Аtributlar jadvali va
Vektorli va rastrli modellar
Download 99.69 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-amaliy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Obʼektlarning fazoda taqsimlanishi.
Vektorli va rastrli modellar.Ma’lumotlarning vektorli struktura deganda fazoviy ob’yektlarni ularning geometriyasini ifodalovchi koordinatalar juftliklari (vektorlar) ko‘rinishida ifodalash tushuniladi. Ma’lumotlarning rastrli strukturasi deganda ma’lumotlarning ikki o‘lchovli to‘r ko‘rinishida berilishi tushuniladi. Bunda, to‘rning har bir nuqtasi – yacheykasi ob’yektning joy yoki tasvirdagi aniq yacheykasiga mos aniq bir qiymatni ifodalaydi. Bunday xarakteristika sifatida ob’yekt kodi (o‘rmon, o‘tloq va h.k.), balandlik yoki optik zichlik tushuniladi. Rastrli ma’lumotlarning aniqligi yacheyka o‘lchamlari bilan chegaralangan. Bunday strukturalar turli xarakterdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va vizuallashtirishning qulay vositasi hisoblanadi. 2.1- rasm. Fazoviy ma’lumotlarning vektorli ifodalanishi. 2.2- rasm. Ma’lumotlarning rastrli strukturasi. Rastrli va vektor ko‘rinishidagi strukturalarni joriy qilish uchun ma’lumotlarning turli modellari ishlab chiqilgan. 2.3- rasm. Ma’lumotlarning rastrli strukturasi piramida (a) va daraxt (b). 2.4- rasm. Ma’lumotlarning bog‘lanichi. 2.5- rasm. Ma’lumotlarning rastrli va vektorli ko‘rinish. Obʼektlarning fazoda taqsimlanishi.Ko‘p hollarda nafaqat ob’yektlar egallagan fazoning hajmini emas, balki ob’yektlarning fazoda joylashishini ham bilish zarurdir. Hozirda nuqtaviy ob’yektlarning nuqtaviy taqsimlanishini tahlil qilish usullari keng qo‘llaniladi. Nuqtaviy taqsimlanishning o‘lchovi sifatida ob’yektlar zichligi qabul qilingan va nuqtalar (ob’yektlar) sonining yuzasiga nisbati bilan o‘lchanadi. Zichlikdan tashqari tashkilot firmasini ham baholash mumkin. Nuqtaviy taqsimotlar tekis, domiy, tasodifiy va klasster ko‘rinishlarida uchraydi. Nuqtali taqsimotlar asosida ichki nuqtalar (ob’yektlar) juftliklari orasidagi lokal munosabatlar ham tahlil qilinadi. Mazkur statistik ko‘rsatkichni hisoblash mumkin bo‘lgan barcha yaqin nuqtalar juftlari orasida eng yaqin qo‘shni nuqtagacha bo‘lgan masofani aniqlashaga keltiriladi. Chiziqlar taqsimoti ham zichlik asosida baholanadi. Odatda hisoblashlar turli geografik hududlarni solishtirish uchun, masalan, gidrografik tarmoq qalinligi asosida olib boriladi. Chiziqlarning muhim xarakteristikalari chsifatida ularning turgan joyini aniqlash, yo‘naltirilganligi va olganligi qaraladi. Poligonlar taqsimoti nuqtalar taqsimoti kabi olib boriladi, lekin zichlikni baholashda birlik yuzaga to‘g‘ri kelgan poligonlar soni emas, balki egallagan maydonning nisbiy ulushini baholash tushuniladi. Download 99.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling