13-labaratoriya ishi. Lipid (yog’) larning xossalarini tekshirish


Download 14.82 Kb.
Sana22.05.2020
Hajmi14.82 Kb.
#109062
Bog'liq
13-LABORATORIYA ISHI 7ff10e8c3e6f13b0f96bdcce00c86618




13-labaratoriya ishi.

Lipid (yog’) larning xossalarini tekshirish

Lipidlar kimyoviy tabiati bo’yicha uch atomli spirt, gliserin va yuqori yog’ kislotalarining murakkab efirlaridir yog’ning xossalari yog’ kislotalarining tarkibiga bog’liq: to’yinmagan yog’ kislotalari o’simlik moylarida, to’yinganari esa qattiq yog’larda ustunlik qiladi.Ular organik erituvchilarda eriydi va suvda erimaydi.



1-tajriba.Yog’larni ochish.Akrolein sinovi.Bu reaksiya yordamida yog’da glitserin topiladi.Tajribaning asosida tlitsirinni qizdirganda suvni yo’qotishi va o’tkir, spetsifik xidli to’yinmagan aldegid –akroleinga aylanish xususiyati yotadi.Glitserin bo’lmagan lipidlar akrolein sinamasini bermaydi.

ISHNING BORISHI. Quruq probirkaga 1-2 toch o’simlik moyi va shpatelning uchida quruq kaliy bisulfat solinadi.Akroleinning oq bug’lari hosil bo’lguncha qizdiriladi.

Shu reaksiyaning o’zini mum bo’lakchasi bilan qilinadi.Akroleinning hosil bo’lishi ro’y bermaydi.

2-tajriba. Tovuq tuxumining sarig’ida letsitinni topish.

Letsitinlar fosfolipidlar gruppasiga kiradi va hujayra pardasining tarkibiga kirib, miya to’qimasining asosiy massasini tashkil qiladi, organizmni to’yinmagan yog’ kislotalar bilan ta’minlashda ishtirok etib, organizmda juda kata rol o’ynaydi.Letsitinlar suvda erimaydi, ammo spirt, xloroform, efirda yaxshi eriydi

ISHNING BORISHI. 1. Quruq probirkaga 10 tochi atseton quyiladi va letsitinning (tayyorlash xususida 1-ilovaga qarang) spirtli eritmasini tomchilab qo’shiladi.Oq cho’kma tushadi.

2.quruq probirkaga 20 tomchi letsitinning spirtli eritmasi va letsitinning suvdagi turg’un emulsiyasi xosil bo’lgunga qadar tomchilab distillangan suv quyiladi



3-tajriba. Xolesterinni ochish. Xolesterin organizm uchun juda muhim ahamyatga ega, chunki u ko’pgina organ va to’qimalarning membranalari tarkibiga kiradi, o’t kislotalar, vitamin D, jinsiy gormonlar va buyrak usti bezlari po’stlog’I gormonlarining old moddasidir .

Xolesterin o’zining kimyoviy tabiati bo’yicha bir atomli tsiklik to’yinmagan ikkilamchi spirt hisoblanadi va u yuqori yog’ kislotalari bilan efirlar xosil qiladi.

Xolesterinni ochish reaksiyasi asosini uning suvni berish va rangli birikmalarga kondensatsiyalanish xususiyati tashkil qiladi.

ISHNING BORISHI. Quruq probirkaga 10 tomchi 1 % xolesterinning xloroformli eritmasi quyiladi va extiyotlik bilan probirkaning devoir bo’ylab 0,5 ml kontsentrlangan sulfat kislota qatlam qilib qo’yiladi. Ustki xloroform qavatning qizil-to’qsariq rangga o’tishi kuzatiladi.



4-tajriba. Yog’larning erishi.6 ta probirkaga 3 tomchidan o’simlik moyi quyiladi va ketma –ket 10 tomchidan:1- probirkaga benzin,2-probirkaga benzol,3-probirkaga xloroform,4-probirkaga dietil efir,5-probirkaga uglerod (lV)-xloriд,6-probirkaga etil spirt qo’shiladi.Probirkalar silkitiladi va spirtdan tashqari hamma erituvchilarda yog’ning erishi kuzatiladi.

Topshiriq



  1. Lipidlarning kimyoviy xossalari.

  2. Yog’larning ishqor ta’sirida sovunlanishi.

  3. Yog’lardagi gliserin qoldig’ini aniqlash uchun qanday reaksiyadan foydalanish mumkin?

  4. To’yinmagan kislota bo’lgan linolen kislotaning yod bilan o’zaro ta’sir reaksiyasi tenglamasini yozing.

Download 14.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling