13-maruza: Sanoat binolarining zamonaviy
Download 1.37 Mb.
|
13-mavzu-Sanoat binolarining zamonaviy konstruksiyalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘isht va mayda bloklardan terilgan devorlar
- Yirik beton bloklardan terilgan devorlar
Yuk ko‘tarmaydigan (ilingan) devorlar asosan to‘siq vazifasini bajarib, o‘z og‘irligini sinch ustiga to‘liq o‘tkazib turadi. O‘zini ko‘taruvchi devorlar esa xususiy og‘irligini bino balandligi bo‘yicha o‘zi ko‘tarib va uni poydevor to‘singa uzatadi.
Ko‘taruvchi devorlar karkassiz (sinchsiz) binolarda va nim karkasli binolarda g‘isht va bloklardan teriladi. Ular bir yo‘lda ham to‘suvchi, ham yuk ko‘taruvchi devor vazifasini o‘taydi. Ular o‘z xususiy og‘irligini, qavatlararo yopma og‘irligini, shamol ta’sir kuchini va transport yuklarini ko‘tarib turuvchi elementdir. Ishlab chiqarish binolarida to‘suvchi devorlar sifatida engil betonlarda ishlangan devor panellari keng ko‘lamda qo‘llaniladi. G‘isht bloklardan, mahalliy tabiiy tosh hamda boshqa turdagi materiallardan ishlangan devorlar nisbatan kamroq qo‘llaniladi. G‘isht va mayda bloklardan terilgan devorlarBunday devorlarni turar-joy binolari devorlariga aynan o‘xshash qilib teriladi. G‘isht bloklar nisbatan kam qo‘llanilgan bilan, g‘ishtlarga nisbatan ancha qulayliklarga ega bo‘ladi. Sanoat binolarida ishlatiladigan bloklarning uzunliklari 3,0 m gacha (500mm farqli bilan), balandligi esa 585 va 1185 mm va qalinligini esa 250 mm dan 640 mm gacha qilib tayyorlanadi. Yirik beton bloklardan terilgan devorlarG‘isht devorlarga nisbatan yirik bloklardan terilgan devorlarning texnik– iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori hisoblanadi. Ularni hajm og‘irliklari 600–1600 kg/m3 gacha bo‘lgan engil betonlardan tayyorlanadi. Devorlarda joylashgan o‘rniga ko‘ra bloklarni qator bloki, burchak bloki va ravoq bloki kabi turlarga ajratiladi. Qator bloki uzunligi – 990, 1490, 1990 va 2990 mm ga, balandliklarini esa 585, 1185 va 1785 mm ga teng qilib ishlab chiqiladi. Ravoq bloklarini uzunligi 5990 mm, balandliklari esa 585 mm ga teng bo‘ladi. Bloklarni qalinliklari ishlatilish joylariga ko‘ra 300, 400 va 500 mm qilib olinadi. –rasm. Yirik blokli devorlar: a – yirik bloklardan terilgan devor fragmenti; б – bloklarni ustunlarga mahkamlash: 1 – quyma detali; 2 – ustun; 3 – devorbop blok; 4 – anker. Bloklardan terilgan devorlarda bloklar ustunlarga “t” shaklidagi moslashuvchan metall ankerlar yordamida qotiriladi (2.21–rasm). Bunda ankerlarni bir uchini ustma– ust qo‘yilgan bloklar gorizontal choklar o‘rnatilib, ikkinchi ustun quma elementiga payvand yordamida tutashtiriladi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling