13-maruza: Sanoat binolarining zamonaviy


Download 1.37 Mb.
bet10/26
Sana17.02.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1208645
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
13-mavzu-Sanoat binolarining zamonaviy konstruksiyalari.

Belbog‘ to‘sinlar


Har xil balandlikka ega bo‘lgan yonma–yon oraliqni ochiq qolgan devorni to‘ldirishda mayda element g‘isht yoki blokdan foydalanilsa, u holda bunday mayda elementlar temirbeton belbog‘ to‘sini ustidan teriladi.
Undan tashqari o‘zini o‘zi ko‘taruvchi devorlar mustahkamligini va ustuvorligini oshirishda ham bunday to‘sinlardan foydalaniladi. Bunday to‘sinlarni deraza o‘rni tepasiga va tasmasimon derazalar ustiga ham o‘rnatsa bo‘ladi.
Uzunligi 5950 mm bo‘lgan belbog‘ to‘sinlarini balandligi 585 mm, kengligi esa 200, 250 va 380 mm ga teng bo‘ladi.



    1. rasm. Belbog‘ to‘sinlar:

a – umumiy ko‘rinishi; b – ustunga qotirish usuli. 1 – po‘lat tayanch stoli; 2 – po‘lat planka.

Belbog‘ to‘sinlarining ustunlardagi quyma detaliga payvandlangan maxsus stol tayanchlarga o‘rnatilib, bu elementlarni bir birlariga metall taxtachalarni payvandlash orqali kotiriladi. To‘sinlarni V12 – V20 sinfli beton payvandlanib hosil qilingan armatura karkaslaridan tayyorlanadi.



    1. Sanoat binolarining devorlari


Tashqi va ichki devorlar ularni to‘ldirib turuvchi konstruktiv elementlar (deraza, eshik va darvozalar) bilan birgalikda sanoat binolarining vertikal to‘siqlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish binolari devor konstruksiyalarini tanlashda quyidagi sharoitlar hisobga olinadi:

Isitiladigan binolar tashqi devorlarining qalinligi uni materialiga qarab 200 mm dan 500 mm gacha qabul qilinadi. Konstruktiv talablarga ko‘ra sanoat binolari devorlarini yuk ko‘taruvchi, o‘zini o‘zi ko‘taruvchi va yuk ko‘tarmaydigan (ilingan) devor turlariga ajratiladi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling