13-Maruza: O‘simliklarni himoyalash usullari va mashinalari, ularning ishiga qo‘yiladigan att


Download 27.1 Kb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi27.1 Kb.
#1470729
1   2   3   4
Bog'liq
13-maruza.

Changlatishda kasallangan o‘simlik va zararkunandalarga kukunsimon kimyoviy moddalar bilan ishlov beriladi. Changlatish uchun tayyorlangan kukun tarkibida bevosita zaharli modda bilan birgalikda neytral bo‘lgan turli changsimon moddalar (talk, tuproq to‘zoni, bo‘r...) aralashgan bo‘ladi. Kukun zarrachalarining 15-25 mkm bo‘lishi samarali bo‘ladi. Kukunning yopishuvchanligini oshirish maqsadida unga 3…5% mineral moysimon moddalar qo‘shiladi. Bunday aralashmalarni dust ham deyishadi.
Changlatish sifatiga shamol ko‘p ta’sir etadi. Kukunning yopishuvchanligi past bo‘lganligi sababli, kukunsimon modda­larning sarfi suyuqlikka nisbatan bir necha marta kо’p bo‘ladi.
Aerozol bilan ishlov berishda zaharli modda o‘ta mayda zarracha (tuman, tutun) ga aylantiriladi. Shu sababli, bu usul о’ta samarali bo‘lib, o‘simlikka zaharni tekis yopishtirish imkonini beradi. Tutun va tuman inshootlardagi tirqishlarga, daraxt barglari orasiga oson kiradi. Zaharni purkashga nisbatan aerozol ко’rinishida qo‘llash uning sarfini bir necha o‘n baravar kamaytirish imkonini beradi, ammo dala sharoitida aerozoldan foydalanish o‘ta qiyin jarayondir.
Fumigatsiyalashdeganda cheklangan hajmdagi obyektni zaharli moddaning bug’i yoki zaharli gaz bilan ishlov berish tushuniladi.
Ekiladigan urug’ yoki ko‘chatlar zaharlansa, kasallik chaqiruvchi bakteriya va zamburug’lar qiriladi. Urug’ni zaharlashning quruq, va namlash usullari ishlatiladi. Quruq usulida zaharlanadigan urug’ kukunsimon kimyoviy modda bilan aralashtiriladi. Yarim quruq usulida esa 0,5 % formalin eritmasi sepiladi va bir necha soat ustini yopib qo‘yiladi keyin shamollatiladi. Namlab zaharlashda formalinning suvdagi kuchsiz eritmasiga urug’ bir necha soatga solinib, keyin quritiladi.
Quruq zaharlash ekishdan 2-6 oy ilgari, yarim quruq zaharlash bir necha kun oldin, namlab zaharlash esa urug’ bevosita ekilishidan oldin bajariladi.
Xemoterapiyao‘simlik uchun bezarar, lekin kasallikning oldini oladigan zararkunandani haydaydigan moddalar bilan to‘yintirishdir.

Download 27.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling