13-maruza: Sanoat binolarining zamonaviy


Sanoat binolari ustunlari


Download 1.37 Mb.
bet8/26
Sana17.02.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1208645
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
13-mavzu-Sanoat binolarining zamonaviy konstruksiyalari.

2.7 Sanoat binolari ustunlari

Bir va ko‘p qavatli sanoat binolari sinchlarini tuzishda temirbeton va po‘lat ustunlar qo‘llaniladi.


Bir qavatli sanoat binolari temirbeton ustunlari tokchali yoki tokchasiz (ko‘prik kranlar bilan jihozlangan) holda bo‘lishi mumkin. Ularni bino tarhida joylashishiga qarab o‘rta va chekka qator ustunlariga ajratiladi (2.13–rasm).
Ustunlar kesimi to‘g‘ri to‘rt burchakli, tavr profilida va ikki ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ustun ko‘ndalang kesimi o‘lchamlari unga tushayotgan yuk miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Ustunlar kesimi unifikastiyalangan bo‘lib, to‘g‘ri to‘rt burchak kesimli ustunlar uchun 400x400: 400x600: 400x800: 500x500: 500x600: 500x800mm, kesimi tavr profilida bo‘lgan ustunlar uchun kesimi uchun esa 400x1000: 500x1000: 500x1300: 500x1400: 500x1500: 600x1400: 600x1400: va
600x2400mm qilib olinadi. Bunda ustunlarni balandligi bo‘yicha maxsus detallar o‘rnatilgan bo‘lib, ularga devor panellarini qotirish ko‘zda tutiladi (2.14–rasm). Ustunlar qurilish maydonlarida yig‘iladigan bir necha qismdan iborat bo‘lishi ham mumkin. Ustunlarni koordinastiya o‘qlariga bog‘lash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unifikastiya qilingan elementlarni montaj qilish, yig‘ma konstruksiyalar orasidagi
tirqishlar va choklarni hisobga olish uchun modul o‘lchamlar ko‘zda tutilgan bo‘ladi. (2.14–rasm).
Tokchali ustunlar kran usti va kran osti shoxlardan iborat bo‘ladi. Kran usti shohlari kesimi ko‘pincha kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rt burchakli bo‘lib, 400x400: yoki 500x500mm qilib olinadi. Bu ustunlarni sinfi V20–V40 bo‘lgan yuqori sifatli betonlardan hamda har xil sinfdagi armaturalardan tayyorlanadi.
Ustun uzunligi stex balandligi va ustunning poydevori ichiga tushiriladigan qismi to‘rt burchakli ustunlar uchun: agar bino ko‘prik kran bilan jihozlanmagan bo‘lsa, 750 mm; agar bino ko‘prik kran bilan jihozlangan bo‘lsa, 850 mm; ikki shoxli ustunlar uchun bu kattalik stex balandligi 10,8 m bo‘lganda – 900 mm; stex balandligi 10,8 metrdan yuqori bo‘lgan hol uchun – 1000 mm; ikki shoxli ustunlar uchun 1050 va 1350 mm qilib olinadi.


    1. rasm. Bir qavatli sanoat binolari temirbeton ustunlarining asosiy xillari:

a – ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri to‘rt burchakli ustunlar qadami 6m bo‘lgan kransiz binolarda qo‘llaniladigan ustun; б – bu ham, ustunlar qadami 12m bo‘lganda qo‘llaniladigan ustun; в – ikki tarmoqli, ko‘proq kransiz binolarda qo‘llaniladigan ustun; г – ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri to‘rt burchakli bo‘lib, ko‘prik krani bilan jihozlangan binoda qo‘llanadigan ustun; д – bular ham, faqat qo‘sh tavrli kesimga ega bo‘lgan ustunlar; e – ikki tarmoqli ko‘prik krani bilan jihozlangan binolarda ishlatiladi; ж – ustun umumiy ko‘rinishi. 1– yopma ko‘taruvchi konstruksiyalarni qotirishda ishlatiladigan o‘rnatish detali; 2 – 3 – bular ham, kran osti balkasini qotirishda ishlatiladi 4 – bu, ham devor panelini mahkamlashda ishlatiladi.



    1. Download 1.37 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling