13-ma’ruza yer sirtining issiqlik rejimi. Yer osti issiqlik suvlari
Issiqlik tashuvchilarga ekologik talablar
Download 206.2 Kb. Pdf ko'rish
|
13-MA’RUZA
13.3. Issiqlik tashuvchilarga ekologik talablar. Geotermal yer osti suvlaridan foydalanishda yuzaga keladigan muammolardan biri, bu yer osti qatlamidagi suvni (odatda chiqindilarni) qayta tiklanadigan siklik energiya sarfini talab qiladi. Geotermal suvlarda ko'p miqdorda turli xil toksik metallarning (masalan, qo'rg'oshin, rux, kadmiy), metall bo'lmagan (masalan, bor, marganes) va kimyoviy birikmalar (ammiak, fenollar) va boshqa tuzlar mavjud bo'lib, bu suvlarning chiqishini qiyinlashtiradi. Yer sirtiga yaqin joylashgan tabiiy suv tizimlariga ishlatilgan suvni quyish qatlamdagi bosimni pasaymasligi uchun zarurdir. Bu geotermik stansiyada elektr tokini hosil bo'lishining pasayishiga yoki uning to'liq quvvatlarda ishlamasligiga sabab bo'ladi. 13.3.1-rasm. Islandiyadagi geyzerlar Geotermal energiya Islandiyaning poytaxti Reykyavik shahrini issiqlik bilan ta‘minlaydi. 1943-yilda Islandiyada 32 ta quduqlar mavjud bo'lib, ularning chuqurligi 440 dan 2400 m gacha chiqadigan suvning harorati 60 dan 130 °C gacha bo'lgan. Ushbu quduqlarning 9 tasi bugungi kunda ham ishlaydi. Yerning chuqur qatlamidagi issiqlikdan foydalanishda termo-anomal sohalar mavjud bo'lib, suv bug'lari bilan to'yingan tog' jinslaridan olinganda geotermik gradient qiymati katta bo'ladi. Shunday qilib, amaliy ahamiyatga ega bo'lgan geotermik issiqlikning bo'lishi, yer osti suv havzalarida issiq suv va bug' zaxiralarini nisbatan sayoz chuqurliklarda yig'ilishiga sabab bo'ladi va yuzaga- Yer ustiga geyzerlar ko'rinishida chiqadi. Geotermik suvlar harorati, kislotaligi, minerallashish darajasi va qattiqligi bo'yicha tasniflanadi. Geotermik manbalardan foydalanishga yaroqliligining asosiy ko'rsatkichi ulardagi tabiiy harorat bo'lib, T=40-70 °C oralig'ida bo'lgan past termal, harorati T=70-100 °C oralig'ida bo'lgan o'rtacha, yuqori termal suvlar va harorati T=100- 150 °C bo'lgan bug'larga hamda harorati 150 °C dan yuqori bo'lgan bug' gidrotermal suyuqliklardir. 13.3.2-rasm. Kimyoviy faol geotermal suvlardan foydalangan holda geotermik issiqlik ta‘minotining tizimi: 1 - yer osti kollektori; 2 - qabul qilish qudug'i; 3 - gazli loyni ajratuvchi; 4 – suyuqlikni orqaga haydovchi nasos; 5 – orqaga qaytgan suyuqlik qudug'i; 6 - isitish tizimining issiqlik almashuvini ta‘minlovchi qurilma; 7 - isitish tizimining nasosi; 8 - issiq suv ta‘minoti tizimining issiqlik almashuvini ta‘minlovchi qurilma; 9 - isitish tizimi; 10 - issiq suv ta‘minoti tizimi; 11 - issiq suv ta‘minoti manbasi; 12 - gaz va loyni yig'ib olish tizimi. 13.3.3-rasm. Rossiyaning Mutnovidagi geotermik elektr stansiya. Download 206.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling