13-laboratoriya ishi polyarimetrlarni qiyoslash
Download 484.08 Kb. Pdf ko'rish
|
13-лаборатория иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Qiyoslash operatsiyalari va vositalari
- Eslatma
Qiyoslash metodikasi
Ushbu davlat qiyoslash standarti xatolik darajasi 0,01 o dan oshmaydigan fotoelektrik polyarimetrlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularni birlamchi va davriy qiyoslash metodikasini belgilab beradi. 1. Qiyoslash operatsiyalari va vositalari 1.1. Qiyoslashni o‘tkazishda 3.1-jadvalda ko‘rsatilgan quyidagi ko‘rsatmalar bajarilishi va bu ko‘rsatmalarni bajarishda belgilangan vositalar qo‘llanishi lozim. Jadval 3.1
Bajariladigan ko‘rsatmalar nomi
Usulubiy ko‘rsatmalar bandining raqami
Qiyoslash vositalari va ularni me’yoriy -texnik tavsiflari
Tashqi ko‘rik
3.1.
Sinab ko‘rish 3.2.
Polyarimetrning asosiy xatoligini aniqlash 3.3.3
GOST
22409- 77
asosidagi namunaviy polyarimetrik plastinkalar; GOST 215-73 asosidagi shkalasining kichik miqdori 0,1 o S ga teng bo‘lgan va o‘lchash chegarasi 20±5 ga teng bo‘lgan simobli
termometr
Saxarimetrning asosiy xatoligini aniqlash 3.3.4
GOST
22409- 77
asosidagi namunaviy polyarimetrik plastinkalar;
Fotoelektrik polyarimetr va saxarimetrlarni ko‘rsatkichlarini mos
kelishini aniqlash 3.3.5
O‘tkazuvchanlik koeffitsienti bo‘yicha xatolik darajasi ±0,2 %
bo‘lgan neytral svetofiltrlar;
GOST 215-73 asosidagi shkalasining kichik miqdori 0,1 o S ga teng bo‘lgan va o‘lchash chegarasi 20±5 ga teng bo‘lgan simobli termometr Fotoelektrik polyarimetr va saxarimetrning asosiy xatoligini aniqlash
3.3.6 Bu ham
Fotoelektrik polyarimetr va saxarimetrning turg‘un xolatda uzluksiz ishlash vaqtini aniqlash 3.3.7
GOST 22409-77 asosidagi namunaviy polyarimetrik plastinkalar;
GOST 215-73 asosidagi shkalasining kichik miqdori 0,1 o S ga teng bo‘lgan va o‘lchash chegarasi 20±5 ga teng bo‘lgan simobli termometr Eslatma: Temperaturani o‘lchash uchun metrologik xarakteristikalari ma’lum va jadvaldagiga o‘xshash bo‘lgan boshqa termometrlardan foydalanish mumkin. 2. Qiyoslash sharoitlari va unga tayyorlanish 2.1. Qiyoslash o‘tkazilayotgan vaqtda har bir muayyan qurilma uchun foydalanishga oid xujjatlarda nazarda tutilgan harorat, nisbiy namlik va atmosfera bosimi talablariga mos kelishi kerak. 2.2. Qiyoslash o‘tkazishdan oldin quyidagi tayyorgarchilik ishlarini bajarish kerak: - qurilmani to‘g‘ri ulanganligini tekshirib ko‘rish kerak; - qurilmani erga ulanganligini tekshirish kerak; - qurilma va namunaviy polyarimetrik plastinkalarni ishchi xolatda 1 soatdan kam bo‘lmagan vaqt ichida saqlash kerak; - qurilmani ishlatish bo‘yicha instruksiyada ko‘rsatilgan vaqt davomida tok manbaiga ulab qizdirish kerak; - namunaviy polyarimetrik plastinkani kyuveta qo‘yiladigan joyning o‘rtasiga o‘rnatish kerak; - namunaviy polyarimetrik plastinkani 8 o aylanish burchagi ostida 20-60 minut davomida termostatlangan xolatda temperatura o‘zgarishlarini hisobga olgan xolda ushlab turish kerak (3 o
S gacha temperatura o‘zgarishida - 20 minut, 6 o S gacha temperatura o‘zgarishida-40 minut, 10 o S gacha temperatura o‘zgarishida - 60 minut) |
ma'muriyatiga murojaat qiling