6-amaliy mashg’ulot. Ishdan maqsad
Download 24.71 Kb.
|
6-Amaliy.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Microsoft Access jadvaliga boshqa manbadan ma’lumotlar qo‘yish.
- II. AMALIY MASHG’ULOT TOPSHIRIQLARI “Xo‘jalik shartnomalari“ MBsi quyidagi ma’lumotlarni saqlashi lozim: 1. Xodimning familiyasi, ismi, sharifi;
- 6. Loyihani boshlash/tugallash sanasi; 7. Loyihada xodimni ishlagan kunlari soni. 8. Mansab maoshi. 9. Loyiha tavsifi.
- Amaliy mashg`ulotni bajarish tartibi
6-amaliy mashg’ulot. Ishdan maqsad: Talabalarda Microsoft Access dasturi asosuida ma`lumotlar bazasining jadvallarini yaratish va tahrirlash ko‘nikmasini hosil qilish. Qurilish korxonasi MB sini yaratish. Agar shablonlar talablaringizga javob bermasa yoki boshqa dasturda kerakli ma’lumotlar bo‘lib, ularni Microsoft Access ga import qilishzaruriyati tug‘ilsa, u holda shaxsiy MBsini yaratish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak (yoki ulardan birini): 1. Yangi jadval yaratib, bu jadvallarga ma’lumotlarni kiritish, qo‘yish yoki import qilish orqali; 2. Boshqa manbalardan ma’lumotlarni import qilish orqali yangi shaxsiy MBsini yaratish mumkin. 3. Bo‘sh MB yaratish. Microsoft Accessni ishga tushiring. Начало работы с Microsoft Office Access oynasida Новая база данных tugmasini bosing. Новая база данных sohasida Имя файла maydoniga fayl nomini kiriting. Создать tugmasini bosing. Microsoft Access MB yaratib, «Таблица1» nomli bo‘sh jadval ochadi. Access kursorni Добавить поле ustunidagi birinchi bo‘sh katakka joylashtiradi. Jadval qo‘yish Создание menyusi Таблицы bo‘limi buyruqlari yordamida mavjud MBga yangi jadval qo‘yish mumkin. Jadval rejimida bo‘sh jadval yaratish uchun Таблица ni tanlang. Bunda jadval yoki konstruktor rejimini tanlash mumkin. Jadval rejimida jadval qo‘yish. Jadval rejimida ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritishni boshlash mumkin. Maydon nomlari «Поле1», «Поле2» kabi beriladi, maydonning ma’lumot turi esa kiritilayotgan ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Создание menyusining Таблицы bo‘limidan Таблица buyrug‘ini tanlang. Access kursorni Добавить поле ustunidagi birinchi bo‘sh katakka joylashtiradi. Таблица – Поля и столбцы – Новое поле ni tanlang. Access o‘ng tomonda Шаблоны полей oynasini ochadi. Bu yerda ko‘p ishlatiladigan maydon turlari saqlanadi. Kerakli ma’lumot turini sichqoncha bilan jadvalning biror maydoniga tortib keltiring. Access jadvalga xuddi shu nom va xossaga ega bo‘lgan maydon qo‘shadi. Конструктор rejimida jadval qo‘yish. Конструктор rejimida jadval tarkibini yaratib, so‘ngra ma’lumotlar kiritish uchun jadval rejimiga o‘tish kerak. Jadvalning har bir maydoni uchun Имя поля ustuniga nom bering, so‘ngra Тип данных ro‘yxatidan mos ma’lumot turini tanlang. Xohishingizga ko‘ra, Описание ustuniga har bir maydon uchun tavsif berishingiz mumkin. Barcha maydonlar kiritilgandan so‘ng jadvalni saqlang. Microsoft Access jadvaliga boshqa manbadan ma’lumotlar qo‘yish. Agar kerakli ma’lumotlar boshqa dasturda saqlangan bo‘lsa, masalan, Office Excel, ulardan nusxa olish va Access jadvaliga qo‘yish mumkin. Ma’lumotlarni bo‘sh jadvalga qo‘yilganda, Access kiritilayotgan ma’lumotlarni ko‘rinishiga qarab maydon turini o‘rnatadi. Faraz qilaylik, kerakli ma’lumotlar boshqa dasturlarda to‘plangan bo‘lib, ularni import qilish zaruriyati tug‘ildi. U holda quyidagilarni bajarish zarur: Внешние данные– Импорт bo‘limida ma’lumotlari import qilinayotgan fayl turiga mos buyruqni tanlang. Agar kerakli dastur turi mavjud bo‘lmasa, u holda Дополнительно tugmasini bosing. Внешние данные dialog oynasidan Обзор tugmasini bosing va ma’lumotlar manbasi faylini tanlang. Quyidagi guruhdan kerakli parametrni tanlang: import qilingan ma’lumotlar asosida yangi jadval yaratish; mavjud jadvalga qo‘shish; bog‘langan jadval yaratish. Укажите, когда и где сохранять данные в текущем базе данных, ya’ni, import qilingan ma’lumotlar asosida yangi jadval yaratishni tanlang. OK tugmasini bosing. Bunda Microsoft Accessda import ustasi ishga tushadi. Импорт ustasining barcha ko‘rsatmalarini bajaring. Ma’lumotlar Microsoft Accessning yangi jadvaliga import qilinadi. II. AMALIY MASHG’ULOT TOPSHIRIQLARI “Xo‘jalik shartnomalari“ MBsi quyidagi ma’lumotlarni saqlashi lozim: 1. Xodimning familiyasi, ismi, sharifi; 2. Xodimning lavozimi; 3. Xodimning uy manzili; 4. Xodimning tavsifnomasi; 5. Xodim ishtirok etayotgan loyiha nomi; 6. Loyihani boshlash/tugallash sanasi; 7. Loyihada xodimni ishlagan kunlari soni. 8. Mansab maoshi. 9. Loyiha tavsifi. MBda 10 ta xodim, 4 ta mansab, 2 ta loyiha haqida ma’lumotlar bo‘lishi shart. 2 ta loyihada bir vaqtda xodimlar soni 5 tadan kam b o‘lmasligi e`tiborga olinsin. Amaliy mashg`ulotni bajarish tartibi: 1. Amaliy mashg`ulot ishining uslubiy qismini o`rganib chiqing. 2. Topshiriqlar to`plamidan topshiriqlarni tanlab oling. 3. Topshiriqni qo`yilgan sharti asosida bajaring va daftaringizga rasmiylashtiring. Download 24.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling