13-bob. Strategiyani tadbiq etish: madaniyat va sardorlik


Moslashuvchan madaniyatlar


Download 47.57 Kb.
bet4/12
Sana07.02.2023
Hajmi47.57 Kb.
#1173676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
37-mavzu

13.1.5. Moslashuvchan madaniyatlar.
Kompaniya tez o’zgaradigan muhitda uzoq muddatli muvaffaqiyatlarga erishishi uchun yangi strategiyalarni va tashkiliy usullarni qo’llashi kompaniyada o’zgaruvchan muhitga moslashuvchan madaniyat mavjudligidan darak beradi. Moslashuvchan madaniyatning belgilari bu: 1) sinalgan va o’zini oqlagan faoliyat qoidalarini qo’llab-quvvatlaydigan tashkilotga tegishli xaridorlarni, xodimlarni, aksiyadorlarni, ta’minotchilarni va tashkilot joylashgan hududni manfaatlarini ko’zlovchi sardorlarning mavjudligi; 2) tavakkal qilishdan, tajribada sinab ko’rishdan, yangiliklardan foydalanishdan qo’rqmaydigan, zaruriyat tug’ilganda strategiyani va ish usullarini o’zgartirishga qodir guruhlarning mavjudligi.
Moslashuvchan madaniyatli tashkilot a’zolarida har qanday xavf-xatarni yengish mumkinligi va paydo bulayotgan qulay imkoniyatlardan unumli foydalanish to’g’risida ishonch mavjud bo’ladi. Bunday tashkilotlarda vazifalarni bajarish jarayonida tayanch qadriyatlar va faoliyat qoidalariga amal qilish talabining mavjudligi uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlash uchun tashkilot a’zolarida har qanday murakkab muammolarni yechish istagi ustivorligidan darak beradi.
Menejerlar yangiliklarga intiladilar, biznesda yangi chœqqilarga erishish uchun yangi g’oyalarni samimiy muhokama etadilar va ma’lum me’yorda tavakkal qilishga tayyor turadilar. Tadbirkorlik rag’batlantiriladi va mukofotlanadi. Agar yangi xo’jalik sharoiti an’anaviy ish usullarini va strategiyani o’zgartirishini talab qilsa, ular o’zgartiriladi. Moslashuvchan madaniyatda sardorlar kerakli narsalarni kerakli yo’nalishda o’zgartiradilar, lekin tayanch qadriyatlar va faoliyat qoidalari hyech qachon oyoq osti qilinmaydi.
Moslashuvchan madaniyat shakllangan tashkilotlarda tashkilot manfaatlari doirasidagi hamma guruhlarning qonuniy ehtiyojlari qondiriladi. Biron bir guruhning manfaatlari inkor etilmaydi, hamma guruhlarga odilona munosabat bu qaror qabul qilishda asosiy qoida va «hammasini to’g’ri bajarish» majburiyatidir. Qisman moslashuvchan madaniyatlarda esa o’zgarishlarga qarshilik ko’rsatish bu odatiy hol, menejerlar o’z manfaatlarini ko’zlab, konservativ va siyosiy nuqtai-nazardan harakat qiladilar. Moslashuvchan madaniyatlar – bu strategiyani tadbiq etuvchilar uchun eng yaxshi ittifoqchi hisoblanadi.

Download 47.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling