Fermalarni qo‘llanishi va tuzilishi yopma turiga, fonarlarni joylashishi va shakliga, hamda tomning umumiy komponovkasiga bog‘liq bo‘ladi.
Oraliqlari 18 m va undan katta bo‘lgan binolar uchun oldindan zo‘riqtirilgan, beton sinfi V30–V40 bo‘lgan temirbeton fermalar ishlatiladi. Fermalarni qo‘llash natijasida fermani tuzuvchilari bo‘lgan sterjenlar oralig‘idai bo‘shliqlarga santexnik va texnologik tarmoq uskunalarni joylashtirish imkonini beradi.
Ferma yuqori qismi chizimiga ko‘ra ularni segmentsimon, arkasimon, parallel poyasli va uchburchak ko‘rinishidagi turlarga ajratish mumkin (7.38–rasm).
–rasm. Sanoat binolarining storopil fermalari:
a–havonli, segmentsimon; б–havonsiz, sterjenlari tikka joylashgan arkasimon ferma; в–parallel poyasli havonli ferma; г–ikki nishabli ferma; д–yassi tom uchun havonsiz, arkasimon ferma.
Segmentsimon va sterjenlari tikka joylashgan fermalarni oraliqlari 18 va 24 metr, ustunlar qadami 6,0 bo‘lgan binolarda qo‘llaniladi.
Parallel poyasli fermalarni oraliqlari 18 va 24 m, ustun qadami 6 va 12 m bo‘lgan korxona binolarda qo‘llanilgan ferma ustunlariga hamda yopma plitalarini fermalarga qotirish usullari balkalarni ustunlarga qotirish usuliga o‘xshash bo‘ladi.
Katta oraliq ishlab chiqarish binolarda arkasimon yig‘ma temirbeton konstruksiyalari ishlatiladi. Konstruktiv sxemalarga ko‘ra ikki sharnirli “tayanchlari sharnirli birikkan”, uch sharnirli va sharnirsiz turlarga bo‘linadi. Bularni ichida ikki sharnirli arkalar jo‘nligi, qulayligi va qurilishda “yig‘ilishda” osonligi bilan ajralib turadi. Oraliq kengligi 30 m va undan katta bo‘lgan hollarda nishabi (qiyaligi) oraliqning 1–5 dan 1–7 gacha qismiga to‘g‘ri keladigan temirbeton yassi arkalar ishlatiladi. Bunday arkalarni ustki qismi (sterjeni) oldindan zo‘riqtirilgan temirbetondan ishlangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |