13-amaliy mashG‘ulot kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonasining mehnat resurslari. Mashg‘ulotning maqsadi: Mavzu bo‘yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish Salohiyat (potensial)


Download 53.86 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi53.86 Kb.
#1445406
  1   2   3
Bog'liq
13-АМАЛИЙ.KORXONA IQTISODIYOTI VA MENEJMENT.


13-AMALIY MAShG‘ULOT


Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonasining mehnat resurslari.
Mashg‘ulotning maqsadi:
Mavzu bo‘yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish


Salohiyat (potensial) tushunchasining o‘zi lotin tilidan olingan
bo‘lib (potentia), imkoniyat, kuch-quvvat, yashirish imkoniyat ma’nosini
anglatadi. Lug‘at va qo‘llanmalarda u mavjud va harakatga keltirilishi,
ma’lum bir maqsadlarga erishish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan vosita,
zahira, manba deb ko‘rsatilgan.
Kadrlar salohiyati - mehnat resurslarining umumiy soni va jinsi,
yoshi, ma’lumoti, kasbiy ko‘nikmalari, korxonaning u yoki bu bo‘g‘inlarida va
jamoatchilik ishlab chiqarishida qatnashishi bilan ifodalanuvchi mehnat
resurslari yoki imkoniyatlarini ifodalaydi. Kadrlar salohiyati jamiyat
mehnat salohiyatining tarkibiy qismidir (6-ilova).
Korxona mehnat salohiyati- bu biror ko‘zda tutilgan ishni
(faoliyatni) ma’lum bir vaqtda bajarishga qodir bo‘lgan turli malakaga ega
barcha ishchi va xizmatchilar majmuasidir. Tahlil qilish uchun uni natural
va qiymat ko‘rsatkichlarida ifodalash lozim. Bu uning tarkibida namoyon
bo‘ladi.
Kadrlar korxonada mehnat bilan band bo‘lgan hamda korxona shaxsiy
tarkibiga kiruvchi turli kasbiy-malakaviy guruhlardagi xodimlar
majmuasidir. Korxonaningmehnat resurslari uning ishchi kuchini
tavsiflaydi. Korxona personali doimiy va yollanib ishlovchi, malakali va
malakasiz barcha xodimlardan iborat bo‘lgan shaxsiy tarkibni izohlaydi.


Mehnat salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi.

Ko‘rsatkichlar




Download 53.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling