13-maruza: Sanoat binolarining zamonaviy


Tomdan atmosfera suvlarini oqizib yuborish usullari


Download 1.37 Mb.
bet19/26
Sana17.02.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1208645
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
13-mavzu-Sanoat binolarining zamonaviy konstruksiyalari.

Tomdan atmosfera suvlarini oqizib yuborish usullari


Sanoat binolari tomidan atmosfera suvlarini ikki xil usulda bino ichkarisidan hamda tashqi tomonidan oqizib yuboriladi.
Atmosfera suvlarini tashqi tomondan erkin oqishini ko‘pincha chordoqli va isitilmaydigan binolarda uchratish mumkin. Bundan tashqari korxona ichida yomg‘ir suvlarini oqizib yuboradigan kanalizastiya tarmoqlari o‘tkazilmagan bo‘lsa hamda tom ko‘taruvchi konstruksiyalari yog‘ochdan ishlangan bo‘lsa, bunday isitiladigan binolarda ham atmosfera suvlari bino tashqarisidan oqiziladi. Bunda bino balandligi 10 m gacha, tom kengligi esa 36 m dan oshmasligi kerak. Bu usulda suvlar bir joyga yig‘ilgan va yig‘ilmagan (butun uzunasi bo‘ylab erkin oqib tushadigan) bo‘lishi mumkin. Atmosfera suvlari ichkaridan oqiziladigan binolarda chekka oraliq tomonidan suvlarni tashqaridan oqizib yuborish man etiladi.
Atmosfera suvlarni tarnovlar yordamida bir joyga yig‘ib, bino tashqarisidan oqiziladigan hollarda, suv tushadigan quvurlar oralig‘i 24 metrdan katta bo‘lmasdan, quvurlar diametri 1 m2 tom yuzasi uchun 1,5 sm2 hisobida olinadi.
Atmosfera suvlarini bino ichkarisidan oqizilganda tom maydonida bir biridan barobar masofada turuvchi suv yig‘iladigan elementlar joylashtirilgan bo‘ladi. Bu elementlarning bir–biridan uzoqligi nishabli tomlarda 48 m ni, tekis tomlarda esa 60 m ni tashkil etadi.
Suv tushiriladigan quvurchalar diametri 80mm - sekundiga 5 l suv 100 mm- 10 l–sek; 125 mm - 20 l–sek; 150 mm - 35 l–sek; 200 mm - 80 l–sek suv o‘tishi ta’minlanadi. Yoki diametri 100 mm bo‘lgan oqizuv quvurlari nishabli tomonlarning 200–250 mm2 yuzasidan oqib tushuvchi, tekis tomlarning 1200–1600 m2 maydonidan tushuvchi suvlarga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Tomdan suvlarni bino ichkarisidan oqizishda turar-joy va jamoat binolaridagi kabi ma’lum bir tizimi – suv yig‘uvchi element, yo‘naltiruvchi quvur va uni kanalizastiyaga o‘tkazuvchi qismdan iborat bo‘ladi.


    1. Download 1.37 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling