Tohir davlat ishlarini mustaqil idora etish maqsadida 822-yilda xalifa nomini xutbadan chiqartirib yuboradi.
Bu amalda Bagdod bilan aloqani uzish va ozini mustaqil deb elon qilish edi. Biroq kop vaqt otmay u tosatdan vafot etadi. Tohirning ogillari Talxa va Abul Abbos Abdulloh otasining orniga birin-ketin noiblik qiladilar. Shunday qilib, Xuroson va Movarounnahr boshqaruvi tohiriylar xonadoniga meros bolib qoladi. Abul Abbos Abdulloh noibligi (830844) davrida poytaxt Marvdan Nishopur shahriga kochiriladi.
Movarounnahr shaharlarida noiblik qilayotgan Somonxudot avlodlarining mahalliy noibligi tohiriylar tomonidan tan olinadi. Somoniylar esa, oz navbatida, tohiriylarga tobe sifatida Mova rounnahrni idora etadilar. Bu, shubhasiz, Xuroson va Mo varo unnahrda bir asrdan oshiqroq hukm surgan xalifalik hukmronligining tugaganligini bildirardi.
Tohiriylar Xurosondagi Tohiriylar davlatida hukm ronlik qilgan sulola (821873). Rasman abbosiylar ga qaram hisoblangan. Sulolaga 821-yil Tohir ibn Husayn asos solgan
Safforiylar – Safforiylar davlatida hukmronlik qilgan sulola. Safforiylar nomi uning asoschisi Ya’qub ibn Lays as-Saffor nomidan olingan. Safforiylarning yirik hukmdorlari: ya’qub ibn Lays (873–879); Amr ibn Lays (879–900)
Xutba — juma namozida hukmdor nomini aytib, uning haqiga duo o‘qish, olqishlash
G‘oziy — Haq din uchun kurashuvchi jangchi
Tohiriylar hokimiyatining barham topishi. Tohiriylar zamonida ham mehnat ahlining ahvoli nihoyatda og‘irligicha qola verdi. Mulkdor dehqonlarning jabr-zulmidan, davlatning og‘ir soliq laridan bezor bo‘lgan xalq qo‘zg‘olon ko‘taradi. Ularga “g‘oziylar” ham qo‘shiladilar. Qo‘zg‘olonga safforiylar – miskar hunarmand aka-uka ya’qub va Amr ibn Layslar boshchilik qiladilar. 873-yilda Xuroson poytaxti Nishopurni egallaydilar. Natijada tohiriylar hukmronligi tugatilib, hokimiyat safforiylar qo‘liga o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |