13-maruza: Sanoat binolarining zamonaviy
Devorlardagi deraza o‘rnini tavaqasiz derazalar bilan to‘ldirish
Download 1.37 Mb.
|
13-mavzu-Sanoat binolarining zamonaviy konstruksiyalari.
2.25 Devorlardagi deraza o‘rnini tavaqasiz derazalar bilan to‘ldirishKeyingi yillarda xona ichini yoritishda deraza o‘rnini shisha blok va profillangan shishalar yordamda to‘ldirish anchagina tejamlikka olib kelmoqda. Ular yaxshigina yorug‘lik texnika xususiyatlarga ega bo‘ladi hamda bino ichida engil taralgan yorug‘lik hosil qiladi, shu bilan birgalikda ularning yetarlicha mustahkamlikka ega bo‘lishligi, o‘tga chidamliligi, yaxshigina ovoz izolyatsiyasiga va uzoq vaqt ekspluatatsiya qilinishi mumkinligi, issiqlik radiastiyasini o‘tishini kamaytirib, issiqlik uzatish qarshiligini oshirish bilan boshqa qurilish materiallaridan farq qiladi. Ularning yana bir xususiyatlaridan biri gigiena talablariga javob berishi, tozalashni oson va ishlatilish davrida kam harajatliligidir. Bunday bloklarning o‘lchamlari: 194x194x98(60), 294x294x98 va 394x394x60 mm bo‘lib, shisha blok Panellarning uzunligi esa 5980mm balandligi 1185, 1785 va 2385 mm qilib olinadi. Kelajakda sanoat binolarida deraza o‘rnini to‘ldirishda profillangan shisha materiallarini keng ko‘lamda qo‘llanilishi kutilmoqda (2.49–rasm). 2.49–rasm. Shisha profillardan ishlangan deraza konstruksiyalari: a – shisha profillik kesimi; b – deraza o‘rnini to‘ldirish sxemalari; v – shisha panellarni umumiy ko‘rinishi va ularni qotirish usullari: 1–rezina o‘rnatgich; 2–mastika; 3–parma; 4–shisha profilit; 5–suvni tashqariga yo‘naltirgich; 6–po‘lat tasma 30x4mm; 7–tavaqa; 8–shisha panel; 9– zichlashtirgich; 10– burchaklik; 11– shveller; 12– saqichli paklya; 13– qorishma. Bunday materiallar profilli ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Eng afzali bo‘lib shveller va qutisimon profilli shisha materiallar hisoblanadi. Ularning o‘lchamlari: uzunligi 1,4 m dan 3,0 m gacha, tokchasi balandligi 50 mm eni 300 mm, devor qalinligi 5,5 mm ni tashkil qiladi. Shveller profilidagi turlarni maxsus klyamerlar bilan, qutisimon profilidagi turlarini esa siqadigan ustquymalar bilan mahkamlab qo‘yiladi. Bunda chok va yoriqlar maxsus germetiklar (GS–1, TM–0,5, AM–0,5) va surgich (zamaskalar) (NG–16) yordamida berkitiladi. Shisha temirbeton devor panellarini ham temirbeton devor panellarini ustunlarga mahkamlanish kabi usullarda qotiriladi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling