13-maruza. Viruslar vaularning klassifikatsiyasi. Reja


-rasm. Viruslarning Baltimor bo‘yicha klascifikatsiyasi


Download 189 Kb.
bet4/11
Sana26.10.2023
Hajmi189 Kb.
#1723111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
13-maruza. Viruslar vaularning klassifikatsiyasi. Reja

17-rasm. Viruslarning Baltimor bo‘yicha klascifikatsiyasi
Xdn - ikki zanjirchali(iz); on – bir zanjirchali(bz)
Baltimor klassifikatsiyasida viruslar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
I. izDNK viruslar (izDNK virus) izDNK tutuvchi viruslar (masalan, uchuq viruslari, chechak va adenoviruslar). Bu guruh vakillarida virus replikatsiyasi quyidagicha amalga oshadi:
Virus genomi bilan zararlangan hujayraning DNK-tobe (zavisimiy) RNK-polimeraza fermenti mRNK ((+)bzRNK) molekullarini sintez qiladi (transkribiruyut) va u asosida virus oqsillari sintezi amalga oshiriladi.
Virus DNK-genomidan nusxa olish xo‘jayin-xujayraning DNK-tobe (zavisimoy) DNK-polimeraza fermentini ishlatish orqali amalga oshadi. Virus genomlarini yangi sintezlangan virus kapsid oqsillari bilan o‘ralib- qurilishi va virionlarni hujayradan chiqishi bilan infeksion sikl jarayoni tugaydi.
II. bzDNK viruslari(onDNK virus). bzDNK tutuvchi viruslar (m., parvoviruslar). Virus hujayraga tushgandan so‘ng virus genomi hujayra DNK polimerazasi yordamida ikki zanjirchali shaklgacha qayta quriladi, so‘ngra I guruh viruslari mexanizmi bo‘yicha o‘tadi.
III. izRNK viruslar (dnRNK virus) izRNK tutuvchi viruslar (m., ichak infeksiyasini qo‘g‘atuvchi rotaviruslar). Virus RNK si bilan birga hujayraga virusning RNK-tobe(zavisimaya) RNK-polimerazasi tushadi va u (+)bzRNK molekulalarini sintezini ta’minlaydi. O‘z navbatida, (+)bzRNK ho‘jayin hujayrada virus oqsillarini ishlab chiqarishni ta’minlaydi xamda matritsa bo‘lib xizmat qiladi va yangi virus(-)bzRNKzanjirini sintezini RNK- polimeraza yordamida ta’minlaydi. Komplementar (+) i (-)RNK zanjirlar so‘ngra ikki zanjirchali (+-)RNK-genom hosil qiladi va u oqsil qobiq bilan o‘ralib (upakovivayutsya), yangi avlod virionlarini shakllantiradi.
IV. (+)bzRNK viruslar –bu viruslar tarkibida (+)bzRNK yoki mRNK tutadi (m., poliomielit i kana ensefaliti viruslari, A gepatiti virusi, tamaki mozaikasi virusi). Hujayraga mRNK tushishi bilan RNK-tobe(zavisimiy) RNK-polimeraza fermenti ishga tushib virus oqsillari sintezi boshlanadi, u DNK ishtirokisiz RNK sintez qilish qobiliyatiga ega. Bu ferment ishtirokida hujayrada virus mRNK si ko‘payishi boshlanadi va to‘plangan virus oqsillari va RNK dan tayyor virionlar yig‘iladi.

Download 189 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling