Xo'jaligi ekinlarini changlatish uchun boqiladi


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana20.10.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1713015
  1   2
Bog'liq
Yuldasheva Fotima



ASALARI 
Asalni xush ko'rmaydigan odam bo'lmasa kerak. Bu ajoyib mahsulot asalari uyasidagi 
mum kataklaridan olinishini hamma yaxshi biladi. Uyaga esa asalni asalari olib 
keladi. Asalarini bolari deb ham atashadi. Asalari qadimdan qimmatbaho mahsulotlar 
bo‘lgan asal, mum, ona asalari suti, asalari zahari va boshqalarni olish, qishloq 
xo'jaligi ekinlarini changlatish uchun boqiladi.
Asalarilar oila bo'lib yashaydi. Bir oilada bir ona asalari bir necha ming ishchi asalari 
va bir necha yuz erkak asalari bo'ladi.
Bitta mitti asalari qancha ham asal olib kelishi mumkin? Axir bitta asalari uyasidan 
o’nlab kilogramm asal olinadi-ku! Mevali daraxt va turli-tuman o'simlik gullaridan 
shira — nektar (nektar — oʻsimlikning shira bezlaridan chiqadigan shirin suyuqlik. 
Shira bezlari koʻpincha gulning ichida, kamdan-kam barg bandida, barg chetlarida, 
yonbarglarda va gulyonbarglarda joylashadi) va gul changini yig'ib, keyin u bir 
kilogramm asalga aylanishi uchun asalari 300 ming kilometr masofaga uchib, 19 
million gulga qo'nishi lozim bo'ladi. Bir necha kilogramm asal olish uchun esa asalari 
millionlab kilometr masofani uchib o'tishi kerak.
Albatta, bitta ishchi asalari butun hayoti davomida bu ishlarni bir o'zi bajara olmaydi. 
U faqat 30—35 kun yashaydi. Xalqimizda asalarining mehnatsevarligi maqolga 
aylanganligi bejiz emas. U soatiga 60 kilometr tezlikda uchib, kuniga taxminan 7 
ming gulga qo'nadi. Uning barcha a’zolari mevali daraxt va o'simlik gullaridan nektar 
yig'ishga moslashgan: orqa panjalaridagi maxsus tuklari va savatchalari yordamida 
gul changini yig'adi va tashiydi, uzun xartumchasi va buqog'ida gul changini asalga 
aylantiradi. Bulardan tashqari asalarida asalbop o'simlik haqida bir-biriga xabar 
beruvchi murakkab signal sistemasi ham bor. 
Qiziq, asalarilarga shuncha ko'p asal nimaga kerak? Bu shuning uchunki, asalarilar 
qishda uxlashmaydi, asal esa ularning qishki ovqatidir.
Ma’lumki, qish oylarida o'simlik gullamaydi. Shu boisdan asalarilar yoz bo'yi tinmay 
mehnat qilib, o'zlariga ham, odamlarga ham bemalol yetadigan asal to'plashadi. 
Bundan tashqari, uyadagi mumda bo'lajak asalari lichinkalari ham bo'ladi. Katta 
asalarilar ularni asal va gul changi bilan boqishadi.
Asalarilar mehnati qat’iy taqsimlangan: ba’zilari ovqat topadi va uni uyaga tashib 
keladi, ikkinchilari ularni qabul qilib oladi va uyalardagi mum kataklarga taqsimlab 
chiqadi, uchinchilari katak ichini tozalaydi, to'rtinchilari qanotlarini qoqib, uyalarini 
muntazam shamollatib turadi. Beshinchilari eshik oldida “qo'riqchilik” qilib, ya’ni 
dushmandan muhofaza qilishadi, oltinchilari esa qurtchalarni boqadi. Bularning 
hammasini ishchi asalarilar bajaradi. 
Ishchi asalarilar oilada 60—80 mingta bo'lib, uyadan 2-3 kilometr va undan ham 
uzoqroq masofaga uchib borib, shira olib kelish va gul changini yig'ish, nektarni 
asalga aylantirish, katak qurish kabi ishlar bilan
ham shug'ullanadi. 
5 yilgacha yashaydigan ona asalari bunday ishlarda qatnashmaydi, uning atrofida 


hamisha erkak asalarilar parvona bo'lishadi. Ona asalari uyada bir o'zi tuxum qo'yadi 
va kelajakda ulardan yosh asalarilar yetishib chiqadi. 
Odamlar juda qadim zamonlardan beri asal iste’mol qilib kelishadi. Ilgari yovvoyi 
asalari asalini yig'uvchi maxsus ovchilar bo'lgan. Kishilar asalarini “qo‘l”ga 
o'rgatishganiga ham ko'p yillar bo'ldi, shundan beri ular maxsus qutilar qo'yilgan 
joylarda boqiladi. Uning bir necha mahsuldor zotlari yaratilgan. 
Odamlar asalari ne’matidan qadim-qadim zamonlardan beri foydalanib 
kelishayotganiga qaramay, yaqin-yaqingacha uning fe’l-atvori
haqida deyarli hech narsa bilmas edilar. Masalan, asalarilar o'rtasidagi o'zaro signal, 
ya’ni xabar berish usulini olib ko'raylik. Bu vosita orqali ular qayerda ko'proq gul 
changi yoki ko'proq nektar yig'ish mumkinligi to‘g‘risida bir-biriga xabar yetkazadi. 
Ko'pincha odamlar asalari uyasiga qaytib kelgach, uning atrofida raqs tushgandek 
aylanaverishini kuzatishgan. Buning siri yaqinda oshkora bo'ldi. Ma’lum bo'lishicha, 
habar beruvchi asalarilaming raqsga tushishiga qarab boshqa asalarilar uyadan qancha 
masofa uzoqda gulzor borligini, ular qanday gul ekanligi va oz-ko'pligini bilib olishar 
ekan! 
Asalarilaming g'uvillashida ham ma’lum ma’no bo'lishi kerak. Olimlar hozir mana 
shu sirni topish ustida tadqiqot olib borishmoqda. 
Asalarilar ajoyib shifokor hamdirlar.
Asalning shifobaxsh ekanini odamlar qadimdanoq bilishgan. Hatto hadisda ham uning 
shifobaxshligi ta’kidlangan. Abu Ali ibn Sino esa o‘zining “Tib qonunlari”da: “Asal 
a’zolarimizdagi suyuqlik o'tkazuvchi tomirlarni kengaytirish va tozalash xususiyatiga 
ega. U ichki a’zolardagi fasodni haydab chiqaradigan narsa ... Asal ko'z xiralashishiga 
ham dori... Tomoq og'riq (angina)ni ham davolaydi...” deb yozgan va asaldan o'nlab 
dorilar tayyorlash mumkinligini aytgan edi. Darhaqiqat, asal faqat to'yimli oziqqina 
bo'lib qolmasdan, balki ba’zi zararli mikroorganizmlarni halok etadi, bundan tashqari 
uning tarkibida odam organizmi uchun juda zarur bo'lgan A provitamini ko'p. 
Asalarilar bo'lajak ona-asalarini boqadi_gan maxsus aralashma - asalari suti ham 
qimmatbaho shifobaxsh dori hisoblanib, u yurak faoliyatini yaxshilaydi, ishtahani 
ochadi va organizmning turli kasalliklarga qarshilik ko'rsatish qobiliyatini oshiradi.
Ammo asalarining eng qimmatbaho dorisi uning zaharidir. Asalari chaqishi, albatta, 
noxush, bordi-yu bir yo'la 400 asalari chaqsa, odam halok bo'lishi ham hech gap 
emas. Biroq asalari zaharidan to'g'ri foydalanilsa, u odamni ko'pgina kasalliklardan 
xalos etadi. 
Ekinlarni changlatishi asalarining yana bir ajoyib xususiyatidir. G'o'za, mahsar, beda 
kabi ekinlar asalarilar yordamida changlanganda hosildorligi 20—25% ortadi. 

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling