13-ma’ruza. Mavzu. Bir yarim davrli, bir yarim davrli va uch fazali elektron to‘G‘rilagichlar reja


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana06.05.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1436414
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-mavzu qisqasi

Uch fazali to‘g‘rilagichlar. Uch fazali tok sistemasida ham to‘g‘rilash sxemalari bir fazadagi singari bo‘lib, har bir
fazaga alohida diodlar ulanadi, 3- a rasm. Bunda uch fazali sistemadagi bir yarim davrli to‘g‘rilash hosil bo‘ladi. A, V, S 
fazalarga ulangan V1, V2 va V3 diodlarning har biri davrning 1/3 qismida navbatma navbat ochiladi. Agar har uchchala faza 
bitta iste’molchini ta’minlaѐtgan bo‘lsa, davrning har uch dan bir ulushlarida mos fazalardan p ulsatsiyalar yuzaga keladi. 
Natijada bir davr davomida uchta yarim davrli impulslar hosil bo‘ladi 3-b rasm. Kuchlanish diagrammalaridan ko‘rinib 
turibdiki a, v va s nuqtalarda tok o‘tkazuvchi diodlar almashadi. a nuqtadan v nuqtagacha oraliqda A fazadagi V1 diod ochiq 
bo‘ladi, ―vs‖ oraliqda V fazadagi V2 diod ochiladi, shu tariqa diodlar navbatma-navbat almashinib, pulsatsiyalar hosil qiladi. 
a

3-rasm. Uch fazali bir yarim davrli to‘g‘rilagi (a) va undagi to‘g‘rilangan kuchlanishning diagrammasi (b). 


Uch fazali sistemada ko‘priksimon to‘g‘rilagich sxemasi 3-a rasmda keltirilgan. To‘g‘rilangan kuchlanishning 
diagrammasi 3- b rasmda ko‘rsatilgan. Ko‘rinib turibdiki, bu holda pulsatsiya kamayib, kuchlanish diagrammasi 
o‘zgarmaskuchlanishga yaqinlashgan. 
Uch fazali o‘zgaruvchan 
kuchlanish 
To‘g‘rilangan pulsatsiyali 
a

4-rasm. Uch fazali ko‘priksimon to‘g‘rilagich (a) va undagi tg‘rilangan kuchlanishning diagrammasi. 
Lekin baribir to‘g‘rilangan kuchlanishda pulsatsiyalar mavjud. O‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilashning g‘ar qanday 
sxemasida pulsatsiyalar mavjud bo‘ladi. Endi bu pulsatsiyalarni to‘g‘rilash sxemalari orqli emas, to‘g‘rilagich chiqishiga 
ulangan qo‘shimche sxemalar ѐrdamida kamaytirish mumkin. Bunday sxemalarni tekislovchi filtrlar deb ataladi. 
Tekislovchi filtrlar. To‘g‘rilangan kuchlanishda pulsatsiyani tekislovchi filtrlar ѐrdamida kamaytirish mumkin. 
Amalda tekislovchi filtr elementlari sifatida sig‘im va induktivlikdan foydalaniladi. Eng sodda filtr to‘g‘rilagich chiqishiga 
iste’molchi bilanparlel ulangan sig‘imdir 8.6- rasm. 
5- rasm. Sig‘imli filtr va unda kuchlanishning o‘zgarishi. 
Kondensator o‘zgarmas tok uchun juda katta qarshilikka ega, o‘zgaruvchan tokda esa qarshiligi tokning chastotasiga
bog‘liq.. Kuchlanishning ortishi bilan kondensator zaryadlana boshlaydi, tashqi kuchlanish kondensator qoplamalari orasidagi 
kuchlanishdan kamayganda esa, kondensator razryadlanadi. Aynan shu xususiyati tufyli u tekislovchi filtr sifatida ishlatiladi. 
Kondensator R
n
iste’molchii bilan paralel ulangan bo‘lsin. Kuchlanishning ¼ davrida, (t
0
- t
1
oraliq) kondensator 
zaryadlanadi. Shundan keyin t
1
- t
2
oraliqda manba kuchlanishi 0 gacha kamayishi kerak, lekin bu p aytda kondensator R
n
iste’molchi orqali razryadlanadi va kuchlanishning 0 gacha kamayib ketishishiga yo‘l qo‘ymaydi. O‘zgaruvchan 
kuchlanishning navbvtdvgi musbat pulsatsiyasi kelgan paytdan boshlab kondensator yana zaryadlanadi. Bu zaryad razryad sikli 
xuddi o‘zgaruvchan kuchlanish davri singari takrorlanadi. 
6- rasm. Induktiv elementli filtr va kuchlanish pulsining o‘zgarishi. 


Agar bir yarim davrli to‘g‘rilagichning chiqishiga R
n
iste’molchi bilan paralel qilib induktiv element ulansa
iste’molchidagi kuchlanish pulsining ko‘rinishi o‘zgaradi. Ya’ni kuchlanishning amplitudasi kamayib p ulsning davomiylik 
davri ortadi. Bunda pulsning o‘sish fronti cho‘ziladi. Bu induktivlikdagi o‘zinduksiya e.yu.k. blan tushuntiriladi. G‘altakdagi 
o‘zinduksiya dastlab manba tokini kamaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, kuchlanish kamayishida esa aksincha ta’sir ko‘rsatadi. 
Amalda induktiv filtrning o‘zi ishlatilmaydi, uni sig‘im filtr bilan turli sxemalarda ulanishidan samarali filtrlar hosil 
qilish mumkin. Amalda ko‘proq G simon va P simon filtrlar keng ishlatiladi 7- rasm. 
7- rasm. P simon va G simon tekislovchi filtrlar. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling