13-ma’ruza. Mavzu. Bir yarim davrli, bir yarim davrli va uch fazali elektron to‘G‘rilagichlar reja


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana06.05.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1436414
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-mavzu qisqasi

8.7.2. Operatsion kuchaytirgichlar 
Elektronika elementlarining taraqqiѐti birinchi galda ularning massa va o‘lchamlarini kamayishida namoѐn bo‘lmoqda. 
Albatta bu o‘z navbatida belgilangan hajmda mujassamlashgan elektron qurilmalar miqdorining ko‘payishiga, natijada butun 
qurilmaning imkoniyatlari kengayishiga olib kelmoqda. Uyali aloqa telefon qurilmalarida turli elektron qurilmalar 
funksiyalarining (telefon, radio, fotoapparat, kinokamera va boshqa) mujassamlashishi bunga yaqqol misoldir. Bunda operatsin 
kuchaytirgichlarning (OK) roli katta. Operatsion kuchaytirgich ishlatilishi jahatidan sodda, texnik imkoniyatlari yuqori 
kuchaytirgich hisoblanadi. Umumiy holda operatsion kuchaytirgichga yuqori kuchaytirish koeffitsientiga ega differensial 
kirishli elektron kuchaytirgich deb ta’rif berish mumkin. Differensial kirish shuni bildiradiki, kuchaytirgich ikkita signalning 
farqiga ham ishlashi mumkin. Bu kuchaytirgichlarning imkoniyatlarini kengaytiradi. 


Standart turdagi operatsion kuchaytirgichlar o‘zining soddaligi va bu mikrosxemalarning o‘ta arzonligi bilan amaliѐtda 
juda keng tarqalgan. OK ning shartli belgisi va umumiy ko‘rinishi 8.14-rasmda keltirilgan. 
a

8.14-rasm. Operatsion kuchaytirgichning shartli belgisi va ayrim turlari. 
Shartli belgida kuchaytirgichning kirishlari, chiqishi va manbaga ulanuvchi musbat va manfiy qutblar ko‘rsatiladi. OU 
kirishi invertlovchi va oddiy bo‘lishi mumkin. Bunda invertlash deganda signal fazasini 180º ga o‘zgartirish tushuniladi. 
a

8.15-rasm. Operatsioe kuchaytirgichning shartli belgilari. 
Ayrim belgilashlarda invertlovchi kirish manfiy, invertlamaydiga kirish musbat ishora bilan belgilansa (8.14- a rasm), aksariyat 
chet el standartlarida invertlovchi kirishni doira bilan ajratib ko‘rsatish qabul qilingan (8.15- a rasm). So‘nggi yillar da OK lar
ham raqamli texnika elementlarining shartli belgilariga o‘xshab belgilanmoqda 8.15- b rasm. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling