13-laboratoriya ishi polyarimetrlarni qiyoslash


Download 484.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana28.10.2021
Hajmi484.08 Kb.
#169313
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13-лаборатория иши

3.2. Sinab ko‘rish  

3.2.1. Fotoelektrik polyarimetrning buraladigan va harakatlanadigan qismlarini qiyoslash 

davomida quyidagi talablarga mos kelishi kerak: 

  - ko‘rish trubasining okulyari aniq ko‘rinishga oson va bir tekis buralish orqali keltirilishi 

kerak; 

- analizatorning buralishi va uning shkalasi barcha o‘lchash chegaralarida oson va bir tekis 

buralishi kerak; 

-  polyarizatorning  xolatini  boshqarish  konstruksiyada  ko‘rsatilganidek  barcha  o‘lchash 

masofasida  oson va bir tekis o‘zgarishi kerak; 

- hisob olinadigan okulyarning shkalasini yaxshi ko‘rinadigan xolatga keltirish oson va bir 

tekis buralish orqali keltirish kerak

- kyuveta qo‘yiladigan bo‘limning qopqog‘i oson ochilishi va zich xolatda yopilishi kerak. 

3.2.2.  Fotoelektrik  polyarimetrning  yorug‘lik  manbaini  to‘g‘ri  yoki  bir  tekis  yoritishini 

tekshirish  uchun  diafragma  oldiga  oq  rangli  ekran  qo‘yish  va  unda  yoritilganlikni  bir  tekis 

taqsimlanishi aniqlanishi kerak; 

-  keyin  oq  ekranni  kyuveta  qo‘yiladigan  joyga  qo‘yib  vizual  xolda  yoritilganlikni  optik 

o‘qiga perpendikulyar xolda bir tekis taqsimlanishi aniqlanadi; 

-  polyarimetr  okulyarining  ko‘rish  maydonini  tekshirishda  maydon  chiziqlarini  bo‘linishi 

yupqa,  aniq  va  yaxshi  ko‘rinadigan    chiziq  asosida  va  u  ko‘rish  maydonini  aniq  ikki  bo‘lakka 

ajratishi kerak va shu bilan birga har qanday xolatda ham ko‘rish maydoni aylana shaklida bo‘lishi 

kerak. 

-  polyarimetrning  kyuveta  qo‘yiladigan  joyga  ketma-ket  har  xil  o‘lchamdagi  bo‘sh 

kyuvetalarni  qo‘yish  moslamasi  bilan  qo‘yib  borib  undagi  yoritilganlikni  bir  tekis  ekanligi 

tekshiriladi. 

3.2.3.  Polyarimetrning  o‘lchash  oralig‘ini  tekshirish  uchun,  kyuveta  qo‘yiladigan  joyga 

polyarimetrik  plastinka  joylashtiriladi.  Bunda  qutblanish  tekisligining  burilish  burchagi 

chegaraviy o‘lchash qiymatiga nisbatan 2

o

 dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 



3.2.4.  Analizatorning  bir  tekis  buralishini  bir  vaqtning  o‘zida  o‘lchash  diapazonini 

tekshirish va shkalaning siljishini kuzatish orqali tekshiriladi. Analizatorning bir tekis buralishi 

shkala bilan birga bir tekis, pasportda ko‘rsatilgan tezlikda  harakatlanishi kerak. 

3.2.5. Hisob olinadigan shkalaning ko‘rinish sifatini barcha o‘lchash oraliqlarida vizual 

tekshirib  chiqiladi.  SHkalaning  bir  bo‘limidan  ikkinchi  bo‘limiga  o‘tish  analizatorni  burash 

orqali yoki kompensator orqali amalga oshiriladi. Fotoelektrik polyarimetr shkalasining ko‘rinish 

sifati analizatorni burash va uni  kuzatish orqali, hamda kyuveta qo‘yiladigan joyga namunaviy 

polyarimetrik plastinkalarni qo‘yish orqali o‘lchash chegarasi tekshiriladi. Bunda plastinkalarda 

ko‘rishni qiyinlashtiruvchi  xiralik, qirilish va boshqa defektlar bo‘lmasligi kerak. 



Polyarimetrning  hisob  olinadigan  bo‘limi  yorug‘  va  ko‘rish  qismi  bir  tekis  yoritilgan 

bo‘lishi  hamda  noniusning  shtrixlari  aniq  ko‘rinadigan,  hech  qanday  qirilish  va  kirlanishlar 

bo‘lmasligi kerak.  

3.2.6.  Polyarimetrning  hisob  oladigan  moslamasini  tekshirish  uchun  nonius  bilan 

noniusning  hisob  oladigan  nolinchi  bo‘limini  ustma-ust  tushirish  kerak.  Bunda  nonius 

shkalasining oxirgi qiymati shkalaning ma’lum bir qiymati bilan aniq mos kelmasa, unda qiymat 

noniusning yarim qiymatidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda xatolik bilan olinadi. Optik mikrometr 

o‘rnatilgan polyarimetrlarda esa to‘g‘ri va qaytgan tasvirlarni mos kelishi asosida mikrometrdan 

hisob olinadi. 

Ikkala xolatda ham shkalani tekshirish uning uch xil nuqtalarida olib boriladi va xulosa 

qilinadi. SHkalaning har xil bo‘limlarini tekshirish uchun fotoelektrik polyarimetrlarda ularga 

qutblanish tekisligining burilish burchagi har xil bo‘lgan  polyarimetrik plastinkalarni o‘rnatish 

orqali aniqlanadi.  

3.2.7.  Analizatordan  olinadigan  hisoblarni  to‘g‘riligi  va  qaytariluvchanligini  shkalaning 

uchtadan kam bo‘lmagan har xil bo‘limlarida, shu bilan birga nol bo‘limda va barcha to‘lqin 

uzunliklarida, ketma-ket qurilmaning kyuveta qo‘yiladigan joyiga har xil burilish burchagiga ega 

bo‘lgan  polyarimetrik  plastinkalarni  o‘rnatish  orqali  aniqlanadi.  Analizatordan  olinadigan 

hisoblarni  to‘g‘riligi  va  qaytariluvchanligini  texnik  xujjatda  ko‘rsatilgan  qiymatlardan  ko‘p 

bo‘lmasligi kerak. 

 3.2.8.  Polyarimetrning  sezgirligini  tekshirish  uchun  uning  ko‘rish  maydonini  yarim 

yorug‘  yarim  qorong‘u  ko‘rinishga  keltirib  tekshiriladi.  Bunda  analizatorni  birinchi  xolatiga 

nisbatan besh xil bo‘lim qiymatlari uchun ya’ni qurilmaning sezgirligiga mos keluvchi qiymatlar 

orqali tekshiriladi. Bu qiymatlar aniq bir qurilmalar uchun aniq ko‘rinishda pasportda keltiriladi. 

Agar analizator ko‘rish maydonlarida yoritilganlikni o‘zgarishi aniq sezilsa, unda qurilmaning 

sezgirligi etarli hisoblanadi. Agar analizator ko‘rish maydonlarida yoritilganlikni o‘zgarishi aniq 

sezilmasa, unda qurilmani sozlash yoki yorug‘lik manbaini almashtirishga to‘g‘ri keladi.     




Download 484.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling