13-Maruza: O‘simliklarni himoyalash usullari va mashinalari, ularning ishiga qo‘yiladigan att


Eritmani parchalanish darajasining samaradorlikka ta’siri


Download 27.1 Kb.
bet4/4
Sana09.06.2023
Hajmi27.1 Kb.
#1470729
1   2   3   4
Bog'liq
13-maruza.

Eritmani parchalanish darajasining samaradorlikka ta’siri. Kimyoviy modda eritmasini purkaydigan mashinalar va aerozol generatorlari eritmani har xil dispersiya (o‘lchamlarning o‘zgarish chegarasi) dagi zarrachalarga parchalab beradi. Yirik tomchilarga parchalab ко’p miqdorda purkalsa zarrachalar diametri 250 mkm dan kattaroq, oz miqdorlab purkashda 20-250 mkm, ultra oz miqdorlab purkashda esa 20-100 mkm bo‘ladi. Aerozol generator kam dispersiyali (poli) tuman hosil qilganida zarrachalar 25-100 mkm, о’rta dispersiyali tumanda – 5-25 mkm, yuqori (mono) dispersiyali tumanda 0.5-5 mkm bo‘lishi mumkin.
Kimyoviy moddaning ta’siri uni purkashdagi zarrachalarning mayda-yirikligiga bog’liq, tomchi qanchalik maydalangan bo‘lsa zaharning ta’siri shunchalik kuchli bo‘ladi. Yirik tomchi zararkunandani kamroq zaharlaydi, o‘simlikka tushgan joyini esa kuydirib, zarar keltirishi mumkin. Modda bir xil sarflangani bilan, mayda zarrachalarga parchalangan eritma o‘simlikni bir tekis qamrab oladi va ko‘proq samara beradi. O‘ta mayda tomchilar barglarga kuchliroq yopishadi va ular shamol, yomg’ir ta’sirida ham tushib ketmaydi. Ammo ochiq dalada o‘ta mayda zarrachalar shamol ta’sirida ishlov berilayotgan obyektdan chetga uchib ketishi mumkin. Paxtachilikda suyuqlik 80-120 mkm zarrachalariga parchalangani ma’qul topilgan.
Kimyoviy moddani parchalaydigan maxsus uchlik o‘simlikdan
ma’lum masofada joylashtirilgan bo‘ladi. Parchalangan zarrachalar o‘simlik barglariga havo oqimi yordamida yetkaziladi. Zarrachalarning hammasini o‘simlikka to‘liq yetkazish uchun, sharoitga qarab havo oqimini laminar yoki turbulent rejimda harakatlantirish talab qilinadi. Laminar oqimda zarrachalar qatlami bir biriga aralashmasdan, to‘g’ri chiziq bo‘ylab harakatlanadi.Natijada mayda zarrachalarning barglar ostiga kirib borishisodir bo‘lmaydi va o‘simlik chala namlanadi. Turbulent (sho‘x)oqimda esa mayda zarrachalar qatlamlari bir-birlariga aralashib,yo‘nalishini ko‘p marta o‘zgartirib harakatlanadi. Natijada tomchilar barglarning tagiga hamda shoxlarning panasida turgan joylariga ham yetib borishi mumkin. Yirik tomchilarning inersiya kuchi katta bo‘lganligi sababli, turbulent oqimiga kirib ketaolmasdan yo‘nalishini o‘zgartirmay, o‘simlikning yuzatomonidagi barglariga qo‘nadi. Ularning ko‘pchiligi bargdan dumalab yerga tushib ketadi. Demak, eritmani parchalaydiganuchliklar tomchilarning turbulent rejimida harakatlanishinita’minlab berishlari kerak. Ekinlarni himoyalashda
rejalashtirilgan natijaga oddiy purkash usuli bilan ishlov berishda har gektar maydonga 400 - 600 kg ishchi suyuqlik sarflab oz miqdorlab
ishlov berishda 25 - 10 kg, ultra oz miqdorlab esa 0.5 - 5 kg/ga sarflab erishish mumkin.
Download 27.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling