13-laboratoriya ishi polyarimetrlarni qiyoslash


Metrologik parametrlarini aniqlash


Download 484.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana28.10.2021
Hajmi484.08 Kb.
#169313
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13-лаборатория иши

3.3. Metrologik parametrlarini aniqlash 

3.3.1. Qurilmaning asosiy xatoligini va u bo‘yicha qiymatlarni shkalaning uchtadan kam 

bo‘lmagan nuqtalarida aniqlanadi (ikkita chegaraviy qiymatlarga yaqin qiymatlarda va ularning 

oralig‘ida). Bu xatoliklar fotoelektrik qurilmalar uchun neytral va neytral bo‘lmagan yorug‘lik 

filtrlari  uchun  pasportda  ko‘rsatilgan  yuqoriroq  optik  zichlik  qiymatlari  uchun  tekshiriladi. 

Qutblanish  tekisligining  burilish  burchagini  bir  necha  to‘lqin  uzunliklarida  o‘lchashga 

mo‘ljallangan polyarimetrlarda metrologik parametrlar barcha to‘lqin uzunliklarida aniqlanadi. 

3.3.2.  Agar  namunaviy  polyarimetrik  plastinkalarning  temperaturasi  o‘lchash  davomida 

20

o

 S dan farq qilsa, unday vaqtda uning burilish burchagi o‘lchanayotgan haroratda quyidagi 



formula yordamida aniqlanadi:  

ѱ =   ѱ


20

[1 + 0,000143(𝑡 − 20

𝑜

)]

 



 bu erda,  ψ - o‘lchanayotgan temperaturada plastinkaning burilish burchagi; 

        ψ

20

 - 20


o

 S temperaturada  plastinkaning pasportida keltirilgan            

         burilish 

burchagi; 

        t 

plastinkaning 



o‘lchanayotgan 

vaqtdagi 

temperaturasi. 

3.3.3. Polyarimetrning va saxarimetrning asosiy xatoligini namunaviy polyarimetrik plastinkalar 

yordamida,  3.3.1. va 3.3.2. punktlarda ko‘rsatilgan talablar asosida aniqlanadi. 

3.3.4.  Fotoelektrik  polyarimetrning  ko‘rsagichlaridagi  o‘xshashlik  (  polyarimetrlar  va 

saxarimetrlar uchun) o‘lchanayotgan qiymatga nisbatan ko‘p yoki kam bo‘lgan qiymatlar uchun, 



namunaviy  polyarimetrik  plastinkalar  yordamida,  3.3.1.  va  3.3.2.  punktlarda  ko‘rsatilgan 

talablar asosida aniqlanadi. Qurilmaning kyuveta qo‘yiladigan joyiga namunaviy polyarimetrik 

plastinkalar  joylashtiriladi  va  uni  2.2  punktda  ko‘rsatilgan  ko‘rinishda  ushlab  turiladi. 

Qutblanish  tekisligining  burilish  burchagini  instruksiyada  ko‘rsatilgan  tarzda  nol  qiymatdan 

kichikroq  bo‘lgan  beshta  qiymatlarda  o‘lchanadi.  Keyin  noldan  kattaroq  bo‘lgan    beshta 

qiymatlarda o‘lchanadi.  O‘nta olingan eng katta va eng kichik o‘lchash qiymatlaridagi farq yo‘l 

qo‘yishi  mumkin  bo‘lgan,  qurilmaning  pasportida  ko‘rsatilgan  xatolik  darajasidan  katta 

bo‘lmasligi kerak.   

3.3.5. Fotoelektrik polyarimetrning asosiy xatoligini namunaviy polyarimetrik plastinkalar 

yordamida,  3.3.1.  va  3.3.2.  punktlarda  ko‘rsatilgan  talablar  asosida  aniqlanadi.  Qurilmaga 

namunaviy polyarimetrik plastinkalarni joylashtiriladi, uni 2.2 punktda ko‘rsatilgan ko‘rinishda 

ushlab  turiladi  va  plastinkaning  burilish  burchagini  beshtadan  kam  bo‘lmagan  qiymatlarda 

o‘lchanadi.  O‘lchangan qiymatlar (yoki o‘ziyozar qurilma yozgan qiymatlar) va guvohnomada 

keltirilgan qutblanish tekisligining burilish burchagi qiymatlarining farqlari topiladi. Aniqlangan 

qiymatlar  yo‘l  qo‘yishi  mumkin  bo‘lgan  texnik  xujjatlarda  ko‘rsatilgan  chegaraviy  xatolik 

qiymatidan (aniq bir qurilma tipi uchun) katta bo‘lmasligi kerak.  

3.3.6.  Fotoelektrik  polyarimetrning  turg‘un  xolatdagi  to‘xtovsiz  ishlash  vaqtini  davriy 

ravishda  belgilash  asosida  30  minut  davomida  ishlatib  qizdirilgandan  keyin  va  qurilma 

noniusining  nol  xolati  pasportda  ko‘rsatilgan  usulda  aniqlanadi.  Qurilmaning  nol  xolati  yo‘l 

qo‘yilishishi  mumkin  bo‘lgan  texnik  xujjatlarda  ko‘rsatilgan  chegaraviy  xatolik  qiymatidan 

oshmasligi kerak.  

3.3.7  .  Qurilmani  qiyoslash  bo‘yicha  olingan  natijalar  maxsus  bayonnoma  shakliga 

yoziladi va rasmiylashtiriladi.  


Download 484.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling