13-maruza. Viruslar vaularning klassifikatsiyasi. Reja
Download 189 Kb.
|
13-maruza. Viruslar vaularning klassifikatsiyasi. Reja
13-maruza. Viruslar vaularning klassifikatsiyasi. Reja : Viruslar klassifikatsiyasining qisqacha rivojlanishi. Baltimor klassifikatsiyasi DNK-tutuvchi viruslar RNK tutuvchi viruslar Viruslar taksonomiyasi tarixida Kovanning (Cowan,1966) fikricha uch qismdan, ya’ni klassifikatsiya, nomenklatura va identifikatsiyadan tashkil topadi. Demak, shu uch yo‘nalish bo‘yicha tadqiqod ishlari olib boriladi va ochilgan viruslar klassifikatsiyadan o‘rin oladi. Ammo har xil virus guruhlari (hayvon, o‘simlik, bakteriya) bo‘yicha qilingan ishlarga nazar solinadigan bo‘lsa ulardagi tadqiqodlarni rivojlanishi har hil darajada bo‘lgan va ularni bir tartibga solish ko‘pincha muammolarga keltirib chiqargan. Agar 40 yillarga nazar soladigan bo‘lsak, yangi viruslarni kashf qilinishiga qarab ularni klassifikatsiyacini yaratishga birnecha martalab harakat qilingan. Ayniqsa, 40 yillarda Xolmsning o‘simlik viruslarini (Holmes, 1941) va SH.D. Moshkovskiyning (1945) hayvon viruslarini klassifikatsiyalari chop etildi. Bu klassifikatsiyalar barcha kashf qilingan viruslarni o‘z ichiga oldi. Viruslarni strukturalari haqidagi ma’lumotlarni etarli bo‘lmaganligi, bir vaqt ichida chop etilgan klassifikatsiyalar orasida katta farqlar bo‘lishiga olib keldi (Holmes, 1948; V. L. Rjkov, 1950; V. M. Jdanov; R. S. Korenblit, 1950; V. M. Jdanov, 1953) va ularni barcha virusologlar tomonidan bir ovozdan qabul qilinmadi. Viruslarga tur va linneyning binominal nomenklaturasini kiritish ham katta baxslarga sabab bo‘ldi. Rio-de-Janeyro (1950)dagi 5 Xalqaro mikrobiologlar kongressida ham bu masalada bir qarorga kelinmadi. Monrealdagi (1962) 8-mikrobiologlarning Kongressida viruslar taksonomiyasi bo‘yicha bakteriyalarga qo‘llaniladigan taksonomiyani prinsiplarini viruslarga qo‘llab bo‘lmaganligi uchun Monrealda (1962) maxsus qo‘mita tuzish haqida qaror qilindi. Umumiy va maxsus virusologiyani hamda umumbiolgiyaning dolzarb masalalari sohasida juda chuqur va keng bilim egasi bo‘lgan akademik V.M.Jdanovni 50 yillarda klassik virusologlar K.Endryus, F.Fenner, F.Xolms, A.Lvov, R.Metyus, X.Pereyra va P.Vaildilar qatori “Viruslar taksonomiyasining Xalqaro qo‘mitasi”ga abadiy a’zo qilib saylandi. Uni shaxsan qatnashuvi va rahbarligi ostida umurtqali hayvonlar, o‘simliklar, hasharotlar klassifikatsiyasi ustida katta ishlar qilindi. Viruslarning klassifikatsiyasi asosida ularni bir-birlari bilan evolyusion bog‘liqligi kriteriyasi zarur ekanligi ko‘rsatildi. V.M.Jdanov virusologiya taksonomiyasiga qo‘yilgan barcha talablar va uning o‘zi, shogirdlari tomonidan yig‘ilgan va dunyo adabiyotlaridagi ilmiy materiallar asosida viruslarni Vira saltanatiga kiritdi. SHu sohada ish olib borgan X.Endryus (1967) ham o‘zining “Virus pozvonochnx” nomli ensiklopedik asarida viruslarni ilmiy klassifikatsiyasiga katta e’tibor beradi va viruslarni RNK-tutuvchi, DNK-tutuvchi viruslar hamda o‘sha vaqtgacha klassifikatsiya qilinmagan odam(pikorna-, arbo- , miksoviruslarni, qutirish, qushlardagi leykozlar va sichqonlarda o‘smalar qo‘zg‘atuvchi kompleks viruslarni), hayvon (adeno-, papova-, uchuq- va chechak viruslarini), qushlar (psittakoz) va baliqlarda kasallik qo‘zg‘atuvchi viruslar guruhlariga ajratadi va keng ta’riflaydi. Xalqaro viruslar nomenklaturasi qo‘mitasi (XVNQ) tomonidan tan olingani 55 ta oila (hozirgi kunda ularni soni 80 tadir) va ulardan 20 (17+3) tasi odam va hayvon viruslarini o‘z ichiga olgan edi. SHular asosida u tomonidan viruslar olamini quyidagi: Tartib (-virales); Oila (-viridae); Kichik oila (-virinae); Avlod (-virus); Tur (-virus) taksonlarga bo‘linadi. Misol qilib quyida ba’zi viruslarni qaysi olam, tartib, oila, kichik oila, avlod va turga mansubligi hamda ho‘jayinlarini joylanishi berilgan. Keyinchalik, viruslar klassifikatsiyasiga linney prinsiplarini tatbiq qilish tarafdorlari va ularga qarshilar bir fikrga kelaboshladilar, ya’ni avval viruslarni ayrim guruhlarini ajratish va undan so‘ng ularni umumiy prinsiplar asosida klassifikatsiya qilishga kelishildi. Andrewes i va b., undan keyingi yillarda chop etilgan V. M. Jdanov, S. YA. Gaydamovich, Lwoff, Horne, Tournier (11) larni klassifikatsiyalari bir-biridan shunisi bilan farq qilar ediki, birinchisida linney prinsiplari qo‘llanilgan bo‘lsa, ikkinchisida esa linney prinsiplariga asoslanmagan holda viruslar shartli nomlar bilan ataldi. Qolgan jihatlari bilan ikkala klassifikatsiya ham Xalqaro viruslar taksonomiyasi qo‘mitasi ishtirokchilarining birgalikdagi say harakatlari asosida ishlab chiqilgan klassifikatsiyaga mos kelar edi (11). Viruslarni boshqa tirik mavjudotlardan ajratib turadigan asosiy kardinal xususiyatlari e’tiborga olindi: virion tarkibida ikki nuklein kislotadan faqat bir tipdagisining borligi; avtonom modda almashinishinini yo‘qligi va uni o‘zi parazitlik qiladigan hujayrani modda almashinishi bilan bog‘liqligi; hujayra tuzilishining yo‘qligi; dis’yunktiv usulda ko‘payishi (reproduksiya) – hujayrada virus komponentlarini ayrim sintezlanishi va keyinchalik ularni ayrim uchastkalarda qurilishi (samosborka). Ammo ba’zi xususiyatlari – faqat ulargagina xos bo‘lmasdan hujayra ichida parazitlik qilishi hayotni boshqa formalarida ham uchraydi. Viruslar kardinal xususiyatlari bilan hayvon va o‘simliklardan farq qilgani uchun ularni mustaqil Vira (viruslar) olamiga ajratildi. Bunda viruslar olamida birnecha tartib, tartib tarkibida birnecha oila va uning tarkibida kichik oila, uning ichida esa avlod va avlod tarkibida virus turlari keltirilgan. Masalan, viruslar olamiga kiruvchi adenoviruslarni oilasi va uni tarkibida mastodenovirus avlodi keltirilgan. Ularni xo‘jayin organizmi bo‘lib sutemizuvchilar (odamlar) keltirilgan. Ikkinchi avlodi aviadenovirus bo‘lib ularni ho‘jayin organizmi qushlardir. Keyingi misol chechak (Poxviridae) virusi oilasi va uni tarkibidagi Chordopoxvirinae kichik oilaga kiradi va hokazo boshqa viruslarni klassifikatsiyadagi o‘rinlari keltirilgan (10-jadval). Virusologiya sohasidagi olingan natijalarni ko‘payishi o‘z-o‘zidan ularni klassifikatsiyasini to‘ldirilishiga va o‘zgarishiga olib kelaboshladi. Avvalgi klassifikatsiya mezonlari yoniga yangilari qo‘shilaboshladi. Avval ahamiyatli bo‘lib hisoblangan shakl o‘rniga endi virionnning tuzilish simmetriyasi, nuklein kislota tiplari kabilar ahamiyatga ega bo‘lib qoldilar. Viruslarni shakllari, o‘lchamlari, qobiqqa egaligi, zarrachasining tuzilishida nukleoproteidning simmetriyasi, nuklein kislotasining tiplariga qarab guruhlash kabilar klassifikatsiyaning asosini tashkil qilaboshladi. Quyida mazkur klassifikatsiya keltirilgan. Bu klassifikatsiyaning asosida virus nuklein kislotasining tipi (RNK yoki DNK), virus zarrasida tashqi qobiqning bor yoki yo‘qligi inobatga olingan. So‘ngra kapsidning diametri yoki kapsomeri berilgan. Aytilgan sifatlarga ega bo‘lgan virus va ularning guruh nomlari beriladi. Masalan, oq beda mozaikasi virusini nuklein kislotasini RNK ligi, spiral simmetriya asosida virus zarrasining tuzilishi, tashqi qobig‘ini yo‘qligi, kapsid diametri keltirilgan Download 189 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling