13-Maruza: O‘simliklarni himoyalash usullari va mashinalari, ularning ishiga qo‘yiladigan att
Download 27.1 Kb.
|
13-maruza.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 - §. Kimyoviy moddalardan foydalanish usullari Kimyoviy moddalar to‘g’risida ma’lumotlar.
- Kimyoviy moddalar bilan ishlaganda, xavfsizlikning maxsusqoidalariga rioya qilish lozim.
Agrotexnik talablar. Zararkunanda va kasalliklarga uchragan ekinlarga zahar kimyoviy moddalar bilan o‘z vaqtida ishlov berilsa, uning samarasi kutilganday bo‘ladi. Eritma, suspenziya va emulsiyalardagi kimyoviy moddaning miqdori tayinlanganga nisbatan ±5% farq qilishi joizdir.
Urug’larga zaharli moddalar bilan ishlov berishda ular shikastlanmasligi, bir xil konsentratsiyada zaharlanishi kerak. Ekinlarni purkash va changlatishda dori moddasi tayinlangan me’yorda va bir tekis tarqatilishi talab qilinadi. Mashinaning ishlov berish kengligi bo‘yicha dori tarqalishining notekisligi ±30%, paykal uzunligi bo‘yicha notekisligi ±25% bo‘lishi joizdir. Dorilash dozasi (changlatish va purkashda) berilgan miqdordan ±15% farq qilishi mumkin. Purkash vaqtida shamolning tezligi 5 m/s dan, changlatishda 3 m/s dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Havo harorati 23°C dan oshmasligi lozim. Yog’ingarchilikdan oldin va yomg’ir vaqtida kimyoviy moddalar bilan ishlov berish tavsiya etilmaydi. Ishlov berilganidan so‘ng 24 soat ichida yomg’ir yog’sa, uni takrorlash kerak. O‘simliklarning gullash davrida kimyoviy dorilar bilan ishlov berilmaydi. 2 - §. Kimyoviy moddalardan foydalanish usullari Kimyoviy moddalar to‘g’risida ma’lumotlar. Kasallik va zararkunandalarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalarning hammasi pestitsidlar deyiladi. Begona o‘tlarga qarshi – gerbitsidlar, zamburug’li kasalliklarga qarshi - fungitsidlar, bakteriyalar keltiradigan kasalliklarga - bakteritsidlar, bakteriyalarni o‘simlikning ildizida to‘liq quritadiganlari - desikant,o‘simlik bargini to‘kadiganlari -defoliantlar deyiladi. Kimyoviy moddalarning asosiy qismi odam organizmi uchun zaharlidir. Ular organizmga teri, nafas olish yo‘llari va og'iz orqali kirib zaharlashi, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin. Ayrim moddalar yong’indan ham xavflidir. Kimyoviy moddalar bilan ishlaganda, xavfsizlikning maxsusqoidalariga rioya qilish lozim. Kasallik yoki zararkunardalar tarqalgan joyni, ularning holatini о’simliklarning rivojlanish darajasiga qarab bilib olish hamda kimyoviy himoyalashning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin: eritmani purkash, changlatish, aerozollar bilan purkash, fumigatsiyalash, urug'ni zaharlash, zaharlangan yemish tarqatish, xemoterapiya (o‘simlikni zaharli moddalar bilan sug'orish) va boshqalar. Kimyoviy modda eritmasini purkashda o‘ta mayda zarrachalarga parchalab katta kinetik energiya berish hisobiga, uni kasallik yuqqan о’simlik barglariga, shoxlari yoki zararkunandalarning bevosita tanasiga yuqtiriladi. Zararkunandalar yoki kasallikni yo‘qotish uchun ко’pincha, har gektar maydonga bir necha gramm, hatto milligramm zaharli kimyoviy moddani bir tekis taqsimlash yetarli bo‘ladi, ammo uni amalga oshirishning deyarli iloji yo‘q. О’ta oz miqdordagi kimyoviy moddani mashina bilan purkab bir tekis tarqatish uchun, avval, uning suvdagi, ayrim vaqtda moysimon suyuqlikning turli konsentratsiyadagi eritmasi, suspenziyasi yoki emulsiyasi, ya’ni ishchi suyuqlik tayyorlanadi. Emulsiya va suspenziyalarni bir xil konsentratsiyada saqlash uchun turli emulgator yoki stabilizator aralashtiriladi, bunga qo‘shimcha ravishda, mashina baklarida ularni uzluksiz aralashtirib, cho‘kindi hosil bo‘lishining oldini olib turadigan moslamalar o‘rnatiladi. Purkalgan suyuqlikning samarasi yuqori bo‘lishi uchun u o‘simlik yoki zararkunanda tanasidan oqib tushib ketmasdan uni to‘liqroq qoplab yopishib qolish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. Zaharli moddalarning xususiyatlari har xil bo‘lishi sababli kutilayotgan natijaga erishish uchun suyuqlikning har gektarga bo‘lgan sarfi turlicha bo‘ladi. Shu sarfning miqdoriga qarab, kimyoviy moddalar oz va ultra (o‘ta) oz miqdorda purkaladi. Oz miqdorda purkash uchun bir gektar yerga sarflanadigan kimyoviy modda miqdori saqlanib, uni eritadigan suv miqdori keskin kamaytiriladi. Bunday konsentratsiyasi kuchli eritma mayda tomchilarga ajratilishi sababli, ishlov berilayotgan obyektga bir tekis, hatto yupqa plyonka sifatida yopishadi. Chunki, oddiy purkashda tarkibida suvi ко’p bo‘lgan yirik tomchilarning yopishqoqligi kam bo‘lib barglardan dumalab tushib ketadi, yerga tushib tuproqni zaharlaydi, samarasi oz bo‘ladi. O‘ta oz miqdorda purkash uchun kimyoviy moddani suvda emas balki kam miqdordagi moysimon, yopishqoq moddada eritiladi. Suvda tayyorlangan ishchi suyuqlikka nisbatan yopishqoq moydagi eritma o‘ta maydalab (to‘zonlatib) purkalsa, kimyoviy modda o‘simlik shoxlari, barglariga ko‘proq singib, samarasi yuqori bo‘ladi. Bu usulda ishchi suyuqlikning sarfi 10 - 100 baravar kamayadi, tomchilar tuproqqa tushmaydi, afsuski, to‘zonlatib purkaydigan mashinalar oz va qimmatdir. Download 27.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling