13-ma’ruza: Etnonimlar va ularning maʼnosi Reja


Download 22.97 Kb.
bet4/6
Sana03.02.2023
Hajmi22.97 Kb.
#1149100
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-ma\'ruza

Ochamayli (Achamayli) - yuz urug‘ining bir bo‘lagi. Ho‘kiz yoki qo‘tosga uriladigan yoki bolalar minishi uchun mo‘ljallangan egar ochamay deyilgan. Demak, bu urugЈning tamg‘asi egar shaklida bo‘lgan. Etnograf A.Aristov ochamayli urug‘i och (ach) degan qadimgi qabila nomi bilan atalgan bo‘lsa kerak, deb taxmin qiladi.
Solin - yuz urug‘ining bir tarmog‘i. Solinlar Zarafshon vodiysida, Jizzax viloyatining Jizzax, Zomin, G‘allaorol tumanlarida qayd qilingan. Quloqning ostki yumshoq qismi solin (solinchoq, solinchak) deyiladi.
So‘loqli - yuz qabilasining tarmoqlaridan biri. So‘loq so‘zining bir necha ma’nosi ma’lum: 1) qora jigar, taloq; 2) qo‘y-echki qulog‘ining biron joyini kesib en solish, tamg‘alash usullaridan biri. Quloqning oldingi tomoni o‘yib kesilsa, oldingi suloq, keyingi tomoni o‘qib kesilsa, keyingi so‘loq deyilgan; 3) aravaning o‘qiga solinadigan temir.
Tobin - mo‘g‘ulcha so‘z bo‘lib, “ellik” demakdir. Umuman turk-mo‘g‘ul qabila va urug‘larida raqam (son) bilan ataladigan nomlar uchraydi. Masalan, yuz, ming, do‘rman (durbo‘n – mo‘g‘ulcha do‘rt – “to‘rt”) va hokazo. Tobin urug‘idan bo‘lgan qozoqlar XIX asrda Sirdaryo bilan Ustyurt yaylasidan Tobol daryosi va Orenburg dashtlarigacha bo‘lgan hududda yashaganlar. Tobinlar, shuningdek, o‘zbeklar, boshqirdlar va boshqa turkiy xalqlar tarkibida ham uchraydi.
Tortuvli - qanjig‘ali urug‘ining bir tarmog‘i. Tortuvli urug‘i qo‘ng‘irot urug‘ining ajdodi Qo‘ng‘irototaning kichik xotinidan tarqalgan ekan; Qo‘ng‘irotota keksayganda kichik xotini o‘g‘il tug‘ib, tortuv (tortiq - sovg‘a) qilgani uchun, undan tarqalganlar tortuvli deb atalgan ekan.
Uyaz (uyas) marqa urug‘ining 16 tarmog‘idan biridir. Uyaz boshqa urug‘lar tarkibiga ham kirgan. Masalan, solin urug‘ining bir shoxi uyazsolin deyiladi. Uyaz (uyas) joy nomlari shaklida ham uchraydi. Qadimiy tilshunos olimlardan Abu Hayyon al-Andalusiy va Jamoliddin Tusiy asarlarida uyaz so‘zi “pashsha, chivin” deb izohlangan
Chinoz asli (chinas, chinos) - mo‘g‘ullar hukmronligi davrida bo‘lgan qabila. Chin – mo‘g‘ul tilida “bo‘ri” demakdir; - “s” esa ko‘plik qo‘shimchasi bo‘lib, bo‘ri chinoslarning totemi hisoblangan.

Download 22.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling