13-ma’ruza. Mavzu. Bir yarim davrli, bir yarim davrli va uch fazali elektron to‘G‘rilagichlar reja
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
13-mavzu qisqasi
13-MA’RUZA. MAVZU. BIR YARIM DAVRLI, BIR YARIM DAVRLI VA UCH FAZALI ELEKTRON TO‘G‘RILAGICHLAR REJA 1. Elektron to‘g‘rilagichlar. 2. Invertorlar va ularni muqobil energetikada ishlatilishi. 3. Kuchaytirgich va generatorlar. 1. Elektron to‘g‘rilagichlar O‘zgaruvchan elektr tokini o‘zgarmas tokka aylantirish to‘g‘rilash deb ataladi. Shunday maqsadlarda ishlatiluvchi qurilmalar to‘g‘rilagich deb aytiladi. Bunday to‘g‘rilagich qurilmalar xozirgi kunda radiotexnika , aloqa vositalari, EXM va boshqa ko‘plab elektron qurilmalarni tok bilan taminlovchi manbalarining asosiy qismini tashkil qiladi. Chunki aksariyat elektr va elektron qurilmalarning qismlari odatda o‘zgarmas elektr tokida ishlaydi, masalan radio, televizor, komp’yuter va boshqalar. Ularni kerakli miqdordagi kuchlanish bilan ta’minlash uchun tarmoqdan kelaѐtgan 50 Gs chastotali 220 V kuchlanishli o‘zgaruvchan tokning kuchlanishini pasaytirish va uni to‘g‘rilash kerak bo‘ladi. O‘zgaruvchan elektr tokini to‘g‘rilash, yani uni o‘zgarmas elektr tokiga aylantirish jaraѐni yarim o‘tkazgichli (ѐki elektrovakuum) diodlarning ventil (tokni faqat bir tomonga o‘tkazish) hususiyatiga asoslanadi. To‘g‘rilash qurilmalari umumiy xolda transformator, to‘g‘rilash sxemasi, filtr va stablizatordan iborat bo‘ladi. 8.1-rasm. Elektron to‘g‘rilagichning umumiy blok sxemasi. 1-transformator, 2-to‘g‘rilash elementi, 3-pulsatsiyani tekislovchi filtr, 4-kuchlanish stablizatori, 5 –iste’molchi. To‘g‘rilash sxemalari bir yarim davrli ѐki ikki yarim davrli bo‘lishi mumkin. Bir yarim davrli to‘g‘rilash sxemalari tokning son qiymati o‘zgarishi unchalik ahamiyatsiz bo‘lgan qurilmalarda (masalan akkumulatorlarni zaryadlashda) ishlatiladi. Boshqa ko‘plab xollarda ikki yarim davrli to‘g‘rilagichlar ishlatiladi. Katta aniqlik bilan ishlovchi elektron qurilmalarni tok bilan taminlashda (mikrosxemalar va raqamli texnika elementlari) tokning stabilligi juda yuqori bo‘lishi talab qilinadi. Bunday stabillashgan toklar to‘g‘rilash qurilmalarining chiqishiga tekislovchi filtrlar va stablizatorlar ulash bilan xosil qilinadi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling