13-ma’ruza. Mavzu. Bir yarim davrli, bir yarim davrli va uch fazali elektron to‘G‘rilagichlar reja
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
13-mavzu qisqasi
8.7.1. Elektron kuchaytigichlar
Elektron kuchaytirgichlarda uch elektrodli elektrovakuum lampa ѐki tranzistor kuchaytiruvchi element sifatida ishlatiladi. Avvalgi bo‘limlarda lampalar, xususan triodlar elektron qurilmalarda kuchaytiruvchi element sifatida keng ishlatilishi aytilgan edi. O‘tgan asrning 70-80- yillarigacha lampali elektron qurilmalar (masalan radio va televizorlar) keng iste’molda bo‘lib keldi. Bu qurilmalarda elektrovakuum lampalar kuchaytirgich sifatida ishlatilgan. Quyida lampalar asosida tuzilgan ikki kaskadli (ikkita lampali) elektron kuchaytirgichni ishlashini ko‘rib chiqamiz. Kuchaytirgich sxemasidagi boshqa elementlarning ishlashi va vazifalariga e’tibor bermagan holda, faqat lampadagi kuchayish jaraѐnini ko‘ramiz. Kuchaytirilishi kerak bo‘lgan signal lampaning to‘riga beriladi, 8.11-rasm. Bunda kirish signali kam quvvatli past chastotali signal (masalan radioning yuqori chastotali filtridan o‘tgan ovoz signallariga mos elektr tebranishlar) bo‘lib, u L1 lampaning to‘riga beriladi (rasmda lampa to‘ri 5-elektrod). Lampa anodidan chiqish signali olinadi, bu signal S3 sig‘im va K7 qarshilik orqali keyingi, ikkinchi L2 lampa to‘riga (lampaning 5-elektrodi) beriladi. Bu lampada ham kuchayish jaraѐni kechadi. Kuchaygan signal L2 lampa anodidan chiqib, transformator orqali ovoz qurilmasiga (dinamik) keladi va undan kuchaygan elektr signali akustik signal-ovoz ko‘rinishida tarqaladi. LAMPA 6S4S 8.11-rasm. Lampali ikki kaskadli kuchaytirgich. Izoh: 6S4S katta quvvatli triod past chastotali (ovoz diapazonidagi) signallarni kuchaytirishda ishlatiladi. Radio va televizorlarda past chastotali (ovoz) kuchaytirgich sifatida keng ishlatilgan. AQSh da u 6B4G nom ostida ishlab chiqarilgan. Keltirilgan sxemada L1 lampa sifatida 6S5S va L2 lampa sifatida 6S4S lampalar qo‘llanilgan. Lampaning katod nakallari 6,3 V o‘zgarmas kuchlanish manbaidan tok bilan ta’minlangan. Anod zanjirida esa 30 o‘zgarms kuchlanish manbai mavjud. Demak kuchaytirgich 30 V kuchlanishli o‘zgarmas tok manbai energiyasidan foydalanib kuchaytirilgan signal hosil qiladi. Radiotexnikada buni o‘zgarmas tok manbai energiyasin kam quvvatli signalga uzatish deb aytiladi. Endi xuddi shunday kuchaytirish jaraѐnini yarim o‘tkazgichli tranzistorlar asosida ko‘rib chiqamiz. Avval qayd etilganidek lampa va tranzistorlarda mos elektrodlarining vazifalari ham o‘xshash. Lampada kuchaytirilishi kerak bo‘lgan signal lampa to‘rga berilsa, tranzistorda to‘r bazaga mos keladi. Kuchatirish rejimida ishlashi uchun tranzistorlar umumiy emitter sxemasida ulanadi. Kuchaytirilishi kerak bo‘lgan signal S1 kondensator orqali tranzistorning bazasiga beriladi 8.12-rasm. manba chiqish kirish 8.12-rasm. Tranzistorlarda tuzilgan ikki kaskadli kuchaytirgich. S1 kondenatorning vazifasi bazaga signalning faqat o‘zgaruvchan tashkil etuvchisigina o‘tkazib, o‘zgarmas tashkil etuvchini ushlab qolishdan iborat (kondensatorning o‘zgarmas tokka nisbatan qarshiligi cheksiz kattaligini eslang). Radiotexnika tilida S1 kondensator siljish kuchlanishi filtri deb ataladi. Kuchaygan signal VT 1 tranzistorning kollektoridan olinadi va yana kuchaytirish uchun VT 2 trnazistor bazasiga tushadi. Shu tariqa ikkita kaskaddan kuchayib chiqqan signal S2 kondensator orqali chiqishga uzatiladi. 8.13-rasmda Okean radiopriemniginng elektron sxemasi keltirilgan. Agar sxemaning tuzilishiga e’tibor qaratsak undagi kuchaytiruvchi kaskadlarni ajratishimiz mumkin. Chapdagi tranzistor yuqori chastotalar sohasidagi signallarni kuchaytruvchi bir kaskadli kuchaytirgichning asosiy kuchaytiruvchi elementidir. O‘rtadagi va o‘ngdagi tranzistorlar juftliklari esa ikkita alohida, xar biri ikkita kchaytirish kaskadidan iborat kuchaytirgichlarni hosil qiladi. Agar shu kuchytirgichlar tranzistorlarda emas, elektrovakuum lampalar asosida tuzilgan bo‘lganida Okean-209 radiopriemnigining massa va o‘lchamlari ancha katta bo‘lgan bo‘lar edi. 8.13-rasm. Okean radiopriemnigi va uning elektron sxemasi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling