13-ma’ruza. Mavzu. Bir yarim davrli, bir yarim davrli va uch fazali elektron to‘G‘rilagichlar reja
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
13-mavzu qisqasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekislovchi filtrlar.
Uch fazali to‘g‘rilagichlar. Uch fazali tok sistemasida ham to‘g‘rilash sxemalari bir fazadagi singari bo‘lib, har bir
fazaga alohida diodlar ulanadi, 3- a rasm. Bunda uch fazali sistemadagi bir yarim davrli to‘g‘rilash hosil bo‘ladi. A, V, S fazalarga ulangan V1, V2 va V3 diodlarning har biri davrning 1/3 qismida navbatma navbat ochiladi. Agar har uchchala faza bitta iste’molchini ta’minlaѐtgan bo‘lsa, davrning har uch dan bir ulushlarida mos fazalardan p ulsatsiyalar yuzaga keladi. Natijada bir davr davomida uchta yarim davrli impulslar hosil bo‘ladi 3-b rasm. Kuchlanish diagrammalaridan ko‘rinib turibdiki a, v va s nuqtalarda tok o‘tkazuvchi diodlar almashadi. a nuqtadan v nuqtagacha oraliqda A fazadagi V1 diod ochiq bo‘ladi, ―vs‖ oraliqda V fazadagi V2 diod ochiladi, shu tariqa diodlar navbatma-navbat almashinib, pulsatsiyalar hosil qiladi. a b 3-rasm. Uch fazali bir yarim davrli to‘g‘rilagi (a) va undagi to‘g‘rilangan kuchlanishning diagrammasi (b). Uch fazali sistemada ko‘priksimon to‘g‘rilagich sxemasi 3-a rasmda keltirilgan. To‘g‘rilangan kuchlanishning diagrammasi 3- b rasmda ko‘rsatilgan. Ko‘rinib turibdiki, bu holda pulsatsiya kamayib, kuchlanish diagrammasi o‘zgarmaskuchlanishga yaqinlashgan. Uch fazali o‘zgaruvchan kuchlanish To‘g‘rilangan pulsatsiyali a b 4-rasm. Uch fazali ko‘priksimon to‘g‘rilagich (a) va undagi tg‘rilangan kuchlanishning diagrammasi. Lekin baribir to‘g‘rilangan kuchlanishda pulsatsiyalar mavjud. O‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilashning g‘ar qanday sxemasida pulsatsiyalar mavjud bo‘ladi. Endi bu pulsatsiyalarni to‘g‘rilash sxemalari orqli emas, to‘g‘rilagich chiqishiga ulangan qo‘shimche sxemalar ѐrdamida kamaytirish mumkin. Bunday sxemalarni tekislovchi filtrlar deb ataladi. Tekislovchi filtrlar. To‘g‘rilangan kuchlanishda pulsatsiyani tekislovchi filtrlar ѐrdamida kamaytirish mumkin. Amalda tekislovchi filtr elementlari sifatida sig‘im va induktivlikdan foydalaniladi. Eng sodda filtr to‘g‘rilagich chiqishiga iste’molchi bilanparlel ulangan sig‘imdir 8.6- rasm. 5- rasm. Sig‘imli filtr va unda kuchlanishning o‘zgarishi. Kondensator o‘zgarmas tok uchun juda katta qarshilikka ega, o‘zgaruvchan tokda esa qarshiligi tokning chastotasiga bog‘liq.. Kuchlanishning ortishi bilan kondensator zaryadlana boshlaydi, tashqi kuchlanish kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanishdan kamayganda esa, kondensator razryadlanadi. Aynan shu xususiyati tufyli u tekislovchi filtr sifatida ishlatiladi. Kondensator R n iste’molchii bilan paralel ulangan bo‘lsin. Kuchlanishning ¼ davrida, (t 0 - t 1 oraliq) kondensator zaryadlanadi. Shundan keyin t 1 - t 2 oraliqda manba kuchlanishi 0 gacha kamayishi kerak, lekin bu p aytda kondensator R n iste’molchi orqali razryadlanadi va kuchlanishning 0 gacha kamayib ketishishiga yo‘l qo‘ymaydi. O‘zgaruvchan kuchlanishning navbvtdvgi musbat pulsatsiyasi kelgan paytdan boshlab kondensator yana zaryadlanadi. Bu zaryad razryad sikli xuddi o‘zgaruvchan kuchlanish davri singari takrorlanadi. 6- rasm. Induktiv elementli filtr va kuchlanish pulsining o‘zgarishi. Agar bir yarim davrli to‘g‘rilagichning chiqishiga R n iste’molchi bilan paralel qilib induktiv element ulansa, iste’molchidagi kuchlanish pulsining ko‘rinishi o‘zgaradi. Ya’ni kuchlanishning amplitudasi kamayib p ulsning davomiylik davri ortadi. Bunda pulsning o‘sish fronti cho‘ziladi. Bu induktivlikdagi o‘zinduksiya e.yu.k. blan tushuntiriladi. G‘altakdagi o‘zinduksiya dastlab manba tokini kamaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, kuchlanish kamayishida esa aksincha ta’sir ko‘rsatadi. Amalda induktiv filtrning o‘zi ishlatilmaydi, uni sig‘im filtr bilan turli sxemalarda ulanishidan samarali filtrlar hosil qilish mumkin. Amalda ko‘proq G simon va P simon filtrlar keng ishlatiladi 7- rasm. 7- rasm. P simon va G simon tekislovchi filtrlar. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling