13-maruza: Sanoat binolarining zamonaviy
Download 1.37 Mb.
|
13-mavzu-Sanoat binolarining zamonaviy konstruksiyalari.
2.16 Temirbeton to‘sinlarBir nishabli, ikki nishabli va tekis, yuk ko‘taruvchi tom konstruksiyalari sifatida oraliq 6,9,12 va 18 metr bo‘lgan, oldindan zo‘riqtirilgan (yoki oddiy – zo‘riqtirilmagan) to‘sinlar ishlatiladi (2.35–rasm). Bir nishabli va tekis tom to‘sinlari yuqori poyasi tekis (to‘g‘ri chiziqli) bo‘lib, ikki nishabli balkalarni yuqori poyasi esa nishabi 1:12 nisbatda bo‘lgan siniq chiziqdan iborat bo‘ladi. Oraliqlari 6,0 va 9,0 m bo‘lgan binolarda tayanch qismi balandligi 390 mm dan 790 mm gacha bo‘lgan, kesimi tavr ko‘rinishidagi, oraliqlari 12 va 18 m bo‘lganda esa tayanch qismi balandligi 790 mm dan 1490 mm gacha bo‘lgan, kesimi qo‘sh tavr ko‘rinishiga ega bo‘lgan to‘sinlar ishlatiladi. Bunday to‘sinlar tayyorlashda V15 sinfli bo‘lgan betonlar qo‘llaniladi. To‘sinlarni ustunlarga payvandlanib yoki boltlar yordamida qotiriladi (2.36–rasm). –rasm. Tomlarni temirbeton to‘sinlari: a–bir nishabli va tekis qo‘shtavr kesimlari; б–bu ham ko‘p nishabli tomlar uchun; в–panjarali ko‘p nishabli tomlar uchun; д–to‘sinlarni ustunlar bilan tutashgani; 1 – anker boltli; 2 – shayba; 3 – tayanch plitasi. –rasm. Storopil konstruksiyalarning ustun kallagiga tayanib turishi. a–anker boltlari bor; б–fiksatorli qistirma 1 – ustun; 2 – quyma detallar; 3 – storopil to‘sinlari yoki fermalarning tayanchlari; 4 – tayanch planka; 5 – anker bolt; 6 – fiksatorlar; 7 –tayanch plastinkasi. To‘sinlarning tepa qismida yopma panelli va xarilarni qotirish uchun uni ostki qismida hamda devorida osma transport vositalarini ishlatish uchun ma’lum bir masofalarda joylashgan metall quyma detallari, tayanch qismida esa to‘sinini ustiga qotirish uchun maxsus o‘yiqlari bo‘lgan po‘lat listlar ko‘zda tutiladi (2.37–rasm). –rasm. Storopil konstruksiyalarida yopma panelini ishlatish uchun o‘rnatilgan quyma detallari: 1–po‘lat taxta tayanch; 2–quyma detallar. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling