13-ma’ruza. Mavzu. Bir yarim davrli, bir yarim davrli va uch fazali elektron to‘G‘rilagichlar reja
Bir yarim davrli to‘g‘rilagichlar
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
13-mavzu qisqasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki yarim davrli to‘g‘rilagichlar .
Bir yarim davrli to‘g‘rilagichlar. Eng sodda to‘g‘rilagich bir yarim davrli to‘g‘rilagich bo‘lib, unda bitta to‘g‘rilash
elementi-diod ishlatiladi 1- rasm. U D U m Pulsatsiyali Fzgarmas U kuchlanish kuchlanish t U T T/2 T 3T/2 ~U 0 V 1 V 2 R U m T/2 T a b v 1-rasm. Sinusoidal kuchlanish (a) , bir yarim davrli to‘g‘rilagich (b) va to‘rilangan kuchlanish (v) Diodning ventil xususiyati tufayli undan sinusoidal kuchlanishning faqat musbat qismi (agar diod teskarisiga ulansa, faqat manfiy qismi) o‘tadi, manfiy qism esa o‘tmaydi, chunki tokning teskari yo‘nalishda o‘tgan qismi uchun diod ѐpiq bo‘ladi. Agar sinusoidal kuchlanishning tebranish chastotasi f = 50 Gs bo‘lsa, yarim tebranish davri T/2 = 10 ms bo‘ladi, 1- a rasm. Dioddan faqat yarim musbat davrdagi tok o‘tadi 1 – v rasm. Demak 1- b rasmdagi sxemaning kirishiga sinusoidal kuchlanish berilsa, uning chiqishida xar bir davr ichida uzunligi 10 ms bo‘lgan impulslar hosil bo‘ladi. Bu bir yarim davrli to‘g‘rilagich chiqishidagi pulsatsiyali kuchlanish deb ataladi. Amalda bunday pulsatsiyali kuchlanishga ega tok manbalari yaroqsiz hisoblanadi, undan faqat akkumulatorlarni zaryadlashda foydalanish mumkin, shunda ham uning foydali ish koeffitsienti juda kam bo‘ladi. To‘g‘rilagich kirishidagi kuchlanishni U 1 , chiqishdagi kuchlanishni U 2 desak U 2 = 0,45 U 1 (1) Ikki yarim davrli to‘g‘rilagichlar. Ikki yarim davrli to‘g‘rilagichlarda diodlarni ko‘priksimon ssxemada ulanadi. Buning uchun rombni chizib, rombning to‘rt tomoniga to‘rtta diodni xammasini bir tmonga qarab o‘rnatamiz, 2- rasm A D1 D2 U I 1 C D V2 R +U ~U V1 D4 D3 t I 1 I 2 A1 B T/2 T 3T/2 I 2 2-rasm. Ikki yarim davrli to‘g‘rilagich va to‘g‘rilangan kuchlanish . Ikki yarim davrli to‘g‘rilagichdagi tokning yo‘lini ko‘rib chiqamiz. O‘zgaruvchan sinusoidal kuchlanishning musbat yo‘nalishi deb 1-nutadan boshlangan tokni olaylik, bu tok «1-D1-A tugun-R-V tugun-D4-D tugun-2» kontur orqali ѐp iladi, bunda R iste’molchidan o‘tgan tok I 1 yo‘nalishda bo‘ladi. Sinusoidal kuchlanishning manfiy davri 2 nuqtadan boshlanib «2-D tugun-D2-A tugun- R-V tugun-D3-S tugun-1» kontur orqali ѐpiladi, bunda R iste’molchidan o‘tgan tok I 2 yo‘nalishda bo‘ladi. Agar e’tibor bersak har ikki xolda ham R iste’molchidan o‘tgan tokning yo‘nalishlari bir xil, shuning uchun ham to‘g‘rilangan kuchlanish faqat musbat (ѐki manfiy) yarim davrlardan iborat bo‘ladi. Yuqoridagidek kuchlanishni vaqt bo‘yicha integrallaymiz, faqat bu yerda integral butun davr bo‘yicha olinadi va kuchlanish ( 1) ifodaga nisbatan ikki marta katta bo‘ladi U 2 = 0,90 U 1 ( 2) Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling