13-ma’ruza. Mavzu. Bir yarim davrli, bir yarim davrli va uch fazali elektron to‘G‘rilagichlar reja


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana06.05.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1436414
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-mavzu qisqasi

2. Invertorlar 
Invertor to‘g‘rilagichga teskari qurilma bo‘lib, o‘zgarmas elektr tokini o‘zgaruvchan elektr tokiga aylantiradi. Bunda 
o‘zgaruvchan elektr toki sinusoidal, ѐki boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Amalda asosan 50 Gs schastotali sinusoidal 
o‘zgaruvchan tok hosil qiluvchi invertorlar keng ishlatiladi. 
Invertorlar aloxida qurilma sifatida ѐki muqobil energiya manbalarining tarkibiy qismi sifatida ishlatilishi mumkin. 
Masalan, quѐsh panellaridan foydalanganimizda, paneldan chiqqan 12 V kuchlanishli o‘zgarmas elektr toki invertorda 220 V 
kuchlanishli sinusoidal o‘zgaruvchan tokka aylantirib beradi. Yoki, 12 V kuchlanishli oddiy akkumulator orqali 220 V 
kuchlanishda ishlovchi ѐritish lampasini ѐqish kerak bo‘lsin. Albatta u 12 V kuchlanishda ѐnmaydi, bu kuchlanishni 220 V 
o‘zgaruvchan tokkka aylantirib keyin lampaga ulanadi 8-rasm. 
Inverorlar dastlab elektr qurilmalarini zahira tok manbalari bilan (akkumulatorlar orqali) ta’minlash maqsadlarida 
ishlatilgan bo‘lsa, muqobil energiya manbalarining taraqqiѐti ularni keng iste’molga olib kirdi. Ayniqsa quѐsh energiyasidan
foydalanishda invertorning o‘rni va axamiyati juda muxim. 
8.9-rasm. Invertorning qo‘llanilishi. 
Bugungi kunda yuzlab Amper tok kuchida ishlovchi yarim o‘tkazgichli elektron qurilmalar katta quvvatli invertorlarni 
yaratish imkoniyatlarini bermoqda va ular quѐsh elektr stansiyalarida ishlatilmoqda. 
Invertorning tuzilishi va ishlash prinsipi bugungi un raqamli texnikasi nuqtai-nazaridan juda sodda. Buning uchun 
dastlab o‘zgarmas tokdan ma’lum chastotada to‘g‘ri burchakli kuchlanish impulslari kesib 


a
b

8.10-rasm. Invertorda sinusoidal kuchlanishning hosil bo‘lishi

olinadi. Keyin bu impulslar ma’lum qonuniyat bilan tegishli invertorlash sxemasidan o‘tkaziladi va musbat hamda 
manfiy impulslar hosil bo‘ladi (8.10- a rasm). Maxsus differensial qurilmalar orqali bu to‘g‘ri burchakli impulslar pog‘onasmin 
ko‘rinishda o‘sib boruvchi impulslar ketma-ketligiga aylantiriladi 8.10- b rasm. Diqqerensiallash qadamining aniqligi 
impulslarni sinusoidal formaga yaqinligini belgilaydi. Amalda invertorlar aynan hosil bo‘lgan kuchlanishining sinusoidaga
qanchalik yaqinligi bilan baholanadi. 
Invertorlarning quyidagi turlari sanoatda keng ishlab chiqariladi: 
Invertor 12V 1000Vt TS-1000-212; 
Invertor 12V 1500Vt TN-1500-212V; 
Invertor 12V 3000Vt TN-3000-212B; 
Invertor 24V 3000Vt TN-3000-224B; 
Invertor 48V 3000Vt TN-3000-248B, 
Bunda 12V, 24V, 48V ivertor kirishidagi o‘zgarmas kuchlanish, keyingi raqamlar invertorning quvvatini va ishlab 
chiqarilish shartli belgilarini bildiradi. 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling