Azbestdan tayyorlangan shiferlar 400
Download 28.17 Kb.
|
3 Temirbeton qurilmalari o
Temirbeton qurilmalari o’zining olovda yonmasligi va issiqlikni o’tkazuvchanlik koyfisenti uncha kata bo’lmaganligi sababli, yong‘inga etarli darajada qarshilik ko’rsataoladi, ammo bu qarshilik cheksiz davom etaverishi mumkin emas. Temirbeton qurilmalarining qalinligi uncha kata bo’lmaganligi tufayli, ularning o’tga chidamliligi ham chegaralangan bo’ladi, va u ko’pincha 1 soatdan oshmaydi. Agar beton qurilmaning namligi 3,5 % dan yuqori bo’lsa, qisqa muddatli yong‘inlarda beton sirtida mikro va makro yoriqlar hatto portlashlar hosil bo’lib, qurilma tezda o’zining ustuvorlik xususiyatini yuqotaboshlaydi va o’tga chidamliligi keskin pasayib boradi. To’siq vazifasini o’tovchi, temirbeton qurilmalarning yong‘inga teskari turgan tomonini 160oS ga qizdirilganda uning o’tga chidamliligi, namligiga, qalinligiga va betonni turiga bog‘liq bo’ladi. Qalinligini oshishi va zichligini kamayishi, betonning o’tga chidamliligini oshishiga olib keladi. Agar temirbeton tomyopg‘ich plitalarning armatura ustidagi himoya qobig‘i 10 mm bo’lib, armaturasi A-I, A-II sinfdagi po’latdan bo’lsa, o’tga chidamliligi 0,75 soatga, yoki A- III bo’lganda esa 1,0 soatga teng bo’ladi. Azbestdan tayyorlangan shiferlar 400oS da o’zining xususiyatini yuqotaboshlaydi va 600oS dan oshganda parchalanib otilib ketaboshlaydi. Temirbeton ustunlarining o’tga chidamliligi ularga qo’yiladigan yuklarning markaziy o’qidan qanchalik uzoq yoki yaqinligiga ham bog‘liq bo’ladi. CHunki ustunga qo’yilgan yuk markazidan uzoq joylashgan bo’lsa, uning o’tga chidamlilik darajasi ustunning siqilishga ishlaydigan armaturasining himoya qobug‘iga bog‘liq bo’ladi, ya’ni issiqlik ta’sirida betonning mo’rtlashishi va bosib turgan yuk ta’sirida siqilishi natijasida armatura sirtidagi beton qobiqda mikro portlashlar sodir bo’ladi va sirti ochilgan armaturalar yuqori harorat ta’sirida tezda yumshab, o’zining mustahkamlik xususiyatini yuqotadi. Granit maydalaridan tayyorlangan betonda quyilgan ustunlarni o’tga chidamlilik darajasi ohaktosh maydalaridan tayyorlangan beton ustunnikiga nisbatan 20% kam ekanligi ilmiy asoslangan. Buni granitning tarkibiga kiruvchi kvarsning 573oS dayoq parchalanishi va ohaktoshni esa 800oS dan keyin emirilishi bilan izohlash mumkin. Devorlarni o’tga chidamliligi ularning qalinligi va ularga qo’yilgan yukning vazn miqdoriga bog‘liq bo’ladi, ya’ni qalinligini kamayishi va yukning ko’payishi o’tga chidamlilik darajasini pasayishiga va aksincha bo’lganda ko’payishiga olib keladi. Bino va inshootlardagi qavatlar soni ko’paygan sari, ularning devorlariga tushadigan yukning miqdori ham ortib boradi. SHuning uchun ulardagi yuk ko’taruvchi ko’ndalang devorlarning o’tga chidamliligini minimal miqdorini ta’minlash maqsadida, devor qalinligini qavatlar soniga mos ravishda qabul qilinadi, ya’ni 5-9 qavatli jamoa va fuqaro binolarida -120 mm, 12 qavatli bo’lganda-140 mm, 16 qavatgacha bo’lsa -160 mm va qavatlar soni undan oshiq bo’lganda-180 mm. Yog‘och qurilmalarni yong‘indan himoyalashda ko’pincha azaldan ota- bobolarimiz qo’llab kelgan usul simto’r yoki qamichdan yasalgan buyralarni yog‘och sirtiga yopishtirib ustidan avval somonli suvoq, keyin qum yoki ganch suvoq bilan muhofizalash keng qo’llanilgan. Bu usulni zamonaviy inshootlarda qo’llash imkoni bo’lmagan joylarda, yog‘ochni bosim ostida yoki issiq vanna usulida olovda yonmaydigan maxsus kimyoviy eritmalar bilan shimdirish yo’li bilan himoyalash usuli qo’llaniladi. Ganch va sement suvoqlari o’zining qalinligiga qarab, yog‘och qurilmalarni yong‘indan 15-30 daqiqagacha himoyalash imkonini beradi. Yog‘ochlarni olovdan himoyalashda gipsdan qilingan quruq suvoq, quyma gipsqipiq plitalari va asbosement faneralardan ham foydalanish mumkin. Bulardan tashqari yog‘ochni olovdan himoyalashni o’tda yonmaydigan, harorat ta’sirida ko’pchib ketadigan maxsus bo’yoqlar va loy qorishmalarni yog‘och sirtiga 2-3 qavat surkash yo’li bilan ham ta’minlash mumkin. Issiqlikdan ko’pchib ketadigan qorishmalar bilan himoyalangan yog‘och qurilmalar qiyin yonadigan toifaga kiradi. Oxirgi paytlarda yong‘in sharoitida o’ta xavfli bo’lgan, plastmassa va polimer moddalari binolarni isitishda va pardozlash ishlarida, qurilish ashyolari sifatida keng qo’llanilmoqda. Bu ashyolarning o’ziga xos betakror xususiyatlaridan biri, ularning bosim yoki issiqlik ta’sirida kerakli shaklga kirishi va o’z shaklini saqlab qolishidir. Bundan tashqari ular chirimaslik, suv o’tkazmaslik, zanglamaslik va oson ishlov berish imkoniyatlariga ega. Qurilishda keng qo’llaniladigan polimer ashyolarga plastik va organiq shishalar, viniplast, penoplast, sotoplast va boshqalar misol bo’laoladi. Bularning asosiy kamchiliklariga yonuvchanlik, oquvchanlik va yumshoqlik kabi xususiyatlar kiradi. Ko’pchilik plastik ashyolarning alangalanish harorati yog‘ochnikidan ko’ra past bo’ladi. Qurilishda polimer ashyolar, tomyopg‘ich plitalar va ko’p qatlamli devor panellarini tayyorlashda isitgich ashyolar sifatida keng qo’llaniladi. Bunday qurilmalarning o’tga chidamlilik darajasi 0,15 dan 0,5 soatgacha bo’ladi. Bu qurilmalarni polimerlar tufayli o’tga chidamlilik darajasi juda pastligini va yong‘in sharoitida o’zidan zararli gaz va bug‘larni chiqorishini inobatga olgan holda, ularni faqat D toifadagi, o’tga chidamlilik darajasi IV va V bo’lgan bino va inshootlarga ishlatish tavsiya etiladi. Termoplast ashyolar 100oS gacha bo’lgan haroratda yumshaydi va 300oS da parchalanib yonaboshlaydi. Barcha plastik ashyolar yonuvchanlik xususiyatiga ega. Ular yonganda inson hayoti uchun o’ta xavfli bo’lgan zaharli gaz va bug‘ moddalarini ajralib chiqishiga sababchi bo’ladi. Shuning uchun turarjoy va jamoa bino va inshootlarida pardozlash yoki akustik ashyolar sifatida plastmassalardan foydalanishni saqlanish foydadan xoli bo’lmaydi. Temirbeton qurilmalarni o’tga chidamliligini konstruktiv echimlar va issiqlika chidamli metal va beton ashyolardan foydalanish yo’llari bilan oshirish mumkin. Konstruktiv echimlarga quyidagilar kiradi: - qurilmalami qalinligini oshirish; - betonni himoya qobig‘ini qalinligini oshirish; - qurilmaga yuklatiladigan yukni kamaytirish; - qurilmalarni bir-biriga mingashib turishini va ishlash uslubini o’zgartirish va boshqalar. Download 28.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling