13-Ma’ruza. Mavzu
Download 57.5 Kb.
|
Maruza №13 Temperament
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyatning indvidual uslubi va temperament.
Melanxolik - bu temperamentga shaxs kayfiyatli harakatlari sekin, chuqur hamda barqaror emotsional qo`zg`aluvchanlik va kam nerv psixik aktivlik bilan xarakterlanadi. Melonxolik temperamentlik kam harakat, kam gap, hissiyoti chuqur va barqaror bo`lsa ham hissiyoti sifatdan yaxshi ifodalanadigan kishilar bo`ladi. Biroq ular ishga kira boshlagan ishlarni oxirigacha etkazadilar ( yunon melaine chole). Rigid, introvert.
Har bir insonda bir necha temperamentida o`ziga xos takrorlanmas xususiyatlar mavjud. Bir insonda bir necha temperament xususiyatlarini ko`rish mumkin. Masalan, xolerikda flegmatik va melanxolik xususiyatlari, sangvinikda xolerik va flegmatik xususiyatlari namoyon bo`ladi. Lekin bir xarakter xususiyatlarining ustvorligi asosida odamni u yoki bu tipiga kiritish mumkin. Temperament xususiyatlari ham tashqi ta’sir, hayot jarayonida, tarbiya ta’sirida o`zgarishi mumkin. Har bir temperamentda ijobiy va salbiy xususiyatlar mavjud. Ijobiylarini rivojlantirish, salbiylarini esa boshqarish lozim. Rivojlantirishning birinchi yo`li temperament xususiyatiga xos faoliyatni tanlash. Ikkinchi yo`li qo`yiladigan talablarni individuallashtirishdir. Lekin eng asosiy yo`li bu faoliyatning individual uslubini shakllantirish bo`lib, bunda temperament xususiyatlarini bilish jarayonlari, muloqot va xatti-harakatda namoyon bo`lish hisobga olinadi. Shu ma’noda ko`p stanokchi to`quvchilarning ishini kuzatish natijalari diqqatga sazovordir (Klimov tadqiqoti). Tadqiqotdan shu narsa ma’lum bo`ldiki, bir necha stanokda ishlashda nerv sistemasi harakatchan tipdagi ham, harakatsiz tipdagi o`quvchilar yuksak ijobiy natijaga erishishi aniqlandi. Faoliyatning indvidual uslubi va temperament. Temperamentni harakatchanligiga ko`ra qarama-qarshi xususiyatli kishilar bir xil mehnat vaziyatida turlicha harakat taktikasiga murojaat qilishlari aniqlandi. Ish usullari, uslubi o`quvchilarning individual xususiyatlariga to`g`ri kelsagina, ishda natijaga erishiladi. Shunday qilib, temperament faoliyatning individual uslubini belgilaydi. Temperamentning o`ziga xos xususiyatlari o`quv mashg`ulotlari va mehnatda seziladi. Ta’lim tarbiya jarayonida individual, psixologik jihatdan asoslangan yondashuvni amalga oshirish uchun ularning temperament xususiyatlarini to`g`ri tasavvur qilish va bilish lozim. O`qo`vchining rivojlanish sharoitlarini bilgach, uning har xil holatdagi xulqi va faoliyati to`g`risidagi ma’lumotlarni solishtirib, tasodifiy xulq-atvorini, odatlarini, temperamentning asosiy belgilaridan ajratish mumkin. O`quvchini temperamentning m’lum bir tipiga kiritish uchun unda quyidagi fazilatlarning u yoki bu tarzda ifodalanganligiga ishonch hosil qilish lozim. Faollik Emotsionallik Motorikaning o`ziga xos xususiyatlari. Temperamentning har bir tipi ham ijobiy ham salbiy psixologik xususiyatlarda o`zini namoyon qilishi mumkin. Mехnat faоliyatidagi ayni bir vazifa va talablar хar turli usullar va yullar bilan bir хil samarali amalga оshirilishi mumkin. Faоliyatning indvidual uslubi dеganda biz mazkur оdam uchun хaraktеrli bo`lgan va samarali ishlashi uchun maksadga muvоfik bo`lgan хarakatlar va yullarning individual sistеmasini tushunamiz. Faоliyatning indvidual uslubi оdamda uz-uzidan, stiхiyali ravishda paydо bulmaydi. U ta’lim va tarbiya jarayonida tarkib tоpadi. Individual uslub tarkib tоpishining birinchi kurtaqlari bog`cha yoshidagi katta bоlalarda o`yin хaraktеridagi seminar masalalarni еchishdayok kurina bоshlaydi. Download 57.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling