Аtributlar jadvali va
Download 99.69 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-amaliy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Аtributlar jadvali va geoinformatsion tizimlarida atribut maʼlumotlarni saqlash.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGIMUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 2-Amaliy ish Mavzu: Аtributlar jadvali va geoinformatsion tizimlarida atribut maʼlumotlarni saqlash. Vektorli va rastrli modellar. Topografik maʼlumotlarni rastrlash. Obʼektlarning fazoda taqsimlanishi. TOSHKENT – 2020 Аtributlar jadvali va geoinformatsion tizimlarida atribut maʼlumotlarni saqlash.Aholi soni, teatrlar, konsert zallari, avtomobil va aloqa yo‘llari uzunligi ma’lumotlarini jadvalda to‘plash,jarayonlar bo‘yicha esa uning umumiy maydoni, yerlardan foydalanuvchilar soni, korxona xodimlarining ismi-sharifi, jinsi, yoshi, ish staji, oylik maoshi va h.k. haqidagi ma’lumotlarni saqlash uchun atributiv jadvallar ishlatiladi. GITda ma’lumotlarni saqlashdan tashqari, ularni tasvirlash va ta’riflash uchun ma’lumotlar bazasini boshqaradigan maxsus tizimli dasturlar ham mavjud. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan foydalanish jarayonida axborotlarni qidirish, tanlash, bir-biriga qo‘shish va xatoliklarni tuzatish ishlarini bajarish mumkin. Bu modul yangi atributiv jadvallar tuzish, ularni to‘ldirish va karta bilan bog‘lash imkonini ham beradi.(2.1- jadval) Afsuski, bazani qayta qurish ishlarini barcha GITlarda ham bajarib bo‘lmaydi. Masalan, ArcView dasturida ma’lumotlar bazasi tuzilgandan keyin, unga biror-bir oddiy jadval ustunini qo‘shish va o‘zgartirish mumkin emas. Bunday vaqtda foydalanuvchi ma’lumotlar keltirilgan jadval ustunini boshqa ko‘rinishda saqlashi va tuzishi zarur. 2.1- jadval
Geoinformatsion tizimlarida atributiv ma’lumotning geografik ma’lumotlarning grafik bo‘lmagan xarakteristikalarini aks ettiradi. GIT masalalarining yangi jarayonida atributiv ma’lumotlar ustida amallar bajarish, ya’ni kiritish, takrorlash, o‘girish, bog‘lash, ulash, oddiy va murakkab so‘rovnomalarni shakllantirish va boshqa amallar bajariladi. Atributiv ma’lumotlarga real vaqt rejimida ishlov berish natijalari fazoviy ma’lumotlarda displeyning grafik oynasi orqali aks ettiriladi. Atributiv jadvallar chekli sondagi satrlar va ustunlardan iborat bo‘lib, bunda har bir satr geografik tavsiflarini, har bir ustun esa aniq bir atributiv (belgi)ni (masalan kabel turi va uzunligi, Hudud chegarasi yoki maydoni, quduqlar turi va h.k) ifodalaydi. Atributiv jadvallar GIT ichki formatlarining tarkibiy qismlari yoki dBase, Oracal, Informix va boshqalardan olingan qo‘shilgan fayllar bo‘lishi mumkin. Yozuvlar - bu matn bo‘lib, harita qatlamlari ob’yektlarini yozish uchun foydalaniladi. Atributlar ustunini aniqlash zarur bo‘lib, u yozuv sifatida, shuningdek uning haritadagi tasvirining xususiyatlaridan foydalaniladi. Yozuvlar dinamik element hisoblanadi. Uning joylashuvi har safar haritani qayta chizishda qaytadan aniqlanadi (masalan, miqyos qilishda va siljitishda). Quyida tanlangan soha bo‘yicha Qarshi shahri gidrografiyasi tarmog‘iga doir atributiv materiallarni tayyorlash masalasini ko‘raylik, ishdan maqsad: Atributiv ma’lumotlarga ishlov berish algoritmlarini o‘zlashtirish. Bunda ma’lumotlar formatlarini o‘zgartirish, ustunlar nomlarini o‘zgartirish, statistik tahlil va xarakteristikalarni hisoblash, ArcMap atributiv jadvallarini tahrirlash, turli qatlamlarni bir jadvalga ulash va bog‘lash, chiquvchi jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlarni tayyorlash, tahrirlash va jadvallarni nushalash operatsiyasi o‘rganiladi. Berilgan ma’lumotlar 1:200000 miqyosli Qarshi shahrining haritasi sheyp fayllari: Adm_data_.shp Dorogi.shp Nasel_punkt.shp Rivers_\karshi.shp Aholi_yashash_hududlari.shp Hudud_chegarasi.shp Download 99.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling