13-Ma’ruza
Mavzu: Biologik faol mooddalarning asosiy sinflarini sintez qilish asoslari va ularning
fizik kimyoviy xususiyatlari (2)
Oziqani kompleks boyituvchilar
Kulturalarni o‘stirish amaliyotida hatto prototrof mikroorganizmlar ham oziqa muhitida
vitaminlar,
aminokislotalar, sitokininlar va boshqa biologik
faol moddalar ishtirok
etganda yaxshi o‘sishi qayd etilgan. Antibiotiklar erasi boshlangandan so‘ng
shu bilan
bog‘liq holda oziqa muhiti tarkibini arzonlashtirish va
iqtisodiy sarf xarajatlarni
mo‘tadillashtirish haqidagi savollarga javob topish muammosi paydo bo‘ldi.
Bunga
javob tariqasida oziqa muhitiga qo‘shimcha sifatida makkajo‘xori
ekstraktidan
muvaffaqiyatli foydalanish mumkinligi isbotlandi. Uning tarkibida yengil assimilyatsiya
bo‘ladigan vitaminlar, aminokislotalar va mineral elementlar mavjuddir. Makkajo‘xori
ekstraktining kimyoviy tarkibi 10-jadvalda aks ettirilgan.
Mikrobiologik sintezda makkajo‘xori ekstraktidan
tashqari achitqilar avtolizati,
ekstrakti va gidrolizati, kartoshka tuganagi hujayrasidan olinadigan sharbat, sut zardobi,
bug‘doy kepagi ekstrakti kabi mahsulotlar ham keng qo‘llaniladi. Ba’zan baliq va go‘sht
peptonlari 52 qo‘shiladi. Hayvon hujayralarini o‘stirishda
hayvonlar qoni plazmasi va
yo‘ldosh ekstraktlari qo‘llaniladi. O‘simliklar hujayrasini
yoki yuksak mitsellial
zamburug‘larni o‘stirishda oshqovoq ekstrakti, g‘o‘za bargidan ham foydalaniladi.