13-Ma’ruza. Mavzu


Temperament xususiyatlari, temperament tiplari


Download 57.5 Kb.
bet4/7
Sana15.01.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1094337
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maruza №13 Temperament

Temperament xususiyatlari, temperament tiplari. I.P.Pavlov oliy nerv faoliyatining ana shu uchta xususiyati asosida nerv sistemasining to`rtta tipi bo`linishi mufassal tavsiflab bergan. Olim kuchli va kuchsiz tiplarning bir-biridan farq qilishini asoslab berishga alohida e’tibor bergan.
Oliy nerv faoliyatining tiplari: nerv protsesslari (qo`zg`alish va tormozlanish)ning muayyan individ oliy nerv faoliyatini sifatlaydigan muhim va barqaror xususiyatlar yig`indisi. Bu xususiyatlarga nerv protsesslarining kuchi, muvozanatligi, harakatchanligi kiradi. Shu 3 ta xususiyatning ma’lum tartibda bir - biri bilan qo`shilishidan. Oliy nerv faoliyatining quyidagi to`rt asosiy tipi hosil bo`ladi:
1. Kuchli, muvozanatli harakatchan (chaqqon) tip.
2. Kuchli, muvozanatli, inert (osoyishta) tip:
3. Kuchli, muvozanatsiz, shiddatli tip.
4. Kuchsiz tip oliy nerv faoliyatining bu tipologiyasi hayvonlarga ham insonlarga ham xosdir.
Temperament turlarining batafsil psixologik tavsifi quyidagilardan iborat:
Sangvinik - bu tipdagi temperamentga ega bo`lgan shaxs odamlar serharakat tez ta’sirlanuvchi bo`ladilar, biror faoliyatga va g`ayrat bilan kirishib, tez sovib ketishlari ham mumkin (lotincha - qon qismlarining zaruriy nisbati). Yuqori reaktivlik, besabab haxolab kulishi mumkin, arzimagan narsa qattiq jaxlni chiqarishi kuzatiladi. Uning yuzidan kayfiyatini bilishi mumkin. Diqqatni tez to`playdi. Yuqori faollik juda harakatchan, faol, uzoq vaqt ishlab charchamasligi mumkin, tartibli-intizomli. Odamlar bilan juda tez kirishadi, holatga tez ko`nikadi.
Xolerik - bu temperamentga ega bo`lgan kishi, tez g`ayratli ishga ehtiros bilan kirishadigan lekin muvozanatsiz, tez jahli chiqadigan odam (lotincha chole – o`t). Pastsenzitivlik, yuqori reaktivlik va faollik. Reaktivlik faollikdan yuqori. Shuning uchun kutilmaganda portilovchan, qiziqqon, betoqat. Tez qo`zg`aluvchan, u mimika jestlarida ifodalanadi. Qat’iy, tez insonlarga nisbatan intiluvchan.
Flegmatik - temperamentga ega bo`lgan odam osayishta, o`zini og`ir vazmin tutadi, barqaror kayfiyatli odam (yunoncha rhelagma - boglam). Past senzitivlik, kuchsiz emotsionallik, kuldirish, jahlini chiqarish, xafa qilish qiyin. Harakatlari ifodasiz, ishchan, faollik reaktivlikdan ustuvor. Bir ishdan ikkinchi ishga sekin o`tadi. Yangi ish vaziyatga sekin ko`nikadi.

Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling