13-bob. Strategiyani tadbiq etish: madaniyat va sardorlik
Yuqori mansabli shaxslar madaniyatni strategiyaga moslovchi tadbir
Download 47.57 Kb.
|
37-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.1.7. Etik me’yorlarni va qadriyatlarni shakllantirish.
Yuqori mansabli shaxslar madaniyatni strategiyaga moslovchi tadbir-choralarni shaxsan boshqarishlari shart.
Talab qilinadigan madaniy qadriyatlarni tashkilotga singdirish oliy rahbariyatning qat’iyatligiga bog’liq. Rahbariyat qulay vaziyat paydo bo’ldi deguncha, zaruriy madaniyatni so’z va ish bilan targ’ibot etishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tashkilot bo’limlarida yuz beradigan o’zgarishlar mavzusida guruh a’zolari bilan uchrashish muhim ahamiyatga ega. Tashkilotga mos keladigan madaniyatni yaratish va qo’llab-quvvatlash boshqaruv komandasining vazifasi hisoblanadi. Tashkilot xodimlarining ko’pchiligi yangi madaniyatni qabul qilmaguncha va uning tayanch qadriyatlarini muhimligini his etmaguncha, menejerlar oldida ushbu madaniyatni targ’ibot etish bo’yicha katta vazifalar turadi. Madaniyatni strategiyaga moslashtirish – bu qisqa muddatli faoliyat emas. Yangi madaniyat shakllanishi va ildiz otishi uchun ma’lum vaqt o’tishi kerak bo’ladi. Tashkilot qancha katta bo’lib, uning madaniyati chuqur o’rnashgan bo’lsa, ushbu madaniyatni o’zgartirish va strategiyaga moslash uchun shuncha ko’p vaqt talab qilinadi. Katta kompaniyalarda yangi madaniyatga o’tish vaqti 3 yildan 5 yilgacha vaqtni talab qiladi. Tashkilotda chuqur œrnashib qolgan va uning strategiya maqsadlariga mos kelmaydigan madaniyatni o’zgartirish, yangi tashkilotga talab kilinadigan madaniyatni singdirishga karaganda murakkab hisoblanadi. 13.1.7. Etik me’yorlarni va qadriyatlarni shakllantirish. Etik madaniyat kompaniyaning uzoq muddatli strategik muvaffaqiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi: noetik madaniyat muvaffaqiyatni yo’qqa chiqaradi. Etik faoliyat qoidalari va ma’naviy axloqiy qadriyatlar asosida chuqur o’rnashgan madaniyat - bu strategik muvaffaqiyatning muhim omilidir. Ko’pchilik mansabdor shaxslarning ishonchi komilki, kompaniya o’z faoliyatiga jiddiy e’tibor berishi shart, aks holda kompaniyaning obro’ e’tibori, pirovard natijalari xavf ostida qoladi. Etik va qadriyatlar dasturi yuqori madaniy-ahloqiy muhitni yaratish uchun va etik xulq-atvorni me’yorga aylantirish uchun zarur. Ma’naviy qadriyatlar va etik me’yorlar kompaniya strategiyalariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Kompaniya o’z qadriyatlarini va etik me’yorlarini har xil yo’llar bilan belgilashi mumkin. Boy an’analarga va boy tarixga ega kompaniyalar qadriyatlarni va etik me’yorlarni singdirishda verbal muloqotga va an’ana kuchiga tayanadilar. Zamonaviy kompaniyalarning ko’pchiligi o’zining qadriyatlarini va etik kodekslarini yozma hujjatlarda aks ettiradilar. Quyida ushbu xujjatlardan namuna keltiriladi:
Qadriyatlarni va etik me’yorlarni hayotga tadbiq etish bir qator harakatlarni nazarda tutadi: Download 47.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling