magnit-info.ru/about/history/
https://ru.wikipedia.org/wiki/Magnit
1-rasm. Magnit induksiyasi oqimi
Magnit singdiruvchanlik µ, o‘lchov birligi Genri / m (Gn/m);
Magnit singdiruvchanlik muhitning magnitik xususiyati ifodalovchi kattalik bo‘lib miqdor jihatdan magnit maydoni kuchlanganligi bilan magnit maydon induksiyasini bog‘laydi.
bu yerda VM va VV mos holda magnit maydonning muhitdagi va vakumdagi induksiyasi.
Magnit maydonni harakatlanayotgan elektron hosil qiladi
2-rasm. Turli muhitlar uchun V(N) bog‘lanish. Vakuum uchun µ0 = 1, V= N.
Magnit maydon induksiyasi V, o‘lchov birligi Tesla (Tl). Xar qanday o‘tkazgichdan elektr toki o‘tganda bu o‘tkazgich atrofida magnit maydoni hosil bo‘ladi. Tokli o‘tkazgichning magnit maydoni fizikaning elektromagnetizm qismida to‘liq o‘rganiladi30. Bu yerda faqat tokli o‘tkazgichdan hosil bo‘lgan magnit maydonning yo‘nalishini aniqlovchi o‘ng parma qoidasini takrorlab o‘tamiz. Agar o‘ng parma uchining ilgarilanma harakati o‘tkazgichdagi tok yo‘nalishiga mos bo‘lsa, shu paytdagi parma dastasining yo‘nalishi o‘tkazgich atrofida hosil bo‘lgan magnit maydon kuchlanganligi N kuch chiziqlarining yo‘nalishini ko‘rsatadi (Maydon yo‘nalishini aniqlashda o‘ng qo‘l qoidasi ham qo‘llaniladi).
Magnit maydonini miqdoriy jihatdan baholaydigan asosiy ko‘rsatkich maydon induksiyasidir. Uning kattaligi shu magnit maydonda joylashgan tokli o‘tkazgichga maydon tomonidan ta’sir etuvchi kuch orqali aniqlanadi
BILF
Bu yerda F magnit maydonining tokli o‘tkazgichga tasir kuchi, I-o‘tkazgichdagi tok kuchi, L- tokli o‘tkazgichni magnit maydoni tasiridagi qismi- ning uzunligi.
a b s
3-rasm. Tokli o‘tkazgich (a, v) va chulg‘amning(s) magnit maydoni
Agar o‘tkazgichdan tok o‘tayotgan bo‘lsa , bu utkazgichni magnit maydoniga joylashtirsak maydon tokli o‘tkazgichga F kuch bilan mexanik tasir ko‘rsatadi. F kuch birinchi marta fransuz olimi Amper tomonidan aniqlangan, shuning uchun uni Amper kuchi deb yuritiladi.
S. G. Kalishnikov Elektr Toshkent O‘qituvchi nashriyoti 1979y. 8-bob, 149-179 b.
4- rasm. Amper kuchi va chap qo‘l qoidasi
Do'stlaringiz bilan baham: |