a – tovaqali; b,v – surilib ochiladigan; g – ko‘tarilib ochiladigan; d – ko‘tarilib bukiladigan; e – yig‘iladigan.
Sanoat binolari darvozalari o‘rni 600 mm farqi bilan quyidagicha to‘ldiriladi: 2,4x2,5; 3,0x3,0; 3,6x3,6; 3,6x4,2; va 4,8x5,4 metr.
Ayrim sanoat binolarida darvoza o‘rni bir necha o‘n metrgacha bo‘lishi mumkin (samoyolt yig‘uv stexi, angarlar va hokazo). Darvozalarning ochilishi qo‘lda yoki mexanizmlar yordamida amlaga oshiriladi.
Sanoat binolari eshiklarining materiali metalldan yoki oynadan bo‘lishi mumkin. Ularning o‘lchamlari eniga 1,0; 1,5 va 2,0 metr, balandligi esa 1,8; 2,0; 2,3 va 2,4 metr qilib olinadi. Bunday eshiklar kengligi evakuatsiya shart sharoitlarini hisobga olib tanlanadi.
–rasm. Sanoat binosi darvozasining konstruksiyasi.
Ish maydonchalari stex ichidagi texnologik asbob – uskunalar bilan ishlashda ma’lum qulayliklar yaratish uchun maxsus maydonchalar quriladi.
Maydonchalar to‘sin, yopma plitalar va to‘siqlardan iborat bo‘ladi. Ularni maxsus ustunlarga yoki tayanchlarga montaj qilinadi, u ularning materiali metalldan, yig‘ma va quyma temirbetondan bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |