13-ma’ruza. Mavzu. Bir yarim davrli, bir yarim davrli va uch fazali elektron to‘G‘rilagichlar reja
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
13-mavzu qisqasi
8.7.
Kuchaytirgichlar Aksariyat hollarda elektr signallarini kuchaytirish zaruriyati tug‘iladi. Masalan, antennada qabul qilingan yuqori chastotali kuchsiz toklar kuchaytrgichlar ѐrdamida kuchytirilib undan ovoz va tasvirlar ajratib olinadi, ѐki, mikrofondagi tovush to‘lqinlaridan hosil bo‘lgan elektr signali kuchaytirilib, katta quvvatli ovoz signallariga aylantiriladi, telefon qurilmalarida kuchsiz signallar kuchaytirilib ovoz hosil qilinadi va hokazo. Xullas signalni kuchaytirish jaraѐni radiotexnikaning asosiy masalalaridan biridir. Bunda kam quvvatli signal tok manbaining energiyasi hisobiga kuchatiriladi. Bu kuchaytirish jaraѐnini bajaruvchi qurilma kuchaytirgich deb ataladi. Elektronika taraqqiѐti aslida ko‘p jihatdan signalllarni kuchaytirish qurilmalari taraqqiѐtidan iborat desak xato bo‘lmaydi. Chunki signallarni kuchaytirishga bo‘lgan ehtiѐj (dastlab telegraf signallari, keyinchalik simli telefon aloqalar, radioaloqalar, televidenie, radiolkatsiya va boshqalar) avval lampalarni yaratilishiga sabab bo‘ldi, keyin yarim o‘tkazgmchli tranzistorlar, so‘ngra mikrosxemalar asosidagi operatsion kuchaytirgichlar yaratildi. Elektron qurilmalarning massa va o‘lchamlariga, quvvat iste’moliga, tezkorligiga, sezgirligiga, ishlash sharoitlarining daxlsizligiga bo‘lgan talablar o‘z navbatida kuchaytirgichlarga ham tegishlidir. Shuning uchun, kuchaytirgich qurilmalari ham elektronika sanoatining tarkibiy qismi sifatida tezkor suratlar bilan rivojlanib bomoqda. Elektronika sanoati texnologiyalari taraqqiѐtidan tashqari, yana shu narsa ham muhimki, zamonaviy, yuqori texnologiyali mikrosxemalar va integral sxemalar ishlab chiqarishda elektron qurilmalarning universalligini ta’minlash maxsulotni bozordagi o‘rnini mustahkamlaydi (sotilish hajmini ko‘paytiradi). Shu jaxatdan ham kuchaytirgich sxemalar (va boshqa yana ko‘plab standart sxemalar) ko‘plab mikrosxema va integral sxemalar tarkibiga kiritiladi va bu shu mikrosxemaning qo‘llanilish sohasii kengaytiradi. Amalda operatsion kuchaytirgichlar keng ishlatiladi. Uning tarixiy avlodlari esa lamp alar asosidagi va tranzistorlar asosidagi elektron kuchaytirgichlardir. Radiotexnikada elektr signallarini kuchaytirishning fizikaviy jihatlari va sxematik asoslarini o‘rganishda lampali tranzistorli kuchaytirgichlarni o‘rganish muhim rol tutadi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling