13-ma’ruza yer sirtining issiqlik rejimi. Yer osti issiqlik suvlari
Geotermal energiyadan foydalanishning afzalliklari
Download 206.2 Kb. Pdf ko'rish
|
13-MA’RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geotermal quduqlarning iqtisodiy jihatdan muvofiqligi
13.2. Geotermal energiyadan foydalanishning afzalliklari.
Geotermal energiyadan foydalanishdagi asosiy afzallik uni atrof-muhit sharoitlaridan qat‘iy nazar kun va tunda hamda yil davomida olishdagi to'liq mustaqilligidir. Geotermal stansiyalarga o'rnatilgan qurilmalarning quvvatidan foydalanish koeffitsientini 80% ga yetishi mumkin, bu holat boshqa muqobil energiya manbalaridan foydalanishda mavjud emas. Geotermal quduqlarning iqtisodiy jihatdan muvofiqligi Issiqlik dvigatelidan foydalangan holda (masalan, bug' turbinasi) issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantirish uchun geotermal suvlarning harorati yetarlicha yuqori bo'lishi kerak, aks holda issiqlik dvigatelining samaradorligi juda past bo'ladi, masalan, suv harorati T=40 °C va atrof-muhit harorati T=20 °Cga teng bo'lsa, ideal issiqlik dvigatelining samaradorligi atigi 6% ni tashkil qiladi va haqiqiy mashinalarning samaradorligi bundan ham past bo'ladi. Qo'shimcha ravishda energiyaning bir qismi stansiyaning o'z ehtiyojlari uchun sarflanishi kerak. Masalan, quduqdan issiq suvni chiqarib foydalanilgandan so'ng sovuq suvni quduqlarga qaytarishda ishlatiladigan nasoslarning iste‘moli uchun. Elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun T=150 °C va undan yuqori haroratli geotermik suvlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Hatto isitish va issiq suv ta‘minoti uchun ham kamida T=50 °C harorat talab qilinadi. Biroq, Yerning harorati chuqurlik ortishi bilan asta-sekin o'sib boradi, odatda o'rtacha geotermik gradient 1 km uchun ΔT=30 °C ni tashkil qiladi, ya‘ni issiq suv ta‘minoti uchun bir kilometrdan ko'proq chuqurlikka tushish talab etiladi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun esa, bir necha kilometr chuqurlikka tushish kerak bo'ladi. Bunday chuqur quduqlarni burg'ilash qimmatga tushadi, shuningdek, ulardan isigan suvni chiqarib olish uchun energiya kerak bo'ladi. Shuning uchun geotermik energiyadan foydalanish hamma joyda ham maqsadga muvofiq emas. Deyarli barcha yirik GeoTESlar vulkanlar faoliyati faollashgan hududlarda, masalan: Kamchatka, Islandiya, Filippin, Keniya, Kaliforniyadagi geyzer konlari va boshqalarda joylashgan bo'lib, ularda geotermal harorat gradiyenti ancha yuqori va geotermal suvlar yer yuziga yaqin. Download 206.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling