13-ma’ruza magnit maydoni. Elektromagnit qurilmalar. Magnit va magnit magnit maydoni haqida tushunchalar. Gisterezis hodisasi. Magnit maydonni hisoblash va undan foydalanish. Yerning magnit maydoni. Elektromagnit qurilmalar


Download 1.38 Mb.
bet1/5
Sana19.01.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1101309
  1   2   3   4   5
Bog'liq
13-ma\'ruza. Magnit maydoni. Elektromagnit qurilmalar. Magnit va magnit magnit maydoni haqida tushunchalar. Gisterezis hodisasi. Magnit maydonni hisoblash va undan foydalanish. Yerning magnit maydoni. El


13-MA’RUZA
Magnit maydoni. Elektromagnit qurilmalar. Magnit va magnit magnit maydoni haqida tushunchalar. Gisterezis hodisasi. Magnit maydonni hisoblash va undan foydalanish. Yerning magnit maydoni. Elektromagnit qurilmalar.

Zamonaviy fan tasavvurlariga ko‘ra magnit maydoni ham materiyaning alohida ko‘rinishlaridan bo‘lib, u hatto massaga ham ega


Doimiy magnit Yerning magnit maydoni Magnit tarkibli tosh

Magnit toshlar bundan ikki yarim ming yillar oldin ham ma’lum bo‘lgan va undan insonlar foydalanib kelgan28. Masalan xitoyliklar eramizning 6-asrida toshlar tarkibidan magnit zarralarini ajratib olishni
bilgan.

Magnit nomining kelib chiqishi haqida aniq yozma ma’lumotlar yo‘q. Bu nomlanish qadimgi grek tiladagi (Magnētis líthos), Magnesiya toshi so‘zidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin degan taxmin haqiqatga yaqinroq. Magnesiya Osiyodagi qadimgi shahar bo‘lgan.


Doimiy magnitlar meditsinada qadimdan qo‘llanilib kelingan. Aristotel, Ibn Sino va Gippokratlar magnit yordamida davolagani meditsinadan ma’lum. Magnit kuchi inson tanasidagi energiyani boshqaradi deb qarashgan, shuning uchun imperator Kleopatra magnitdan yasalgan taqinchoq taqib yurgan. O‘rta asrlarda yashagan Gilbert esa magnit bilan qirolicha Yelizavetani artritdan davolagan. Shundan keyin magnit meditsinaga keng kirib keldi, meditsinada magnitoterapiya yo‘nalishi paydo bo‘ldi.

Hozirgacha ma’lum bo‘lgan eng katta tabiiy magnitning bo‘lagi 13 kg bo‘lib u 40 kg yukni ko‘tarish kuchiga ega. Suniy ravishda magnit hosil qilish uchun dastlab tarkibida 1,5% uglerod bo‘lgan po‘lat ishlatilgan. Lekin bu po‘latlar magnitlik xususiyatlarini uzoq saqlay olmas edi. Hozirgi paytda esa uzoq vaqt magnitik xususiyatini saqlovchi sun’iy magnitlar ishlab chiqarilmoqda, buning uchun kobaltdan foydalaniladi.

Magnitning umumiy formulasi MeFe2O4 ko‘rinshda bo‘lib, bunda Me-aralashma materialidir ( nikel , kobalt magniy, kadmiy va boshqa).
Magnitni qadimda xitoyliklar chu-shi; greklar – gerkules toshi; fransuzlar esa – ayman; ispanlar – pedramant; nemislar – magness yoki zigelshteyn; inglizlar – loudstoun deb ataganlar29.

Magnit maydonini xarakterlash va uni miqdoriy jihatdan o‘lchash uchun bugungi kunda xalqaro birliklar sistemasiga kiritilgan quyidagi magnitik kattaliklar ishlatiladi:



Magnit oqimi F, o‘lchov birligi Veber (Vb);

Aktiv qarshiligi 1 Om bo‘lgan konturdan 1 Kulon zaryad o‘tganda hosil bo‘ladigan oqim. Yoki magnit maydoni induksiyasining oqim o‘tayotgan yuzaga ko‘paytmasi




  • BS cos




  1. Download 1.38 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling