13-ma’ruza magnit maydoni. Elektromagnit qurilmalar. Magnit va magnit magnit maydoni haqida tushunchalar. Gisterezis hodisasi. Magnit maydonni hisoblash va undan foydalanish. Yerning magnit maydoni. Elektromagnit qurilmalar


Magnit maydonni hisoblash va undan foydalanish


Download 1.38 Mb.
bet4/5
Sana19.01.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1101309
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-ma\'ruza. Magnit maydoni. Elektromagnit qurilmalar. Magnit va magnit magnit maydoni haqida tushunchalar. Gisterezis hodisasi. Magnit maydonni hisoblash va undan foydalanish. Yerning magnit maydoni. El

Magnit maydonni hisoblash va undan foydalanish.

Tokli o‘tkazgich atrofida magnit maydon hosil bo‘lishi Amper qonuni orqali tushuntiriladi.


bu yerda, N - o‘tkazgichdan I tok o‘tganda unda hosil bo‘lgan magnit maydon kuchlanganligi, L – o‘tkazgichning uzunligi. SI birliklar sistemasida I- tok kuchining birligi Amper (A), N - maydon kuchlanganligining birligi Amper•m (A m). (1.18) tenglamaning ma’nosini to‘laroq tasavvur etish uchun 1.3. rasmga murojaat qilamiz. Rasmda to‘g‘ri burchakli o‘zak va uning bir tomoniga o‘ralgan chulg‘am ko‘rsatilgan.

Agar o‘zak ferromagnetik materialdan yasalgan bo‘lsa, (odatda o‘zak elektrotexnik po‘latdan yasaladi) g‘altakdagi tokdan hosil bo‘lgan magnit maydoni butun o‘zak bo‘ylab oqadi. Shuning uchun Amper qonunida integralni chulg‘am uzunligi bo‘yicha olinadi. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, magnit maydoni g‘altakning barcha o‘ramlarini kesib o‘tadi, shuning uchun

7-rasm. Eng sodda elektromagnit o‘zak va unga o‘ralgan chulg‘am.

Bu yerda N magnit maydon kuchlanganligi vektori N ning skalyar kattaligi. Demak, magnit maydon kuchlanganligi chulg‘amdagi tok kuchiga to‘g‘ri proporsional.

Bundan tashqari, kuchlanganlik o‘zakning materialiga ham bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Magnit maydon kuchlanganligi N va magnit maydon induksiyasi V o‘zak materialining magnit singdiruvchanligi  orqali o‘zaro quyidagicha bog‘langan



Demak, magnit maydon induksiyasi ikki xil parametrga bog‘liq:

N – magnit maydon kuchlanganligi-tok kuchi orqali aniqlanuvchi parametr;


31 Chapman S. J. Electric machinery fundamentals Mc. Graw Hill Education New York. NY10020. 2005 , 8-16p.





  • - magnit singdiruvchanlik- o‘zakning materialiga bog‘liq bo‘lgan parametr.

Vakuumning magnit singdiruvchanligini 0 deb belgilaymiz va uni absolyut magnit singdiruvchanlik deb yuritiladi,



Har qanday moddaning magnit singdiruvchanligi vakuumga nisbatan olinadi va nisbiy singdiruvchanlik deb yuritiladi.

(1. 23)


Nisbiy magnit singdiruvchanlikdan foydalanish amalda juda qulay. Yuqorida aytilganidek ferromagnetiklarda bu singdiruvchanlik juda katta. Masalan po‘latning turlariga qarab uning nisbiy magnit singdiruvchanligi 2000 dan 6000 gacha o‘zgaradi. Bu shuni bildiradiki, po‘lat o‘zakda vakumdagiga nisbatan 2000 dan 6000 martagacha katta magnit maydon induksiyasi hosil qilish mumkin. Magnit singdiruvchanligi bundan ham katta materiallar bor, masalan permalloyning maxsus turi, permalloy-68 (68% nikel va 32 % temirdan iborat maxsus qotishma) uchun magnit singdiruvchanlik 250000 gacha yetadi. Shuning uchun elektr mashinalarida chulg‘amlar po‘lat yoki permalloy qotishmalaridan tayyorlanadi. Havoning magnit singdiruvchanligi vakuum bilan bir xil 3.1-jadval. Shundan kelib chiqadiki, transformator va dvigatellarda magnit maydonni kuchaytirishda o‘zakning ahamiyati juda katta.











3.1 jadval
















t/r

Modda

Magnit




Moddaning magnitik xususiyati






singdiruvchanligi


































Vakuum (havo uchun ham)

1




Paramagnit



















Kobalt

175




Ferromagnit



















Nikel

1100




Ferromagnit



















Po‘lat

600-800




Ferromagnit



















Permalloy

250000




Ferromagnit
















8- rasm. Katta quvvatli elektr mashinasining stator va rotor o‘zaklari

O‘zakning magnit singdiruvchaligi havoga nisbatan katta bo‘lgani uchun magnit maydon asosan o‘zak bo‘ylab ko‘chadi. O‘zakdan tashqaridagi maydon esa kichik bo‘ladi. Lekin bu sochilgan maydon elektr mashinalarida g‘altaklarning induktiv bog‘lanishi va o‘zinduksiya hodisalarida muhim ahamiyatga ega. O‘zakda hosil bo‘lgan magnit maydon induksiyasini quyidagicha aniqlash mumkin

To‘la oqim esa

Bu yerda dA o‘zakning birlik yuzasi. Magnit maydon induksiyasi doimiy bo‘lib, u o‘zak kesimi yuzasiga tik yo‘nalgan paytda




yig‘indi magnit oqimi esa

bu yerda A o‘zakning ko‘ndalang kesim yuzasi.





  1. Download 1.38 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling