar asosga bo‘tilmetallrilat elim yoki kumaronka ukli mastika bilan yopishtiriladi (mahkamlanadi). Devor asoslari xuddi qog‘oz – qatlamli plastik asoslari kabi tayyorlanadi, asosga alohida listlar uchun joylar belgilanadi. Asosga elim bir-biridan 200.....300 mm orliqda joylashgan nuqtalarga surkaladi, surkalgan nuqtali elimning qalinligi 1,5 mm gacha bo‘ladi. Polipropilen listning orqa tomoniga perimetr 30...40 mm enlikdagi polosa bo‘yicha surkaladi. 8....12 minut o‘tgach devordagi belgilar bo‘yicha polipropilin listlar o‘rnatiladi, ular kuch bilan rezinli valik yordamida devor qisiladi.
Polipropilen listlar orasida eni 5...10 mm bo‘lgan choklar qoldiriladi, bu choklarga dekorativ plastmassa qo‘yilmalar elimlab yopishtiriladi. Polipropilin listlarning yuqori darajasidagi murtligi ularga mix qoqish yoki shuruplarni burab kirtishni ta’qiqlaydi. Pardozlangan Yuzada dog‘lar; o‘yiq chiziqlar va boshqa defektlarning bo‘lmasligi taqoza etiladi. YAroqsiz Yuzalarni elimlab ta’mirlash tavsiya etiladi.
Polidekor” listlari polivinilxloridli pardozbon materiallardan biri deb hisoblanadi. Bunday listlar bilan pardozlanadigan sirt Yuzasi silliq va quruq holatda bo‘shlig‘i lozimdir, suvoq (shtukaturka) qatlamining namligi 8% dan, betonli sirtning namligi esa 4% dan oshmasligi kerak. “polidekor” listlari baland (qalin) relef va yirik rasmlarga ega bo‘ladi, bu esa devor Yuzasiga materialning butun sonli plitalarini joylashtirish zarur ekanligidan darak beradi. SHuning uchun asos Yuzasining o‘lchamlariga alohida e’tibor ajratish lozimdir. Plitalar orasidagi choklar tiqinmalar bilan berkitiladi, bu tiqinmalar plitalar orasidagi ochiq chiklarning eniga qarab tanlanadi.
Pardoz listlari asosga elim -88 tipidagi sintetik elimlar bilan yopishtiriladi. Pardozlanadigan Yuza tayyorlangandan keyin elim bilan gruntovka qilinadi, aynan shu elim plitaning orqa tomoniga ko‘pincha uning perimetri bo‘yicha polosa ko‘rinishida surkaladi. Elim surkalgandan keyin chamasi 15 ..20 minut o‘tgandan so‘ng plita o‘z joyiga yopishtiriladi. Pardozlangan Yuzada shishgan va g‘ijimlangan joylarning Yuzaga kelishiga hamda plitalardagi rasmlarning sezilarli ko‘rinishida mos tushmasligiyo‘l qo‘ymaslik taqoza eiladi. Listlarning 1 m balandlikga namas tushishi 5 mm dan oshmasligi talab etiladi. Kesish chiziqlari va listlarning tutashgan joylari to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Pardozlangan Yuza ideal toza holatda bo‘lmog‘i lozim.
Poliform” dekorativ panellari Yog‘och reykali asosga mixlar yoki shuruplar bilan mahkamlab qotiriladi. Agar devorlarga Yog‘och reykalarni mixlab o‘rnatishning iloji bo‘lmasa, u holda reykalar devorga oldindan o‘yib kiritilgan va gips qorishmasi bilan qotirib o‘rnatilgan Yog‘och tiqinlarga mix qoqib mahkamlanadi. Yog‘och tiqinlar o‘rniga plastmassa dyubellarni o‘rnatish ishonchli va ancha maqsadga muvofiqdir. Yog‘och reykalar pardozlanadigan Yuzaning markazidan boshlab har ikkala tomonga qarata bir-biridan 50 sm masofada qat’iy vertikal holatida o‘rnatiladi. Reykalar o‘rnatilgan devor Yuzasi uning o‘rtasidan boshlab devor burchaklariga qarata “poliform” panellari bilan pardozlantiriladi.
SHuruplar bilan mahkamlangan panelning chiqib turuvchi qirrasiga o‘rnatiladigan qo‘shni panelning ariqchasi kiygiziladi, bu ariqcha mahkamlangan panelga jips qisiladi; qarama-qarshi tomondan bu yangi panel ham Yog‘och reykalarga xuddi oldingi paneldagidek shuruplar bilan mahkamlab qotiriladi (o‘rnatiladi). Bunday panellar bilan pardozlangan devorda egtilangan, bo‘rtgan, pasaygan joylarning bo‘lmasligi taqoza etiladi.
Baritli plitalar devor Yuzasiga bir-biridan 2 m dan ortiq bo‘lmagan masofada mayaklar o‘rnatilishi bilan osib o‘rnatiladi. Mayaklar orasiga inlar tortiladi va plitalarni mahkamlash joylari belgilanadi. Baritli plitalar devorga qoqib o‘rnatilgan yoki oldindan ochilgan teshiklarga burab kiritiladigan ankerlar bilan mahkamlanadi. Plitalarning to‘g‘ri o‘rnatilganligi qoidaga muvofiq tarzda tekshiruvdan o‘tkaziladi; ushbu plitalar va pardozlanadigan devor orasidagi bo‘shliqqa baritli qorishma qo‘yiladi, bu qorishma plitalarning asosga ancha mustahkam yopishishini ta’minlaydi va rentgen nurlaridan yaxshi himoya qiladi.Plitalar orasidagi choklar va tutashgan joylar qorishma bilan to‘la-to‘kis to‘ldiriladi, lekin qorishmaning ustki Yuzasi (sathi) plitaning ustki qirrasidan 2...3 sm pastda bo‘lishligi taqoza etiladi; bunday echim baritli plitalarning choklari ostidagi qorishmaning bir xil maromda bo‘lishini kafolatlash imkonini beradi.Undan keyin plitalarning navbatdagi qatori o‘rnatiladi, bu plitalarga oldindan 5mm qalinlikda qorishma sepiladi.
Noyob navli daraxt shponi bilan pardozlangan panellar (10.7 rasm) oldindan o‘rnatilgan va tekislangan Yog‘och karkasga mahkamlanadi.Bunday panellarni mahkamlash ularning yon qirralari konfiguratsiyasiga bog‘liq ravishda to‘rli usullar bilan amalga oshiriladi.



10.7-Rasm. Yog‘och panellarini devorga mahkamlash chizmasi:
a – panelni yon tomonidan pazali mahkamlash; b – yon tomonidan eshkakli va pazali; v – yon tomonidon to‘rtinchisini tanlash; 1 – oblitsovkalangan devor; 2 – brusokga mixni mahkamlash; 3 – shponka; 4 – panelga mixni mahkamlash; 5 – karkas brusogi; 6 – panel; 7 - taqsimlash
Agar panellar har ikkala tomoni bo‘yicha tanlangan pazlarga ega bo‘lsa, u holda ular asosga 300...400 mm oraliq qadamlarda mixlar yoki shuruplar bilan mahkamlanadi. Oldin o‘rnatilgan paneldan zarur bo‘lgan oraliq chok bo‘yicha navbatdagi plita mahkamlanadi. Hosil qilingan chokka Yog‘och yoki plastmassa qo‘yilma (tiqin) lar kiritiladi va ular mahkamlanadi. Devorni o‘lchamlarga ajratish va tiqinlarning eni hisoblash orqali shunday tanlanadiki, bunda devor Yuzasiga butun sondagi panellarni o‘rnatishga muvaffaq bo‘lish ko‘zda to‘tiladi.
Agar panellar bir tomondan pazga, ikinchi tomondan grebenga ega bo‘lsa, u holda bunday panellar bir-biriga taqab o‘rnatiladi va mahkamlanadi.Bunday holda birinchi panel o‘rnatiladi va mahkamlanadi. Ikkinchi panelni o‘rnatishda uning grebni birinchi o‘rnatilgan panelninig pazasiga kiritiladi va qarama-qarshi tomondan mixlar bilan mahkamlanadi.
Panellarning yon qirralari chorakliklar (chetvertlar) bilan chegaralanmagan bo‘lishi mumkin. Bunday holda panellarning birini ikkinchisiga taqab tutashtiriladi va ular karkasga mixlab mahkamlanadi, mixlar chiqib turgan chorakliklarga qoqiladi. So‘ngra ikkita qushni panellar tutashgan joyda hosil bo‘lgan pazlarga Yog‘och yoki plastmassa qo‘yilmlar kiritiladi va ular shuruplar bilan mahkamlab qotiriladi.
Devorlarni modulli pardozlashda va pardevorlarni montaj qilishda gipsovinil (vinil qoplamali gipsokarton) keng ko‘lamda qo‘llanimoqda, ular metall (asosan alyumin) asos karkasga mahkamlanadi. Dastlab pardevor o‘qlari bo‘yicha pardozlovchi listlar eniga karrali ravishda to‘g‘ri keladigan qadam bilan alminiy profillari tik holatda o‘rnatiladi va ular oraliq tom yopmasi plitalari ham shiftlarga ham mahkamlanadi. Gijovinil listlari metall karkaslarga birikturuvchi albmin profillar bilan shurup (samoroz)lar bilan qisib o‘rnatiladi, bu shuruplarning usti plastik qo‘yilmalar bilan yopiladi. Boshqacha variantni ham qo‘llash mumkin, agar listlar choklarda po‘lat klipslar bilan biriktirilsa, u holda bu choklarning usti tavr ko‘rinishidagi biriktiruvchi profil bilan yopiladi, po‘lat klipslar karkasning tik ustunlariga 30...40 sm qadam bilan shurup (samoroz) lar orqali mahkamlanadi. Ko‘rib chiqilgan har ikkala holda (variantda) ham gipsovinil listlari va metall karkas elementlarini tezkorlik bilan demontaj qilish mumkin va ushbu listlar hamda elementlarni qayta ishlash mumkin.
Keyingi yillarda iqtisodiy jihatdan qulay va ekologik sof (toza) qurilish materiallarini qullashga katta e’tibor qaratilmoqda. SHu sababli ko‘pchilik pardevorni qoplash uchun gipsli plitalardan yanada faolroq foydalanishyapti. Bunday pardozlash plitalarning eng muhim ustun jihati ular sirt Yuzasining yuqori sifatga ega ekanligi bilan izohlanadi, bu esa qimmat suvoq (shtukaturka) ishlaridan voz kechish imkonini beradi. Bunday plita (list)larni qo‘llash orqali hosil qilingan Yuzalardagi choklarga ishlov berilib, silliqlangandan keyin bu Yuzalar oboi yopishtirish bo‘yoq qilish, keraklik plitalar bilan qoplashga yaroqli bo‘ladi. Plitalar 0,67 0, 5 m o‘lchamda, 80 mm qalinlikda va 28 kg massada ishlab chiqariladi, bu esa yopiq xonalarda ko‘l montajini tezkorlik bilan amalga oshirish imkonini beradi. Pardevorlar bir qatorli, ikki qatorli, ichki isituvchili yoki usiz hamda zarur bo‘lgan konfiguratsiyali bo‘lishi mumkin. Ekologik tozalik va yashash kamfortligi gipsning xonadagi namlik rejimini tartibga sola olish (bir maromda ushlab turish) hususiyati pardevorlarning “nafas olish”i ya’ni yuqori bug‘ va gaz o‘tkazuvchanlikka ega ekanligi bilan ta’minlanadi. Bu yonmaydigan material o‘zining yaxshi issiqlik va tovush izoliyasiya ko‘rsatkichlari bilan ham alohida ajralib turadi. Gipsli plitalar quruq va muayyan (normal) ekspluatatsion muhit uchun ishlab chiqariladi. Nisbatan yuqori namlikka yoki yuqori nisbiy namlikka ega bo‘lgan xonalar uchun bunday plitalarni tayyorlashda ulardan gips tarkibiga maxsus gidrofobli qo‘shimchalar qo‘shiladi. Gipsli plitalarni qo‘llash g‘isht va keramik toshlardan tiklanadigan pardevorlarga qaraganda ancha katta iqtisodiy samara (effekt) beradi va mehnat sarfini sezilarli darajada kamaytiradi.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling