13-Maruza: O‘simliklarni himoyalash usullari va mashinalari, ularning ishiga qo‘yiladigan att


Download 27.1 Kb.
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi27.1 Kb.
#1470729
  1   2   3   4
Bog'liq
13-maruza.


13-Maruza: O‘simliklarni himoyalash usullari va mashinalari, ularning ishiga qo‘yiladigan att.
O‘simlik zararkunandalari va kasalliklari hamda begona o‘tlar ekinlarning hosildorligini kamaytirib, hosil sifatini pasaytirib dehqonchilikka katta zarar keltiradi. Shu sababli ekinlarni himoyalashda mahalliy sharoit uchun mos bo‘lgan usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.


Zararkunandalarga qarshi kimyoviy kurashishni ular keltiradigan iqtisodiy zarar joiz bo‘lgan me’yordan oshgandagina amalga oshirish ma’qul bo ‘ladi.


1 - §. O‘simliklarni himoyalash usullari

Amalda o‘simliklarni himoyalash uchun ishlatiladigan usullardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: agrotexnik,fizik,mexanik, biologik, kimyoviy.


Agrotexnik usul eng arzon va bezarar bo‘lib, u ekinlarni almashlab ekish, tuproqqa mahalliy sharoitga moslangan texnologiya bo‘yicha ishlov berish, qulay muddatlarda ekish, kasallikka va zararkunandalarga chidamli navlarni seleksiya qilish hamda boshqa tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bu usuldan foydalanganda, ekinlarning tez va sog’lom rivojlanishi uchun kerakli bo‘lgan, kasallik qo‘zg’atuvchi mikroorganizmlar, zararkunanda va begona o‘tlar uchun esa eng noqulay sharoitlar yaratiladi.
Fizik usulda zararkunanda va kasalliklarga qirg’in keltiradigan ultratovush, yuqori chastotali toklar, yuqori va past harorat, radioaktiv moddalar, ionlashtiradigan nurlar, mikrouzunlikdagi radioto‘lqinlar va boshqalardan foydalaniladi.
Mexanik usulda zararkunandalarga qarshi turli to‘siqlar, tuzoq va qopqon, yopishqoq yelimlardan foydalanish ko‘zda tutiladi.
Biologik usulda zararkunanda, begona o‘tlar, kasallik qo‘zg’atuvchi mikrob va bakteriyalarga qarshi kurashda ularning tabiiy dushmanlari (kushandalari, mikroorganizm, antibiotik) dan foydalaniladi. Bu usul samarali bo‘lishi va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi bilan boshqa usullardan farq qiladi. Undan, ayniqsa, aholi yashaydigan joylarning yaqiniga ekilgan ekinlarga, asosan, g’o‘zaga tushgan zararkunandalarga qarshi kurashishda ekologiyaga zarar yetkazmasdan samarali foydalanilmoqda. Shu maqsadda, turli entomofaglardan (trixogramma, baqaloq kana, brakon, yetti dog’li xonqizi qo‘ng’izi, oltinko‘z...) keng foydalanil­moqda. Mikrobiologik preparatlar (dendrobatsillin, bitoksibatsillin, lepidotsid), jinsiy feromonli tuzoqlar kabi vositalar ham yaxshi natija bermoqda.
Kimyoviy usulda begona o‘tlar, zararkunanda va o‘simlikda kasallik qo‘zg’atuvchi mikroorganizm va zamburug’larga qarshi kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Bu usul eng samarali bo‘lib, ammo atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatish ehtimoli bor. Kimyoviy usul universal bo‘lib, o‘simlik va daraxtlarga keng ko‘lamda ishlov berish imkoniyatiga ko‘ra dunyo bo‘yicha keng tarqalgan.
Ekinzorlarni himoya qilishda kimyoviy usul bilan bir vaqtda boshqa bezarar va samarali usullarni muvofiqlashtirib foydalanilsa ma’qul bo‘ladi.

Download 27.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling