13-maruza: Sanoat binolarining zamonaviy


Download 1.37 Mb.
bet1/26
Sana17.02.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1208645
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
13-mavzu-Sanoat binolarining zamonaviy konstruksiyalari.


13-MARUZA: Sanoat binolarining zamonaviy konstruksiyalari.

Bir qavatli sanoat binolarining rejasi oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin.


Odatda rejasi to‘g‘ri to‘rt burchakli bo‘lgan sanoat binolari ko‘proq uchraydi.
Ishlab chiqarish jarayoni davomida issiqlik, gaz va is ajralib turishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bulardan tashqari stexlar ichidan chiqindi suvlarining oqib ketishini hamda ifloslangan havoni almashtirib turishni tashkil qilish talab etilgan bo‘lsa, u holda sanoat binolari rejasi murakkab bo‘lishi mumkin. Hozirgi zamon bir qavatli ko‘p oraliqli turga mansub bo‘lgan sanoat binolari konstruksiyalari asosan: yuklarni poydevorga uzatuvchi ustundan, yopma qismi ko‘taruvchi konstruksiyalardan yopmani ko‘taruvchi qismlari – to‘sin, ferma va arka yopma va yopma elementlari ustun tokchasiga qo‘yilgan kran osti to‘sinlari, stex ichini yorituvchi va havoni almashtiruvchi tom derazalari, vertikal qilib qo‘yilgan to‘suvchi konstruksiyalar (bino devori, ichki devorlar, deraza konstruksiyalari) poydevor va belbog‘ to‘sinlari, kishilar va transport kirib chiqish uchun mo‘ljallangan eshik va darvozalardan iborat bo‘ladi (2.1-rasm.)
Bir qavatli binolar ko‘pincha poydevorga mustahkamlangan bino ustuni va rigeldan (ferma yoki to‘sin), ya’ni rama tizimida ko‘riladi.
Agarda yopma ko‘taruvchi konstruksiyalari fazoviy tizim ko‘rinishida bajarilgan gumbaz, qobiq yig‘malardan iborat bo‘lsa bular o‘z navbatida sinchning bo‘ylama ko‘ndalang elementlari bo‘lib xizmat qiladi. Karkasning fazoviy birligini maxsus gorizontal va vertikal bog‘lanishlar yordamida oshiriladi.
Sanoat binolari uchun mo‘ljallangan yig‘ma konstruktiv elementlar gabariti unifikastiyalangan va ularning o‘lchamlari yiriklashtirilgan modulga asosan bir birlaridan farqlanadi. Misol uchun bino oralig‘i 12m ва 36m. gacha bo‘lganda 6M modulda, poldan yopmani ko‘tarib turuvchi konstruksiya ostigacha bo‘lgan masofa:
3,0–6,0 m gacha 6 modulda: 6,0 m. dan 10,8 m. gacha 12 M modulda oshirib boriladi.
Binolarning gabarit sxemalari quyidagi belgilarda sinflanadi: B–30–84 kransiz, oralig‘i 30 metr, balandligi 84 dm. Yoki K–24–144 kranli, oralig‘i 24 m balandligi 144dm.
Agar ustunlar orasidagi qadam 12 m bo‘lib, yopma Panellar uzunligi 6,7 m bo‘lsa, u holda yopmani ko‘tarib turuvchi storopila elementlarini (to‘sin yoki fermani) storopila osti fermasi yoki to‘sini ustiga qo‘yiladi (2.2–rasm).
Ko‘p qavatli sanoat binolari konstruktiv sxemalariga ko‘ra to‘liq sinchli tashqi devori ko‘taruvchi yarim karkasli binolar turiga bo‘linadi.
Ustunlar, rigellar, yopma plitalari va bog‘lanishlar sinchlarning asosiy elementlari hisoblanadi (2.3–rasm). Temirbeton qavatlararo yopmalar ikki xil usulda ko‘taruvchi konstruksiyalarga tayanadi: orayopma plitalar rigellarga (to‘sinli) va orayopma plitalari maxsus moslamalar yordamida to‘g‘ridan–to‘g‘ri ustunlarga tayangan (to‘sinsiz) variantda bajariladi (2.4–rasm).




Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling